Saidmurodov Feruz Sodiqjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transport tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt1502
Ilmiy rahbar: Shakirova Farog‘at Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Shavkat Vasievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport sohasida iqtisodiy samaradorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mavjud resurslardan oqilona foydalanish asosida mahsulotlarning raqobat ustunligini oshirish va bozorda barqaror pozisiyalarni egallash orqali xizmat sifatini va logistika jarayonlarini optimallashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
transport tizimining amaldagi holatini “meʼyoriy holat” (o‘sish va barqaror rivojlanishga mos), “inqiroz oldi holati” (hushyorlikni talab etuvchi holat) va “inqiroz holati” (tezkor islohotlar zarur bo‘lgan holat) ko‘rinishida tavsiflash orqali resurslar taqsimoti, investisiya siyosatini yo‘naltirish va tarmoqdagi strategik qarorlar qabul qilishda ilmiy asos yaratuvchi Z-score natijasi orqali belgilangan;
transport tizimining iqtisodiy samaradorlik indeksini baholash uslubi meʼyorlashtirilgan qiymat va vazn koeffisientlarini hisobga olgan holda “zarar holati” (0,00-0,19), “past samaradorlik” (0,20-0,39), “o‘rtacha samaradorlik” (0,40-0,59), “iqtisodiy barqaror samaradorlik” (0,60-0,79), “strategik samaradorlik” (0,80-1,00) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;  
O‘zbekistonda transportga kiritilgan investisiyalar hajmi, asosiy fondlar va yuk aylanmasi hamda yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida ular dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Transport tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport sohasida iqtisodiy samaradorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mavjud resurslardan oqilona foydalanish asosida mahsulotlarning raqobat ustunligini oshirish va bozorda barqaror pozisiyalarni egallash orqali xizmat sifatini va logistika jarayonlarini optimallashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirish borasidagi nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Transport iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshken davlat transport universtiteti rektorining 2024-yil 28-oktyabrdagi “292-U” sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda ishlab chiqarish va transport sohalarida samaradorlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
transport tizimining amaldagi holatini “meʼyoriy holat” (o‘sish va barqaror rivojlanishga mos), “inqiroz oldi holati” (hushyorlikni talab etuvchi holat) va “inqiroz holati” (tezkor islohotlar zarur bo‘lgan holat) ko‘rinishida tavsiflash orqali resurslar taqsimoti, investisiya siyosatini yo‘naltirish va tarmoqdagi strategik qarorlar qabul qilishda ilmiy asos yaratuvchi Z-score natijasi orqali belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 2/322-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida sohadagi iqtisodiy inqiroz holatlarini barvaqt aniqlash va inqirozga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish imkoni yaratilgan; 
transport tizimining iqtisodiy samaradorlik indeksini baholash uslubi meʼyorlashtirilgan qiymat va vazn koeffisientlarini hisobga olgan holda “zarar holati” (0,00-0,19), “past samaradorlik” (0,20-0,39), “o‘rtacha samaradorlik” (0,40-0,59), “iqtisodiy barqaror samaradorlik” (0,60-0,79), “strategik samaradorlik” (0,80-1,00) shkalalarini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 2/322-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport sohasi korxonalari faoliyatining samaradorlik darajasi bo‘yicha past samaradorlik holatidagi korxonalar sonini qisqartirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda sohaning umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari 10-12% yaxshilash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda transportga kiritilgan investisiyalar hajmi, asosiy fondlar va yuk aylanmasi hamda yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida ular dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi 2/322-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida transport sohasining strategik taraqqiyot yo‘nalishlarini, uzoq muddatli istiqbolda yuk aylanmasining 20-25%, yo‘lovchi aylanmasining esa 15-18%ga o‘sishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish