Jasurbek Rustamovich Ehsonovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda logistika sohasida raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini chuqurlashtirish yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2372.
Ilmiy rahbar: Hoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Qo‘chqorov Tohir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Raqamli iqtisodiyot sharoitida transport logistika tizimini raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, raqamli logistika samaradorligi tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli platformalardan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan transport logistika xizmatlari sifati, tezligi, xavfsizligi hamda innovatsion echimlarni tatbiq etishda tizimni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
Qo‘qon logistika markazida raqamli faoliyatni samarali yuritish imkoniyatini yaratish hamda tranzit salohiyatini oshirishga ko‘maklashuvchi yangi raqamli platformani joriy etish orqali samaradorligini oshirish asoslangan;
“aqlli logistika” segmenti va elementlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini raqamli provayderlarga asoslangan holda samaradorligini oshirish taklifi ilmiy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistonda transport logistika xizmatlari rivojlanishining dinamik va optimistik ssenariylari bo‘yicha 2030-yilga qadar “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ barqarorligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning transport-logistika sohasida raqamli transformatsiya jarayonlari darajasi ta’sirini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aqlli shartnomalar (smart contracs) segmenti va elementlari jozibadorligi yuqoriligini ta’minlash orqali mijoz va tovar-mol etkazib beruvchi o‘rtasidagi an’anaviy shartnomalar tuzish jarayonidagi transaksion harajatlarni qisqartirish taklifi inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 04/53-3-3261-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yil davomida 95,8 million so‘mlik miqdorda moliyaviy resurslar iqtisod qilish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi;
transport va logistika xizmatlar bozorini rivojlantirish, iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlashda raqamli iqtisodiyot modellari tadqiq etish yordamida elektron hujjatlar ulushini kengaytirish taklifi inobatga olingan. (Transport vazirligining 2025 yil 4 martdagi 4/2558-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida logistika xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 15 mingga etish orqali elektron xujjatlar ulushi 96 foizga etgan.
innovatsion logistika tamoyili – “eshikdan-eshikgacha” tamoyilini bitta buyurtma prinsipi asosida yuk aylanish hisobiga sodiqlik ko‘rsatkichi darajasidan kelib chiqib sun’iy intellekt (AI) tomonidan narx belgilanishi amaliyotini joriy qilish taklifi inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 04/53-3-3261-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qo‘qon logistika markazining raqamli transformatsiyalashuv jarayonlari blokcheyn texnologiyalari yordamida muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan;
sanoat 4.0 doktrinasiga asosan logistik kompaniyalar tomonidan raqamli xizmat va marketing takliflarini ta’minot zanjiri orqali yagona tarif siyosatiga asoslangan muvofiqlashtirilgan qiymatda yuk egasiga etkazish taklifi inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 14 fevraldagi 04/53-3-3261-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tizimidagi korxonalar uchun muhim bo‘lgan xalqaro iqtisodiy indekslardagi o‘rnini yaxshilanishiga xizmat qilgan. Ushbu taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qo‘qon logistika markazining 2023-yil uchun belgilangan xizmatlar sohasida raqamli logistika texnologiyalari yordamida ishlab chiqishda inobatga olingan.