G‘iyosxo‘ja Aribjanovich Nizamovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Logistika xizmatlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish (O‘zbekiston temir yo‘llari AJ misolida)”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PHD/Iqt2365.
Ilmiy rahbar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Temir yo‘lda raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda logistika xizmatlarini takomillashtirish takliflaridan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
yuk bekatlarida joylashgan yuk-tijorat hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘limlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni bekat to‘lov tizimiga tatbiq etish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
yuk bekatlarida ushbu mexanizmni samarali amalga oshirish maqsadida xizmat ko‘rsatish to‘lov platformasi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarni hisobini nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan;
yuk vagonlarini bekatlarda ortiqcha turib qolish vaqtini hisoblash orqali yo‘qotilayotgan iqtisodiy nafni keltirib chiqarish va uni amaliyotda qo‘llash usullari taklif etilgan;
pul tushumi nazoratini ichki blokcheyn texnologiyalar yordamida nazoratni masofadan nazorat qilish usuli taklif qilinib, to‘lovlarni aniqlik darajasini ta’minlash asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Logistika xizmatlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ish natijalari asosida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi yuk vagonlari yuk bekatlarida joylashgan yuk-tijorat hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘limlari (kassa) faoliyatida to‘lov kartochkalari to‘lovlari orqali stansiya to‘lov tizimiga raqamli iqtisodiyotni tatbiq etilgan hamda mijozlarga xizmat servisi oshirilishi bo‘yicha ilmiy taklflar (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida 2024-yil 23-maydagi 03/1980-24-sonli ma’lumotnomasi) joriy etilish uchun qabul qilingan. Yangi turdagi texnologiyani temir yo‘l yuk bekati kassa bo‘limiga joriy qilgan holda mijozlar bilan ishlash darajasini va temir yo‘lga ishonchni oshirish imkoniyatini bergan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi yuk vagonlari yuk bekatlarida joylashgan yuk tijorat hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘limlaridagi ish jarayoniga xizmat ko‘rsatish to‘lov platformasini takomillashtirish taklifi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida 2024-yil 23-maydagi 03/1980-24-sonli ma’lumotnomasi) ishlab chiqilgan. Temir yo‘l yuk bekatlari kassa bo‘limiga yangi platformani joriy etgan holda qog‘ozbozlikdan qutilish va raqamli iqtisodiyot sharoitiga o‘tish imkoniyatini yaratib beradi. Bunda xatto onlayn o‘tkazmalar nazoratini ham amalga oshirish va mablag‘lar qoldig‘ini nazorat qilish imkoniyatini bergan;
Dam olish kunlari (ish kunlaridan tashqari) vagonlarning bekatlarda ortiqcha turib qolish vaqtini hisoblashning matematik vositalar orqali yo‘qotilayotgan pul qiymatini aniqlab, ishlab chiqarish jarayoniga qo‘llash uchun solishtirma metodlartaklifi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida 2024-yil 23-maydagi 03/1980-24-sonli ma’lumotnomasi) qabul qilingan. Yangi yo‘nalishni joriy etgan holda bir oydagi 8 kunlik dam olish vaqtida vagonlarni turib qolish darajasini kamaytirish ko‘rsatilgan bo‘lib, shanba va yakshanba kuni ham ishlash imkoniyatini yaratib berish mumkinligi haqida taklif berilgan;
Temir yo‘l yuk bekati yuk-tijorat kassasi tizimi to‘lovlaridagi pul tushumi nazoratini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarma orqali ichki blokcheyn texnologiyalari yordamida nazorat qilib turish bo‘yicha masofaviy texnologik usul taklif qilingan hamda to‘lovlarni raqamlashtirish orqali faoliyatda aniqlik darajasini oshirish mexanizmi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida 2024-yil 23-maydagi 03/1980-24-sonli ma’lumotnomasi) ishlab chiqilgan. Afzalligi shundan iboratki, ularning orasidagi jarayonlarga inson omili ta’sirini kamaytirish va samaradorlik darajasiga olib chiqish imkoni yaratilgan.