Maxmudov Jaxongir Xakim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energetika korxonalari raqamli transformatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5603
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupxodjaeva Gulchexra Baxodirxodjaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Kamoliddin Shuxratovich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi energetika korxonalari raqamli transformatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston energetika tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholashda Scenario Analysis usulini investision tahlil modeliga kiritish ilmiy asoslangan;
korxona daromadlari, investisiyalar va sof foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash uchun maxsus korrelyasiya va regressiya tahlili asosida korxonaning iqtisodiy barqarorlikka erishishi uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
raqamli loyihalar samaradorligini beshta ustuvor loyiha (Digital Twin, AI & ML, IoT, Blockchain, Big Data & BI) bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturi taklif etilgan;
O‘zbekiston energetika tizimini raqamlashtirish uchun tashkiliy, texnik, moliyaviy, huquqiy va innovatsion mexanizmlarni qamrab olgan yagona kompleks amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Energetika korxonalari raqamli transformatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston energetika tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholashda Scenario Analysis usulini investision tahlil modeliga kiritish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi
01-01-39/166-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 02-28-1409-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni joriy qilish natijasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda NPV ko‘rsatkichi 2024-yilda 4,1 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.
Korxona daromadlari, investisiyalar va sof foyda o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash uchun maxsus korrelyasiya va regressiya tahlili asosida korxonaning iqtisodiy barqarorlikka etishi uchun ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 01-01-39/166-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 02-28-1409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2027-yilda sof foyda ko‘rsatkichi iqtisodiy barqarorlikka olib kelishi kutilmoqda.
Raqamli loyihalar samaradorligini beshta ustuvor loyiha (Digital Twin,
AI & ML, IoT, Blockchain, Big Data & BI) bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan dastur “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga tadbiq etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 01-01-39/166-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 02-28-1409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdagi Digital Twin loyihasi eng yuqori ko‘rsatkichga erishishi mumkinligi aniqlangan.
O‘zbekiston energetika tizimini raqamlashtirish uchun tashkiliy, texnik, moliyaviy, huquqiy va innovatsion mexanizmlarni qamrab olgan kompleks amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2025-yil 11-iyuldagi 01-01-39/166-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 18-avgustdagi 02-28-1409-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ISO 27001 va IEC 61850 standartlarini joriy qilishga zamin yaratilgan.