Xursanov Xayrullo Jo‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tamaki biotsenozida Lepidoptera turkumi Noctuidae oilasi zararkunandalari bioekologiyasi va ularning sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1075.
Ilmiy rahbar: Maxmatmurodov Alisher Ulmasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yusupova Maxpuza Numanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyati Urgut tumani tamaki (Nicotiana tabacum) agrobitotsenozida uchraydigan Lepidoptera turkumi Noctuidae oilasi zararkunandalarining bioekologiyasi, fenologiyasi, turli populyasiyalarini o‘rganish va ularga qarshi uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati Urgut tumani sharoitida tamakining Lepidoptera turkumi Noctuidae oilasi zararkunandalarini biologiyasi, tur tarkibi (8 tur) va dominant (3 ta) turlari aniqlangan;
tamaki ekinining kemiruvchi zararkunanadalarining iqtisodiy zarar keltirish mezoni (kuzgi tunlam 1 m2 maydonda 1,6 dona qurt va g‘o‘za tunlami 100 tup ekinda 8,6 dona qurt) va zararlilik darajasi (kuzgi tunlam 2,9-3,7 ball, g‘o‘za tunlami 3,1-4,1 ball) aniqlangan;
tamakining asosiy tangaqanotli zararkunandalariga qarshi agrotexnik tadbirlarning ahamiyati, biologik kurashning biologik samaradorligi (84,0-88,9 %) va kimyoviy kurashning biologik samaradorligi (89,0-94,6 %) aniqlangan;
tamakini kemiruvchi zararkunandalardan himoya qilishda uyg‘unlashgan himoya tizimi ishlab chiqilgan;
tamaki etishtirishda kuzgi va g‘o‘za tunlamlariga qarshi biologik hamda kimyoviy kurash usullarining qo‘llanilishi natijasida 25,8-29,3 s/ga hosildorlikga va 325,0-648,0 % rentabellikka erishilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tamaki biotsenozida Lepidoptera turkumi Noctuidae oilasi zararkunandalari bioekologiyasi va ularning sonini boshqarish usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Tamakining kemiruvchi (Lepidoptera turkumi) zararkunandalarining keltiradigan zarari aniqlanib, tamakining “Virdjiniya” navini etishtirishda kuzgi va g‘o‘za tunlamlari tuxum va qurtlariga qarshi biologik kurashda trixogramma hamda oltinko‘z entomofaglarini 1:15 nisbatda qo‘llash Samarqadn viloyati Urgut tumanidagi tamakichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 77,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 30-may dagi 05/06-04-298-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi va g‘o‘za tunlam tuxumlariga qarshi trixogramma qo‘llanilganda 81,4 va 87,8%, qurtlariga qarshi oltinko‘z entomofaglari qo‘llanilganda esa 67,7 va 86,2 % gacha biologik samaradorlikka erishilgan
Kuzgi tunlam qurtlariga qarshi kimyoviy kurashda “Enjeo” 24,7% sus.k. preparatini 0,25 l/ga, g‘o‘za tunlami qurtlariga qarshi “Indoks super” sus.k 0,3 l/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tamaki etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida 26,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 30-may dagi 05/06-04-298-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi tunlam qurtlariga qarshi “Enjeo” 24,7 % sus.k preparatini 0,25 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 83,3 %gacha, g‘o‘za tunlami qurtlariga qarshi “Indoks super” sus.k 0,3 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 87,4 % gacha biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan.
kuzgi va g‘o‘za tunlam tuxumlariga qarshi trixogramma, qo‘rtlariga qarshi oltinko‘z entomofaglarini 1:15 nisbatda, kuzgi tunlamga qarshi kimyoviy kurashda “Enjeo” 24,7% sus.k. preparatini 0,25 l/ga, g‘o‘za tunlamiga qarshi “Indoks super” sus.k 0,3 l/ga me’yorda qo‘llash texnologiyalari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jami 103 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 30-may dagi 05/06-04-298-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi va g‘o‘za tunlam tuxumlariga qarshi biologik kurash qo‘llanilganda nazorat variantiga nisbatan 12,5-12,8 s/ga, kimyoviy kurash qo‘llanilganda 15,9-17,1 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.
“Tamaki biotsenozida Lepidoptera turkumi zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 30-may dagi 05/06-04-298-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma o‘simliklarni himoya qilish sohasi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrlari va tamaki etishtiruvchi erdan foydalanuvchilarga tamakining kemiruvchi (Lepidoptera turkumi) zararkunandalaridan himoya qilishda muhim ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.