Utemuratov Azamat Baxitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli qo‘chqorlardan foydalanishning samaradorligi”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1363
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Soli Raxmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli naslli qo‘chqorlar mahalliy qorako‘l qo‘ylarini juftlashdan olingan F1 avlodlarning qorako‘l terisi sifati, jun va go‘sht mahsuldorligini aniqlash va seleksiya ishlarida qo‘llash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor Afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli qo‘zilar qora qo‘zilarga nisbatan tirik vazni bo‘yicha biroz kichikroq bo‘lib, tug‘ilgan davrda urg‘ochi qo‘zilarga nisbatan 0,32 kg va erkak qo‘zilarda esa 0,29 kg ni tashkil qildi (p>0,05). 5,5-6,0 oylik davriga kelib farqlanishlar urg‘ochi qo‘zilarda mos ravishda 1,1 kg va erkak qo‘zilarda 2,0 kg ga etkazish mumkinligi asoslangan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt platosi sharoitida afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli qo‘chqorlarni mahalliy qorako‘l qo‘ylari bilan juftlashdan olingan F1 avlodlarning teri sifati oshishiga, havorang rang-baranglikka mansub terilarning elita+1-sinf qo‘zilar ulushi 65,3 % ga, po‘latrang rang-baranglikdagi qo‘zilar ulushi 61,1 %  ga ko‘tarilganligi asoslangan. 
Jun mahsuldorliging miqdor va sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanib, yillik jun mahsuldorligi havorang rang-barangli qo‘chqorlardan olingan avlodlar ko‘k rangli urg‘ochi qo‘ylarda 2070,5±190,7 g-ga, qora rangdagi urg‘ochi qo‘ylarda 2207,5±211,6 g-ga etkazilib, rentabellik darajasi ko‘k ranglilarda 13,1 %, qora ranglilarda esa, 9,1 %  ekanligi isbotlangan.  
Afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli qo‘chqorlardan olingan avlodlarda go‘sht etishtirishning maqbul muddatlari aniqlandi va go‘shtdorlik koeffiseynti 3,4-ga etkazilib, ko‘k rangli qo‘zilarda 22,5 %, qora ranglilarda esa, 29,2 % rentabellik darajaga oshirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida Afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli qo‘chqorlarni mahalliy qorako‘l qo‘ylari bilan juftlashdan olingan F1  avlodlarning qorako‘l teri, go‘sht va jun mahsuldorligining oshirish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
ko‘k rangli qorako‘l terilari sifatini oshirish usuli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Ustyurt qorako‘lchilik markazi” Ishlab chiqarish korporativida joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 23-yanvardagi 33/01-05-67-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ustyurt qorako‘lchilik markazi” ishlab chiqarish korporativida, tajribadagi havorang rang-barangli qo‘chqorlardan olingan avlodlarning ko‘k rangli teridan olingan sof foyda 700000 so‘m va qora rangli terilardan esa, 500000 so‘m, po‘latrang rang-barangli qo‘chqorlardan olingan avlodlar ko‘k terisidan 600000 so‘m va qora ranglilardan esa, 450000 so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi shunga mos ravishda 31,5 %; 22,5 %; 27,0 % va 20,2 % ni tashkil etgan. 
Ko‘k va qora rangli qorako‘l qo‘zilaridan go‘sht etishtirish bo‘yicha tadqiqotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Aq Tolqin” qorako‘lchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida joriy etilgan. (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 23-yanvardagi 33/01-05-67-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘ng‘irot tumani “Aq Tolqin” fermer xo‘jaligida afg‘on genofondiga mansub ko‘k rangli qo‘chqorlar bilan qora rangli qo‘ylarni juftlash natijalaridan olingan avlodlarning havoranga mansub qo‘chqorlarning go‘sht mahsuldorligidan olingan sof foyda  ko‘k rangli avlodlarda 512640 so‘m, qora rangli avlodlarda esa, 540480 so‘m va po‘latirang rang-barangli qo‘chqorlardan olingan avlodlarda shuga mos ravishda 429120 so‘m va  557010 so‘mni tashkil etgan. 
Ko‘k va qora rangli qorako‘l qo‘ylaridan jun etishtirish bo‘yicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtako‘pir tumani  “Janadarya qorako‘lchilik markazi” Ishlab chiqarish korporativida joriy etilgan. (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 23-yanvardagi 33/01-05-67-son ma’lumotnomasi). Natijada Taxtakopir tumani "Janadarya qorako‘lchilik markazi" ishlab chiqarish korporativida tajribadagi  havorang rang-barangli qo‘chqorlardan olingan avlodlarning ko‘k rangli qo‘ylar jun mahsuldorligidan olingan  sof foyda 17589 so‘m va qora rangli qoylar jun mahsuldorligidan esa, 12972 so‘m, po‘latirang rang-barangli qo‘chqorlardan olingan avlodlar ko‘k qoylar jun mahsuldorligidan 14224 so‘m va qora ranglililardan esa, 10008 so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi shunga mos ravishda 13,1 %; 9,1 %; 9,1 % va 7,1 %-ni tashkil qilgan.
    
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish