Badalov Avazbek Rustamjonovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9122
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Yakubbaev Murodilla Marufovich, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01- raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Sulaymonova Saodat Usubxonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasi tarkibiy jihatdan motivatsion-aksialogik, kognitiv, operatsional-amaliy, kommunikativ-refleksiv hamda shaxsiy-axloqiy komponentlari pedagog faoliyatini jamoatchilik nazoratiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kompetensiyaviy va aksiologik tamoyillar uyg‘unligi, pedagogik integratsiya va refleksiv monitoring mexanizmlarining joriy etilishi asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli oʻz faoliyatini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uygʻunlashtira olish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida “Ko‘prik” va “Transformativ uyum” kabi innovatsion mualliflik metodlari bilan takomillashtirib ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minoti, talabalarning analitik, refleksiv va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tizimli qoʻllash asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirish asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasi tarkibiy jihatdan motivatsion-aksialogik, kognitiv, operatsional-amaliy, kommunikativ-refleksiv hamda shaxsiy-axloqiy komponentlari pedagog faoliyatini jamoatchilik nazoratiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli o‘quv qo‘llamna mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga ko‘ra berilgan 597114-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tadqiqot jarayonida bo‘lajak pedagoglarning inklyuziv ta’lim sharoitida samarali ishlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid pedagogik jihatlar ochib berilib, ularni aniqlash va baholashga mo‘ljallangan diagnostik vositalar ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, kompetensiyaviy va aksiologik tamoyillar uyg‘unligi, pedagogik integratsiya va refleksiv monitoring mexanizmlarining joriy etilishi asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2023-2024-yillarda Namangan davlat chet tillari institutining 2023-2024-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” (14-iyul 2025-yil. 1642-03-sonli ma’lumotnomasi) nomli loyihasi doirasida. Natijada, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, psixologik moslashuvchanlik salohiyati va ta’lim jarayonidagi faoliyat samaradorligi sezilarli darajada oshirilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirish modeli oʻz faoliyatini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uygʻunlashtira olish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida “Ko‘prik” va “Transformativ uyum” kabi innovatsion mualliflik metodlari bilan takomillashtirib ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi sonlarida “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dastur va ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” 2025-yil 21-iyuldagi 05-09-1202-son ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim sharoitida pedagogik kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi, “Ko‘prik” hamda “Transformativ uyum” metodlariga asoslangan o‘quv kursi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarda inklyuziv ta’lim sharoitida ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minoti, talabalarning analitik, refleksiv va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tizimli qoʻllash asosida takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli o‘quv qo‘llamna mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga ko‘ra berilgan 597114-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari sharoitida pedagog kadrlarning inklyuziv ta’limga oid kompetensiyasini rivojlantirishga mo‘ljallangan trening mashg‘ulotlari tizimi ishlab chiqilgan.