Bozorov Sirojiddin Rustam o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi): “O‘quv mashg‘ulot bosqichidagi futbolchilarni sensitiv davrlarni inobatga olgan holda texnik usullarga o‘rgatish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6730.
Ilmiy rahbar: Nurimov Rahmonberdi Igamberdievich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Shadjalilov Sherzod Inagamovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi futbolchilarni texnik usullarga o‘rgatishda sensitiv davrlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil qilish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning asosiy jsmoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib texnik usullarni bajarishi orasidagi korrelatsion bog‘liqlik asosida sensitiv davrlarning eng maqbul yosh ko‘rsatkichini aniqlash hisobiga texnik usullarga o‘rgatish samaradorligi oshirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi futbolchilarni yillik mashg‘ulot vositalarini har bir yosh uchun alohida organizimning yuklamaga nisbatan umumiy bardoshlilik chegaralaridagi zo‘riqish va qayta tiklanish darajasi bo‘yicha nisbatlarini qat’iy tartiblashtirish hisobiga ularning musobaqa faoliyati, texnik va jismoniy tayyorgarligini imkoniyatlari yaxshilangan.
futbolchilarning faoliyatini baholash uchun tezkorligi, aniqligi, tezkor-kuchi  hamda tezkorlik-aniqligi va kuchini bir vaqtda baholovchi harakat testlarini o‘quv mashg‘ulot bosqichiga kiritish hisobiga jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini  baholash tizimi takomillashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi futbolchilarining jismoniy rivojlanishi va sensitiv davrlarni inobatga olgan holda yuklama kattaligi bo‘yicha texnik va jismoniy tayyorgarlik hamda asosiy jismoniy sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulot uslubiyatni ishlab chiqish hisobiga ularni texnik usullarga o‘rgatish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv mashg‘ulot bosqichi futbolchilarining sensitiv davrlarini inobatga olgan holda texnik usullarga o‘rgatish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
11 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning asosiy jsmoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib texnik usullarni bajarishi orasidagi korrelatsion bog‘liqlik asosida sensitiv davrlarning eng maqbul yosh ko‘rsatkichini belgilab berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “OLYMPIC PFK” futbol akademiyasidagi 11-15 yoshli shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 03-16/6506-son-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning jamoaviy texnik-taktik harakatlari samaradorligi 19 % ga yaxshilangan va Toshkent shahar chempionatida faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi futbolchilarni yillik mashg‘ulot vositalarini har bir yosh uchun alohida organizimning yuklamaga nisbatan umumiy bardoshlilik chegaralaridagi zo‘riqish va qayta tiklanish darajasi bo‘yicha nisbatlarini qat’iy tartiblashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “OLYMPIC PFK” futbol akademiyasidagi 11-15 yoshli shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 03-16/6506-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot jarayonidagi texnik tayyorgarlikni baholash uchun tanlab olingan test me’yorlaridagi natijalar 15,8% ga oshdi va Toshkent shahar chempionatida faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan;
futbolchilarning faoliyatini obektiv va ishonchli baholash uchun tezkorligi, aniqligi, tezkor-kuchi hamda tezkorlik-aniqligi va kuchini bir vaqtda baholovchi harakat testlarini o‘quv mashg‘ulot bosqichiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “OLYMPIC PFK” futbol akademiyasidagi 11-15 yoshli shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 03-16/6506-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhidagi shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 16,4% ga yaxshilangan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi futbolchilarning jismoniy rivojlanishi va sensitiv davrlarni inobatga olgan holda yuklama kattaligi bo‘yicha texnik va jismoniy tayyorgarlik hamda asosiy jismoniy sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulot uslubiyatini qo‘llash bo‘yicha bo‘yicha taklif va tavsiyalar “OLYMPIC PFK” futbol akademiyasidagi 11-15 yoshli shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 28-iyundagi 03-16/6506-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhidagi shug‘ullanuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi 12,8% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish