Igamberdiev Obidjon Rubdulla o‘g‘li
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olishning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2023.4.DSc/Ped798). B2025.2.DSc/Ped798.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar Kochkarov Atabek Axmatbaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Musaev Baxrom Baxtiyarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Maxmudov Azamjon Muxtorovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlaridagi futbolchilarni saralab olish metodologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
futbolchilarni ko‘p yillik tayyorgarligining o‘quv mashq bosqichida o‘yindagi texnik-taktik harakatlar samaradorligini aniqlash, sport takomillashtirish bosqichida belgilangan sport razryadini egallashga qaratilgan saralash tizimini ishlab chiqish hisobiga alohida bosqichlarda maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
turli yoshdagi futbolchilarni musobaqa faoliyati samaradorligini tashkil qiluvchi asosiy texnik-taktik harakatlarni yoshga doir xususiyatlari (bir o‘yin davomida texnik-taktik harakatlar sonining ortishi va ulardagi xatolar sonini kamayishi) bo‘yicha futbolchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy dominant omillarni belgilash hisobiga yillik mashg‘ulotlarni rejalashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlaridagi futbolchilarni tayyorgarlik tomonlarini baholovchi muhim aspektlarini aniqlash asosida o‘yin amplualariga ajratilgan holda baholash reytingini (“past”, “o‘rta”, “yuqori”) ishlab chiqish hisobiga futbolchilar tayyorgarliklarini nazorat qilish tizimi takomillashtirilgan;
futbolchilar tayyorgarligini  baholash, yoshga oid saralash mezonlarini aniqlash asosida uch bosqichli (antropometrik ko‘rsatkichlari, jismoniy va texnik tayyorgarligi, musobaqa faoliyati) integral tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashga qaratilgan saralab olish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga futbolchilarni tayyorlash va saralab olish samaradorligi yaxshilangan;
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilarni faoliyat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan ustuvor ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tkazishga qaratilgan, futbolchilarni dastlabki shug‘ullantirishdan professionalga o‘tkazishgacha bo‘lgan tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulotlarni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilgan;   
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi futbolchilarni har tomonlama tayyorgarlik ko‘rsatkichlari, dastlabki olingan natijalar asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish (1-bosqich) va olingan natijalar asosida shug‘ullanuvchilarning kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun o‘yin ampluasini belgilash (2-bosqich), olingan ma’lumotlar asosida futbolchilarning shaxsiy profilini yaratish hamda professional futbolga o‘tkazishga oid asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan saralab olishning konseptual modelini ishlab chiqish hisobiga saralab olish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida saralab olishning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha pedagogik tajriba va tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalari asosida: 
futbolchilarni ko‘p yillik tayyorgarligining o‘quv mashq bosqichida o‘yindagi texnik-taktik harakatlar samaradorligini aniqlash, sport takomillashtirish bosqichida belgilangan sport razryadini egallashga qaratilgan saralash tizimini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati futbol akademiyasi futbolchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02-16/4066-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilarning turli yoshdagi terma jamoalariga saralab olish samaradorligi o‘rtacha 15,8 % ga yaxshilangan; 
turli yoshdagi futbolchilarni musobaqa faoliyati samaradorligini tashkil qiluvchi asosiy texnik-taktik harakatlarni yoshga doir xususiyatlari (bir o‘yin davomida texnik-taktik harakatlar sonining ortishi va ulardagi xatolar sonini kamayishi) bo‘yicha futbolchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy dominant omillarni belgilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent futbol akademiyasi va Toshkent viloyati futbol akademiyasi o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02-16/4066-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Sportni takomillashtirish bosqichi” futbolchilarining musobaqa faoliyati samaradorligi o‘rtacha 12,4% ga oshgan;  
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlaridagi futbolchilarni tayyorgarlik tomonlarini baholovchi muhim aspektlarini aniqlash asosida o‘yin amplualariga ajratilgan holda baholash reytingini (“past”, “o‘rta”, “yuqori”) qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati futbol akademiyasi mashg‘ulotlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02-16/4066-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘quv-mashq bosqichi”dagi futbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligi 14,2 %, maxsus jismoniy tayyorgarligi 14,7 %, texnik-taktik harakatlarining samaradorligi 16,1 %, jismoniy rivojlanishi 14,6 %, funksional tayyorgarligi esa 14,4 % ga yaxshilangan, “Sport takomillashtirish bosqichi”da shug‘ullanuvchi futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 12,3 %, maxsus jismoniy tayyorgarligi 13,7 %, jismoniy rivojlanishi 9,7 %, funksional tayyorgarligi 14,5 %, musobaqa faoliyati samaradorligi esa 13,5 % ga yaxshilangan; 
futbolchilar tayyorgarligini  baholash, yoshga oid saralash mezonlarini aniqlash asosida uch bosqichli (antropometrik ko‘rsatkichlari, jismoniy va texnik tayyorgarligi, musobaqa faoliyati) integral tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashga qaratilgan saralab olish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent futbol akademiyasi futbolchilarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02-16/4066-son ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilarning texnik-taktik tayyorgrligi 16,9 % ga yaxshilangan; 
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilarni faoliyat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan ustuvor ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tkazishga qaratilgan, futbolchilarni dastlabki shug‘ullantirishdan professionalga o‘tkazishgacha bo‘lgan tayyorlash mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Futbol ixtisosligiga kirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2025-yil 24-apreldagi 22-sonli buyrug‘iga asosan D-0064 sonli nashr guvohnoma). Natijada, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlaridagi futbolchilarni tayyorlashning samaradorligi oshirilgan;
ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi futbolchilarni har tomonlama tayyorgarlik ko‘rsatkichlari, dastlabki olingan natijalar asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish (1-bosqich) va olingan natijalar asosida shug‘ullanuvchilarning kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun o‘yin ampluasini belgilash (2-bosqich), olingan ma’lumotlar asosida futbolchilarning shaxsiy profilini yaratish hamda professional futbolga o‘tkazishga oid asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan saralab olishning konseptual modelini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent futbol akademiyasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02-16/4066-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademiya futbolchilarni turli yoshdagi terma jamoalariga saralab olish samaradorligi o‘rtacha 21,4 % ga yaxshilangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish