Sultonov Alisher Ismoilovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligining ilmiy metodik jihatlar”, 
13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6784.
Ilmiy rahbar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.22.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Artiqov Zoxid Sobitjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: belbog‘li kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligining ilmiy-metodik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belbog‘li kurashchilarni bellashuv jarayonidagi texnik harakatlariga o‘rgatish uchun murakkab texnik elementlarning bajarilishida uchraydigan xato va nuqsonlarni oldini olishga qaratilgan ideamotor  mashqlardan foydalanish tartibini mashg‘ulotlarga  kiritish hisobiga mantiqiy tafakkurda tahlil qilish imkoniyati takomillashtirilgan;
belbog‘li kurashchilarni asosiy usullarga o‘rgatishda har bir fazalarini aniq amplituda bo‘yicha bajarish orqali bazaviy xatti-harakatlarni  kiftlash, ilish va to‘sib tashlash harakatlarini bajarishga qaratilgan “TAKTIK”  sport texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga dastlabki texnik elementlariga o‘rgatish imkoniyati kengaytirilgan;
belbog‘li kurashchilarning bellashuv vaqtida taktik tayyorgarlikning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan (ozg‘in, semiz,  baland bo‘yli, past bo‘yli sportchilar)ga  mos kombinatsiyalar dasturini   takomillashtirishga qaratilgan majmuaviy tayyorgarlik modulini ishlab chiqish hisobiga hujum qilish vaziyatini nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik, muvozanat saqlash qobiliyatilarini rivojlantirish uchun vertikal, sagital va frontal yo‘nalishlarni “Barani kreslosi” trenajyoridan  foydalanish hisobiga  texnik-taktik tayyorgarligi va muvozanat saqlash qobiliyatilarining  imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilganligi. Belbog‘li kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligining ilmiy metodik jihatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
belbog‘li kurashchilarni bellashuv jarayonidagi texnik harakatlariga o‘rgatish uchun murakkab texnik elementlarning bajarilishida uchraydigan xato va nuqsonlarni oldini olishga qaratilgan ideamotor  mashqlardan foydalanish tartibini mashg‘ulotlarga  kiritish hisobiga mantiqiy tafakkurda taxlil qilish imkoniyati Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 14 dekabrdagi 03-16/12869-sonli malumotnomasi).  Natijada kurashchilarda texnik-taktik tayyorgarlikning 5 ta ko‘rsatkichi bo‘yicha nisbiy o‘sishning o‘rtacha arifmetik qiymati 11 % ga yaxshilangan;
belbog‘li kurashchilarni asosiy usullarga o‘rgatishda har bir fazalarini aniq amplituda bo‘yicha bajarish orqali bazaviy xatti-harakatlarni  kiftlash, ilish va to‘sib tashlash harakatlarini bajarishga qaratilgan “TAKTIK”  sport texnologiyasini ishlab chiqish hisobiga dastlabki texnik elementlariga o‘rgatish imkoniyati Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 14 dekabrdagi 03-16/12869-sonli malumotnomasi). Natijada talabalarda shug‘ullanuvchi Belbog‘li kurashchilarning texnik-taktik harakatlari 19.47 % ga takomillashtirilgan;
belbog‘li kurashchilarning bellashuv vaqtida taktik tayyorgarlikning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun antropometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan (ozg‘in, semiz,  baland bo‘yli, past bo‘yli sportchilar)ga  mos kombinatsiyalar dasturini   takomillashtirishga qaratilgan majmuaviy tayyorgarlik modulini ishlab chiqish hisobiga hujum qilish vaziyatini nazorat qilish bo‘yicha takliflar Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 14 dekabrdagi 03-16/12869-sonli malumotnomasi). Natijada,  belbo‘li kurashchilarning taktik  harakatlari 18.9% ga yaxshilangan;
belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik, muvozanat saqlash qobiliyatilarini rivojlantirish uchun vertikal, sagital va frontal yo‘nalishlarni “Barani kreslosi” trenajyoridan  foydalanish hisobiga  texnik-taktik tayyorgarligi va muvozanat saqlash qobiliyatilarining   imkoniyati  chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining belbog‘li kurashchilariga tatbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 14 dekabrdagi 03-16/12869-sonli malumotnomasi). Natijada, talabalarda muvozanat saqlash qobiliyatilarini 19.47 % ga yaxshilangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish