Ulkanov Sardorjon Sodiqjon o‘g‘lining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit-modul tizimi asosida o‘quv materiallarini zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5163
Ilmiy rahbar: Asqarov Ixtiyor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Umarova Gulchehra Abitovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Xakimov Jamshid Oktyamovcih pedagogika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak muhandislarning ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida samarali tashkil etish uchun o‘quv materiallarini zamonaviy didaktik ta’minot bilan ta’minlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
kredit-modul tizimi asosida ta’lim oluvchilarni qo‘llovchi, muhandislik faoliyatiga tayyorlash darajasini rivojlantirishda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini shakllantirish, o‘quv analitikasiga tayangan holda, hamda talabalarning muhandislik faoliyati Research Gate (ilmiy ijtimoiy tarmoq) orqali yangi didaktik materiallar moslashtirib taklif qilinadigan “Adaptiv yo‘riqnoma” algoritmi ishlab chiqilgan.
 o‘quv materialini zamonaviy didaktik vositalar yordamida mustaqil o‘zlashtirish, kredit-modul tizmi uchun mos keladigan “KMN-xarita” (Kompetensiya–Modul–Natija) tuzilmasi hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mobil ilova, elektron o‘quv qo‘llanma, websayt, “Open Science” va o‘quv qo‘llanmalar orqali talabalarning mutaxassislik fanlarini zamonaviy o‘quv didaktik vositalar yordamida bilimini takomillashtirishning didaktik shart-sharoitlari tuzilmasi va modeli ishlab chiqilgan;
D3D (Digital Didactic Design) konsepsiyasiga asoslangan holda, shaffof va transferga yaroqli metodik tizim yaratildi; bunda “uch komponentli didaktik sinergetika” (mobil ilova + elektron o‘quv qo‘llanma + vebsayt) 6-3-5 metod, mobil viktorina va assessment metodlari bilan integratsiya qilinib, talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik ta’minot tizimi ishlab chiqildi hamda avtomobillar konstruksiyasi fanining o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan; 
muhandislik faoliyatiga tayyorlash darajalarini baholash uchun reproduktiv, variativ va kreativ kompetensiya bosqichlarini qamrab oluvchi optimallashtirilgan baholash mezonlari “Samaradorlik indeksi” asosida MET – Modern Educational Toolslar yordamida tuzilgan kompleks pedagogik topshiriqlar va test sinovlari orqali sinovdan o‘tkazilib, baholash jarayoni aniqlik, shaffoflik va obektivlik tamoyillari asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimi asosida o‘quv materiallarini zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kredit-modul tizimi asosida ta’lim oluvchilarni qo‘llovchi, muhandislik faoliyatiga tayyorlash darajasini rivojlantirishda Research Gate ilmiy bazadan foydalanish, o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmini shakllantirish, o‘quv analitikasiga tayangan holda, hamda talabalarning muhandislik faoliyati komponentlarining tashkiliy funksiyalari bo‘yicha materiallar yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri hisobiga modernizatsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi” nomli elektron o‘quv qo‘llanma (Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi “333”-sonli buyrugʻi asosida, №333-408 raqamli nashr ruxsatnomasi) yaratilgan. Mazkur elektron o‘quv qo‘llanma bo’lajak transport muhandislari uchun o‘quv materiallarini zamonaviy didaktik ta’minotini yaratishga xizmat qilgan;
o‘quv materialini zamonaviy didaktik vositalar yordamida mustaqil o‘zlashtirish, kredit-modul tizmi uchun mos keladigan “KMN-xarita” (Kompetensiya–Modul–Natija) tuzilmasi hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mobil ilova, elektron o‘quv qo‘llanma, websayt, “Open Science” o‘quv qo‘llanmalar orqali talabalarning mutaxassislik fanlarini zamonaviy o‘quv didaktik vositalar yordamida “Transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon mashinasozlik institutining 2023-yil 20-iyuldagi 457-k-son buyrugʻi, 457-012 raqamli guvohnoma) nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandislarning kasbiy faoliyatiga tayyorlashga doir takliflari 60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan;
D3D (Digital Didactic Design) konsepsiyasiga asoslangan holda shaffof va transferga yaroqli metodik tizimni yaratish, “uch komponentli didaktik sinergetikasi” (mobil ilova + elektron o‘quv qo‘llanma + vebsayt) ni 6-3-5 metod, mobil viktorina, assessment metodlari yordamida integratsiya qilish orqali talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini rivojlantirish asosida o‘quv-metodik ta’minoti va avtomobillar konstruksiyasi fanining o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18- oktyabrdagi 02/01-01-95-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda mutaxassislik fani bo‘yicha ko‘nikma va amaliy malakalar rivojlangan.
muhandislik faoliyatiga tayyorlash darajalarini baholash uchun reproduktiv, variativ va kreativ kompetensiya bosqichlarini qamrab oluvchi optimallashtirilgan baholash mezonlari “Samaradorlik indeksi” asosida MET – Modern Educational Toolslar yordamida tuzilgan kompleks pedagogik topshiriqlar va test sinovlari orqali sinovdan o‘tkazilib, baholash jarayoni aniqlik, shaffoflik va obektivlik tamoyillari asosida optimallashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan UZB-IND 2021-85 Epoksid smolasi asosida, nano o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik xamda tribologik xossalarini takomillashtirish” mavzusidagi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi xalqaro qo‘shma ilmiy amaliy xalqaro loyihasini bajarish davomida foydalanilgan. Natijada kredit-modul tizimi asosida o‘quv materiallarini zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik va didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish