Xaitov Bekzod Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muammoli o‘qitish texnologiyalari vositasida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi” (Pedagogik texnologiya fani misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ped7505
Ilmiy rahbar: Qambarova Diloram Yusupovna pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02
Rasmiy opponentlar:
Safarova Roxatoy G‘aybullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Muammoli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayonida uchraydigan kognitiv to‘siqlar, motivatsion sustkashlik va metodik etishmovchiliklar tizimli ravishda o‘rganilib, tanqidiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik xususiyatlar faol bilish jarayonlari, mustaqil va mantiqiy fikr yuritish, umumlashtirish hamda baholash kabi aqliy operatsiyalarni o‘z ichiga olgan universal o‘quv harakatlar bilan integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
muammoli topshiriqlar turlari, ularning bosqichlari hamda baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan kompleks metodik model konstruktivizm nazariyasi, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi asosida takomillashtirilib, samarali muloqot, matnga asoslangan tafakkur faoliyatlari va o‘quv bilimlarini real amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini muammoli ta’lim texnologiyalari bilan didaktik uyg‘unlikda bosqichma-bosqich tizimli ishlab chiqilgan;
tanqidiy fikrlashning mazmuni an’anaviy qarashlarda ustuvor bo‘lgan aql va tafakkur tanqidiyligiga doir klassik tasavvurlar pedagogik texnologiyalar fanining o‘quv-texnik vositalari bilan vertikal va gorizontal integratsiyalashuvi asosida muammoga yo‘naltirilgan empirik strategiyalar tatbiq etilgan hamda hamda o‘quv mazmunining semantik to‘liqligi, kognitiv faolligi va amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash orqali ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan modifikatsion metodika interpretatsiya, tahlil, baholash, xulosa chiqarish, tushuntirish hamda o‘z-o‘zini yo‘naltirish bosqichlariga asoslangan texnologik mashg‘ulotlar orqali muammoli va produktiv ta’limning uyg‘unligini hisobga olgan holda, Delfi loyihasi metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayonida uchraydigan kognitiv to‘siqlar, motivatsion sustkashlik va metodik etishmovchiliklar tizimli ravishda o‘rganilib, tanqidiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik xususiyatlar faol bilish jarayonlari, mustaqil va mantiqiy fikr yuritish, umumlashtirish hamda baholash kabi aqliy operatsiyalarni o‘z ichiga olgan universal o‘quv harakatlar bilan integratsiyalashga doir taklif va mulohazalar asosida “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda tajriba-sinov obektlarida ommalashtirilgan. (Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2024-yil 22-iyuldagi 8-son majlis bayoni bilan tasdiqlandi). Natijada muammoli o‘qitish texnologiyalari asosida talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
muammoli topshiriqlar turlari, ularning bosqichlari hamda baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan kompleks metodik model konstruktivizm nazariyasi, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi asosida takomillashtirilib, samarali muloqot, matnga asoslangan tafakkur faoliyatlari va o‘quv bilimlarini real amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini muammoli ta’lim texnologiyalari bilan didaktik uyg‘unlikda bosqichma-bosqich ishlab chiqishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko'nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosni ta’minlashda foydalanilgan va mazkur loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2021-yil 11-noyabrdagi 04/11-11089-sonli ma’lumotnomasi).
tanqidiy fikrlashning mazmuni an’anaviy qarashlarda ustuvor bo‘lgan aql va tafakkur tanqidiyligiga doir klassik tasavvurlar pedagogik texnologiyalar fanining o‘quv-texnik vositalari bilan vertikal va gorizontal integratsiyalashuvi asosida muammoga yo‘naltirilgan empirik strategiyalar tatbiq etilgan hamda hamda o‘quv mazmunining semantik to‘liqligi, kognitiv faolligi va amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash orqali ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirilishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda 2022-2024-yillarda efirga uzatilgan “Talim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 04-36/1120-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarning keng miqyosida ommalashtirishga erishilgan.
muammoli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan modifikatsion metodika interpretatsiya, tahlil, baholash, xulosa chiqarish, tushuntirish hamda o‘z-o‘zini yo‘naltirish bosqichlariga asoslangan texnologik mashg‘ulotlar orqali muammoli va produktiv ta’limning uyg‘unligini hisobga olgan holda, Delfi loyihasi metodologiyasiga doir taklif va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-noyabrdagi 11-05-6864/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir adaptiv va innovatsion metodlarni qo‘llash samaradorligiga erishilgan.