Yakubbaev Maqsud Marufovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi”  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped5634
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlar doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet  tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01- raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Mirzoolim Xaydaralievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xamidjonov Abdulalziz Usubjon o‘g‘li, pedagogika fanlari  doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni, motivatsion-axloqiy, kommunikativ-madaniy, reflektiv-analitik va faoliyatga yo‘naltirilgan amaliy komponentlardan iborat strukturaviy tarkibi, kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik sharoitlar, interfaol va kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan texnologiyalar hamda psixologik-ijtimoiy omillarni tizimli tarzda aniqlash bilan amalga oshirildi;
talabalarda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-falsafiy mohiyati hamda nazariy-metodologik asoslari tizimli ravishda tahlil qilinib, uning strukturaviy-modullashtirilgan komponentlari, asosiy tamoyillari hamda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikning tarkibiy tuzilmasi emotsional-intellektual, kommunikativ-interaktiv, ijtimoiy-harakatlantiruvchi (faollik) va aksiologik-axloqiy komponentlar majmuasi asosida modellashtirildi; 
ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishda shaxsning ijtimoiy moslashuvchanligi, psixologik barqarorligi, kommunikativ madaniyati, ijtimoiy intellekti va aksil tahlilga layoqati asosiy mezonlar sifatida aniqlanib, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida konfliktologik treninglar, liderlik salohiyatini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar va stressga bardoshlilikni mustahkamlovchi emotsional-psixologik trening modullari bilan uyg‘unlashtirildi.
ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning integrallashgan modelini ishlab chiqish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, aksil-faoliyat (refleksiv) va emotsional-intellektual rivojlanish tamoyillari ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish jarayoniga tizimli yondashilib, uning strukturaviy-komponent tarkibi ilmiy asosda aniqlashtirildi, ushbu tuzilma motivatsion-axloqiy, kommunikativ-madaniy, reflektiv-analitik va faoliyatga yo‘naltirilgan amaliy komponentlar majmuasini o‘z ichiga olib, kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik sharoitlar, interfaol va kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan texnologiyalar, hamda psixologik-ijtimoiy omillar tizimli tarzda tavsiflashga doir taklif va tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 4-iyuldagi 1579-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-falsafiy mohiyati hamda nazariy-metodologik asoslari tizimli ravishda tahlil qilinib, uning strukturaviy-modullashtirilgan komponentlari va asosiy tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berildi.
ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishda shaxsning ijtimoiy moslashuvchanligi, psixologik barqarorligi, kommunikativ madaniyati, ijtimoiy intellekti va aksil tahlilga layoqati asosiy mezonlar sifatida aniqlashtirildi, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni integratsiyalashgan holda qo‘llash metodika asosida ishlab chiqilgan konfliktologik treninglar, liderlik salohiyatini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, hamda stressga bardoshlilikni mustahkamlovchi emotsional-psixologik trening modullari jismoniy madaniyat fanlari bilan uyg‘unlashtirildi yuzasidan takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘rsatuvlarining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O’zMTRKning 2025-yil 18-iyuldagi 05-09-1183-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zMTRKning “O‘zbekiston-24” telekanalining “Sport yangiliklari”, “Sport taym” va “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvlarini ssenariylarini tayyorlashda yoshlarning psixosostial adaptatsiyasi, shaxslararo kommunikatsiyasi, qaror qabul qilishda mustaqilligi, emotsional intellekti va ijtimoiy javobgarlik darajasida sezilarli ijobiy dinamikaga erishishga xizmat qilgan; 
ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishning integrallashgan modeli ishlab chiqildi. Ushbu modelning asosiy o‘ziga xosligi — u kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, aksil-faoliyat (refleksiv), emotsional-intellektual rivojlanish tamoyillariga tayanadi va kognitiv, emotsional, ijtimoiy-harakatlantiruvchi, aksiologik komponentlar o‘zaro integratsiyasiga asoslandi oid taklif va tavsiyalardan jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida hamda “Adaptiv jismoniy tarbiya” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Namangan davlat pedagogika institutining 2025-yil 12-iyuldagi 22-18/1298-01/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-shaxsiy kompetentlikni rivojlantirishga doir o‘quv materiallari bilan mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning ijtimoiy moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot madaniyati, fuqarolik pozisiyasi kabi ko‘rsatkichlar orqali empirik jihatdan samaradorligi oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish