Xurramova Sanobar Maxmatmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (ona tilini o‘qitish metodikasi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped2826 
Ilmiy rahbar: Shabbazova Dilfuza Ruzikulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instetuti huzuridagi PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01.  
Rasmiy opponentlar: Qodirov Qutlug‘bek Bekmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.; Eshmo‘minov Asqar Allamurodovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ona tilini o‘qitish metodikasi fani mashg‘ulotlarida talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish metodikasining nazariy-metodologik asoslari pedagogik loyihalashtirish, moslashuvchanlik, variativlilik, qat’iyatlilik, metakognitivlik, optimal echimlarni tanlash kabi kasbiy xususiyatlarga ustivorlik berish orqali aniqlashtirilgan; 
talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni o‘z fikrini modellashtirish, uni yangi vaziyatlarga moslashtirish, noaniqlikni bartaraf etish hamda dalillarga asoslangan holda qaror qabul qilish xususiyatlarining raddiya usulidan foydalanib kognitiv faollikni o‘stirish, refleksiv tafakkur bilan ichki aloqadorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
ona tilini o‘qitish metodikasi fani mashg‘ulotlarida talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning pedagogik modeli motivasion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarni rivojlantirish tizimi bilan o‘quv faoliyati funksiyalarini integrasiyalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi kognitiv faollikni ta’minlash, o‘zida ishonch hissini hosil qilish hamda umumiy xulosalar ishlab chiqish kabi mexanizmlarni RKChP texnologiyalariga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fani mashg‘ulotlarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish metodikasining nazariy-metodologik asoslari pedagogik loyihalashtirish, moslashuvchanlik, variativlilik, qat’iyatlilik, metakognitivlik, optimal echimlarni tanlash kabi kasbiy xususiyatlarga ustivorlik berish orqali aniqlashtirishga oid takliflardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 17-fevraldagi 02/01-01-63-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga ona tilini o‘qitish metodikasi fani mashg‘ulotlarida tanqidiy fikrlashi takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni o‘z fikrini modellashtirish, uni yangi vaziyatlarga moslashtirish, noaniqlikni bartaraf etish hamda dalillarga asoslangan holda qaror qabul qilish xususiyatlarining raddiya usulidan foydalanib kognitiv faollikni o‘stirish, refleksiv tafakkur bilan ichki aloqadorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilganga oid ma’lumotlar Termiz davlat universiteti tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “Boshlang‘ich ta’limda  o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ijodiy  qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari” (2022-2024-yy) mavzusi doirasida amaliy tadqiqot loyihasi mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 12-sentyabrdagi 02/12-3406-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim talabalarini o‘quv-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan; mazkur yondashuv va natijalar talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning sifat va samaradorligi ta’minlagan;
ona tilini o‘qitish metodikasi fani mashg‘ulotlarida talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning pedagogik modeli motivasion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarni rivojlantirish tizimi bilan o‘quv faoliyati funksiyalarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalaridan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2022-2024 yillarda bajarilgan 574099-EEP-1-2022-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 12-sentyabrdagi 02/12-3407-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jamoaga o‘z fikrini bildira olish va nutq so‘zlashuv texnologiyalari tizimini takomillashtirishga erishilgan;

ona tilini o‘qitish metodikasi fani orqali talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi tanqidiy tafakkur yuritishning tanqidiy fikr yuritish uchun imkoniyat berish; kognitiv faollikni ta’minlash; o‘ziga ishonch hissini hosil qilish; tanqidiy mulohaalar yuzaga kelishini qadrlash kabi mexanizmlarini ona tili o‘qitishning RKChP texnologiyalariga tatbiq etish orqali takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalarga oid ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 17-fevraldagi 02/01-01-63-son ma’lumotnomasi) Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish