Mamatqodirov Behzodjon Dilshodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kaolin asosida aluminosilikatli nanonaylar sintezi va fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K918.
Ilmiy rahbarlar: Yakubov Yo‘ldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidorenko Aleksandr Yurievich, kimyo fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Belorus Milliy fanlar akademiyasining Yangi materiallar kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor; Alimnazarov Bekmurod Xurramovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy kaolin minerallari asosida aluminosilikatli nanonaylarni sintez qilish va ularning katalitik, sorbsion xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo AKF-78, AKC-30, Alyans, sulton uvays kaolinlaridan aluminosilikatli nanonaylar olingan va ularning molekulyar tuzilishlari, tarkibi va morfologiyasi aniqlangan;
aluminosilikatli nanonaylar sintezida kaolinlarga DMSO bilan ishlov berilganda 70°C haroratda 9 soatda 70%, MeOH bilan ishlov berilganda 70°C haroratda 48 soatda 72 %, CTAC bilan ishlov berish bosqichida esa 66°C haroratda 24 soatda 75 % unum bilan aluminosilikatli nanonaylar olingan;
AKF-78 kaolin minerali asosida olingan nanonaylarning (ANN-4) piranha eritmasi bilan ishlov berish natijasida ANN-4 ning sirt maydoni 3,9 barobar (159 m²/g gacha ), g‘ovak hajmi 1,5 marta (0,23 sm³/g) va kislotaligi 4,1 marta (49 mmol/g) ga ortishi isbotlangan;
ANN-4 a-pinen oksidining izomerlanish reaksiyasida katalitik faollik ko‘rsatib, tanlovchanligi transkarveolga 55-57% gacha va kamfolen aldegidga 50-51% gacha bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar AKF-78, AKC-30, alyans, Sulton Uvays kaolinlari asosida aluminosilikatli nanonaylarni sintezi, morfologik tuzilishi va sorbsion xususiyatlarini aniqlash boʻyicha olngan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy kaolin minerallari asosida olingan ANN-1, ANN-2, ANN-3, ANN-4 alyumosilikatli nanonaylar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ da gaz sorbentlari sifatida qo‘llanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2025 yil 18 iyundagi 813/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, alyumosilikatli nanonaylar asosida olingan sorbsion materiallar yordamida tabiiy gazni karbonat angidriddan 97,5% gacha tozalash imkonini bergan;
sintez qilingan aluminosilikatli nanonaylar asosidagi sorbentlar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ da tabiiy gazni tarkibidagi vodorod sulfid gazidan tozalashga amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2025 yil 18 iyundagi 813/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid konsentratsiyasini 5 mg/l gacha kamaytirish imkonini bergan.