Bekmuratova Dilaram Maxsetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi ekspluatatsiya qilinadigan ekotizimlari sharoitida mayda sut emizuvchilarning ekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V756.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Saparov Abdiraxman Danabaevich biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi ekspluatatsiya qilinadigan ekotizimlari sharoitida mayda sutemizuvchilarning ekologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Janubiy Orolbo‘yi hududida ekspluatatsiya qilinayotgan ekotizimlar sharoitida kemiruvchilar populyasiyasining tarkibi va tuzilishidagi sukssesion o‘zgarishlar aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi ekspluatatsiyaga uchragan ekotizimlarda ilk bor mayda sutemizuvchilar jamoalarining ekologik strukturasi aniqlanib, ularning turlari bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlari ekologik vaziyatning bioindikatorlari sifatida foydalanilishi asoslangan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida texnogen ta’sirga uchragan ekotizimlarda yuqori moslashuvchanlik xususiyatlari va ichki populyasion o‘zgaruvchanlik darajasiga ega bo‘lgan mayda sut emizuvchilarning dominant turlari aniqlangan;
demutatsiyaga uchragan ekotizimlarda mayda sutemizuvchilar tanasida turli toksik elementlarning to‘planish darajasi ularning ozuqaviy ixtisoslashuvi bilan bog‘liqligi nuqtai nazaridan baholangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yining ekspluatatsiya qilinadigan ekotizimlarida mayda sutemizuvchilar populyasiyalarining ekologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
sutemizuvchilar faunasi holatining ekologik monitoringi va bioindikatsiyasi hamda ularning bioxilma-xilligini saqlashning ilmiy asoslangan metodologiyasi Qaraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim ozgarishi vazirligining 2024 yil 15 noyabrdagi 02/18-3711-son ma’lumotnomasi). Natijada, bioxilma-xillikni kuzatish va antropogen omillar ta’sirida mikromammaliya populyasiyasining dinamikasini bashorat qilish imkonini bergan;
Orolbo‘yining ekspluatatsiya qilinadigan ekotizimlari hududidagi mayda sutemizuvchilarning dominant turlarining populyasiya son dinamikasi va yosh va jinsiy tuzilishiga antropogen omillarning ta’sirini miqdoriy baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida joriy etildi va qo‘llanilib kelinmoqda (Qaraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2024 yil 2 maydagi 1-323-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasi demutatsiyaga uchragan ekotizimlarning ekologik monitoringini o‘tkazish maqsadida mayda sutemizuvchilar faunasining populyasiya dinamikasiga va intrazonal populyasiya xilma-xilligiga ta’sir etuvchi asosiy antropogen omillarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.