Salomov Nodirjon Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yaralaridan qon ketishi, jigar sirrozi bilan birga kelganda samarali davolash va tashxislash usullarini ishlab chiqish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3913.
Ilmiy rahbar: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar sirrozi fonida oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralaridan qon ketishda tashxislash, davolash xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, asoratlarni davolash va oldini olish samaradorligini oshirish uchun optimallashtirilgan samarali yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaralardan qon ketishi bilan kelgan bemorlarning 40-45%ida ularga xos simptomlar kuzatilmasligi, barcha gastroduodenal yaralar va ulardan qon ketish bilan asoratlangan bemorlar batafsil tekshirilganida ularning 6%ida jigarning har xil darajada rivojlangan surunkali diffuz kasalliklari aniqlangan; 
qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan qon ketish bo‘lgan bemorlarda, portal gastropatiya va qon ivish tizimining izdan chiqishi natijasida parallel ravishda oshqozon va 12 barmoq ichak yaralaridan qon ketishi kuzatilishi aniqlangan;
jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaralardan qon ketishining asosiy sababi doimiy spirtli ichimliklarni iste’mol qilinishi ekanligi klinik labarator tekshiruvlar natijasi asosida isbotlangan;
jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaralar mavjud holatlarda nafaqat qon ketish asoratlari balki, jigar sirrozi va massiv qon ketishlar sababli, tizimli yallig‘lanishli javob sindromining (TYaJS) hamda infeksiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq asoratlarga olib kelishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 20 iyun 20/01 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaralardan qon ketishi bilan kelgan bemorlarning 40-45%ida ularga xos simptomlar kuzatilmasligi, barcha gastroduodenal yaralar va ulardan qon ketish bilan asoratlangan bemorlar batafsil tekshirilganida ularning 6%ida jigarning har xil darajada rivojlangan surunkali diffuz kasalliklari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mazkur ilmiy ishda jigar sirrozi fonida oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralaridan qon ketishlarda, kasallik kechishining, klinik natijalarining o‘ziga xosligi, bemorlarni tashhislashda zamonaviy instrumental davolash usullari, kombinirlanlangan endogemostaz, gepatoprotektor, antioksidant, sitoprotektiv davolash yondashuvi orqali qon ketishlarni to‘xtatish, residiv qon ketishlarni hamda tizimli yallig‘lanish asoratlarini kamaytirish yo‘li bilan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish samaradorligi aniqlangan va baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (11.11.2024 y.; №188) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha buyruq (28.02.2025 y.; №55) asosida amaliyotga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: endoskopik gemostaz, yaralarni klipplash va adrenalin in’eksiya qilish, Seftriakson, Rebamipid, Glutation preparatlaridan foydalanish natijasida asoratlar rivojlanish holatlarining kamayishiga erishiladi. Ijtimoiy samaradorligi: Jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaradan qon ketishi bo‘lgan bemorlarda endoskopik gemostaz, yaralarni klipplash va adrenalin in’eksiyasi, shuningdek, Seftriakson, Rebamipid va Glutation preparatlaridan foydalanish orqali residiv qon ketish va asoratlar soni sezilarli darajada kamaygan. Iqtisodiy samaradorligi: Bu holat bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 5–6 kunga qisqartirgan. (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170000 so‘mni tashkil etishi inobatga olinganda, bir bemor hisobiga byudjet mablag‘lari o‘rtacha 850000 – 1020000 so‘mga iqtisodiy samaradorligiga erishilgan. Xulosa: amaliyotlar natijasida residiv qon ketish holatlari kamaydi, asoratlar profilaktikasi ta’minlandi va o‘lim ko‘rsatkichlari pasaydi. Amaliyotga joriy qilingan tadbirlar nafaqat tibbiy samara, balki ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ham yuqori ahamiyatga ega bo‘lib, har bir bemor hisobiga 1,3–1,6 mln so‘m miqdorida iqtisodiy foyda keltirishi bilan tasdiqlandi va ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan qon ketish bo‘lgan bemorlarda, portal gastropatiya va qon ivish tizimining izdan chiqishi natijasida parallel ravishda oshqozon va 12 barmoq ichak yaralaridan qon ketishi kuzatilishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar sirrozi fonida oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralaridan qon ketishlari bilan kelgan bemorlarda kompleks tekshiruvlar va davolash rejasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, qayd etilgan patologik jarayonlar tufayli qon ketishini bartaraf etilishiga qaratilgan davo usullarida, qon ketishining to‘xtashi, residivlarning kamayishi amaliy tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (11.11.2024 y.; №188) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha buyruq (28.02.2025 y.; №55) asosida amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qizilo‘ngach varikoz venalaridan qon ketishi bilan birga oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralaridan qon ketishi kuzatilgan bemorlarda kompleks tekshiruv va davolash protokolini amaliyotga joriy etish asoratlarning kamayishiga, residiv qon ketish holatlarini 30–35% ga pasayishiga hamda o‘lim ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirishga ko‘maklashdi. Shu bilan birga, bemorlarning hayotiy prognozini yaxshilash va ularning qayta-qayta shoshilinch gospitalizatsiya qilinishining oldini olish imkoniini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taqdim etilgan kompleks davolash usuli joriy qilingach, bemorlarning shifoxonada o‘rtacha qolish muddati 5–6 kunga qisqardi. (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi preyskurantiga ko‘ra, bir kunlik davolanish xarajati 170000 so‘mni tashkil etishi hisobga olinsa, bir bemor hisobiga 850000 – 1020000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilib samaradorlikka erishildi). Shuningdek, asoratlar kamayishi natijasida dori-darmonga bo‘lgan talab pasayib, har bir bemorga o‘rtacha 400000 – 500000 so‘m tejamkorlikka erishildi. Umumiy hisobda har bir bemorda iqtisodiy samarani 1,2 – 1,5 mln so‘mga oshirgan holda, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: jigar sirrozi va gastroduodenal yaradan qon ketishi kuzatilgan bemorlarda nafaqat qon yo‘qotish bilan bog‘liq asoratlar, balki tizimli yallig‘lanish javob sindromi va infeksiyalar rivojlanishi ham mumkinligi aniqlandi. Qon ketishni to‘xtatish, residivlarni oldini olish hamda asoratlarni bartaraf etishga qaratilgan takomillashtirilgan usullarni amaliyotga joriy etish orqali davolash samaradorligi oshirildi. Natijada residiv qon ketish va asoratlar soni kamaydi, o‘lim ko‘rsatkichlari pasaydi, bemorlarning hayotiy prognozlari yaxshilandi hamda yuqori tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaralardan qon ketishining asosiy sababi doimiy spirtli ichimliklarni iste’mol qilinishi ekanligi klinik labarator tekshiruvlar natijasi asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar sirrozi fonida oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralaridan qon ketishlarda, kasallik kechishining, klinik natijalarining o‘ziga xosligi, bemorlarni tashhislashda zamonaviy instrumental davolash usullari, kombinirlanlangan endogemostaz, gepatoprotektor, antioksidant, sitoprotektiv davolash yondashuvi orqali qon ketishlarni to‘xtatish, residiv qon ketishlarni hamda tizimli yallig‘lanish asoratlarini kamaytirish yo‘li bilan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish samaradorligi aniqlangan va baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (11.11.2024 y.; №188) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha buyruq (28.02.2025 y.; №55) asosida amaliyotga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: endoskopik gemostaz, yaralarni klipplash va adrenalin in’eksiya qilish, Seftriakson, Rebamipid, Glutation preparatlaridan foydalanish natijasida asoratlar rivojlanish holatlarining kamayishiga erishiladi. Ijtimoiy samaradorligi: JS fonida qon ketish bilan kelgan bemorlarda maxsus antibiotikoterapiya (sefalosporinlar) va kompleks davolashni joriy etish qon ketish residivlarini 35–40% ga kamaytirdi, tizimli yallig‘lanish asoratlarini chekladi hamda o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishga xizmat qildi. Shuningdek, shifoxonaga qayta gospitalizatsiya holatlari sezilarli kamaydi, bemorlarning hayotiy prognozini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks davolash usullarini amaliyotga joriy qilish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddati sezilarli darajada qisqardi. Bu esa ortiqcha dori-darmon sarfini kamaytirib, umumiy davolash xarajatlarini tejash imkonini berdi. Shu bilan birga, qayta gospitalizatsiya ehtiyoji kamaydi va shifoxonalarning moddiy resurslaridan samaraliroq foydalanishga sharoit yaratdi va kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarga sarflanadigan xarajatlarni 1100000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: sefalosporinlar bilan antibiotikoterapiya qo‘shilgan kompleks davolash qon ketishni to‘xtatishda, residivlarni oldini olishda, asoratlarni kamaytirishda va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishda yuqori samara berdi. Amaliyotga joriy qilingan mazkur usul tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuqori ahamiyatga ega bo‘lib, har bir bemor hisobiga 1,3–1,5 mln so‘m iqtisodiy foyda qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik jigar sirrozi fonida rivojlangan gastroduodenal yaralar mavjud holatlarda nafaqat qon ketish asoratlari balki, jigar sirrozi va massiv qon ketishlar sababli, tizimli yallig‘lanishli javob sindromining (TYaJS) hamda infeksiyaning rivojlanishi bilan bog‘liq asoratlarga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:jigar sirrozi fonida oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralaridan qon ketishlarda, kasallik kechishining, klinik natijalarining o‘ziga xosligi, bemorlarni tashhislashda zamonaviy instrumental davolash usullari, kombinirlanlangan endogemostaz, gepatoprotektor, antioksidant, sitoprotektiv davolash yondashuvi orqali qon ketishlarni to‘xtatish, residiv qon ketishlarni hamda tizimli yallig‘lanish asoratlarini kamaytirish yo‘li bilan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish samaradorligi aniqlangan va baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali bo‘yicha buyruq (11.11.2024 y.; №188) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bo‘yicha buyruq (28.02.2025 y.; №55) asosida amaliyotga joriy etilgan. ijtimoiy samaradorligi: endoskopik gemostaz, yaralarni klipplash va adrenalin in’eksiya qilish, Seftriakson, Rebamipid, Glutation preparatlaridan foydalanish natijasida asoratlar rivojlanish holatlarining kamayishiga erishiladi.  Ijtimoiy samaradorligi: kompleks tashxislash va davolash usullarini qo‘llash orqali asoratlar soni kamaydi, qon ketish bilan bog‘liq holatlar tezroq bartaraf etildi va infeksiya rivojlanishi holatlari sezilarli darajada kamaydi. Bu bemorlarning hayotiy prognozini yaxshilash, ularni tezroq sog‘lom hayotga qaytarish va qayta-qayta shoshilinch yordamga murojaat qilish ehtiyojini pasaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada davolanish davri o‘rtacha 3–4 kunga qisqardi. Natijada 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini taxminan 300–350 ming so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 300–400 ming so‘mga tejash imkoni yaratildi. Davolanish davrining qisqarishi dori-darmon sarfining kamayishiga ham olib kelib, shifoxonalarda moddiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minladi. Xulosa: Jigar sirrozi fonida gastroduodenal yara bilan kechgan qon ketishlarda infeksiya va tizimli yallig‘lanish asoratlari rivojlanishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslandi. Ushbu bemorlarda qon ketishni bartaraf etish, residivlarni kamaytirish va asoratlarni oldini olishga qaratilgan takomillashtirilgan usullar klinik samaradorlikni oshirdi. Natijada davolash samarasi yaxshilandi, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlari pasaydi, ijtimoiy va iqtisodiy foyda ta’minlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish