Saypiev Azizbek Akbarovichning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzun suyaklarning polifokal sinishlarida osteoreparatsiya jarayonining kechishini klinik – eksperimental asoslash», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3617.
Ilmiy rahbar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzun naysimon suyaklarning polifokal sinishlarida davolash natijalarini yaxshilash, osteoreparatsiya jarayonining kechishini klinik – eksperimental asosida o‘rganish hamda uni korreksiya qilish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polifokal sinishlarda davolashning barcha bosqichlarida turli asoratlarning rivojlanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinda boldir suyaklari ekanligi aniqlangan bo‘lib, asoratlar rivojlanishining asosiy sabablari ushbu segmentning anatomik, biomexanik va qon bilan ta’minlanish xususiyatlari ekanligi isbotlangan;
eksperimental tadqiqotdagi rentgenologik, fiziologik va morfologik tekshiruvlar asosida oraliq fragmentdagi suyak to‘qimasi regeneratsiyasi jarayonining kechishini turli osteosintez usullari qo‘llanilgan sharoitlarda olib borilganligi natijasida, aynan barqaror-funksional osteosintez osteoreparatsiya jarayonining ijobiy kechishi uchun yetakchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor uzun suyaklarning polifokal sinishlarida osteosintez usulini tanlashda patomorfologik differensial yondashuv kliniko-eksperimental tadqiqot natijasida asoslangan; 
ilk bor uzun suyaklarning polifokal sinishlarida siniqning anatomo-topografik xususiyatlari, ya’ni jarohat sohasi, lokalizatsiyasi hamda oraliq fragmentning o‘lchamiga asoslanib, davolashning optimal usulini tanlash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 17 iyuldagi 22/04 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: polifokal sinishlarda davolashning barcha bosqichlarida turli asoratlarning rivojlanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinda boldir suyaklari ekanligi aniqlangan bo‘lib, asoratlar rivojlanishining asosiy sabablari ushbu segmentning anatomik, biomexanik va qon bilan ta’minlanish xususiyatlari ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: suyak regeneratsiyasi buzilishining uchrashish chastotasi bo‘yicha boldir segmenti birinchi o‘rinda – 23,8%, undan keyin son (15,2%) va elka (14,3%) segmenti ekanligi aniqlandi, shu bilan birga osteosintez usulini tanlash ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (07.03.2025 y. №40-N); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.03.2025 y. №80). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar asosida uzun suyaklarning polifokal sinishlarini kompleks davolash bo‘yicha metodik tavsiyalar orkali tibbiy xizmat xarajatlarini kamaytirishi va davolash samaradorligini oshirish aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tufayli shoshilinch tibbiy yordamning sifat va samaradorligiga erilishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 1290000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: klinik-morfologik asoslangan davolash-taktik tavsiyalar ixtisoslashtirilgan travmatologik yordam samaradorligini oshirdi, davolash natijalarining yaxshilanishiga erishildi, yotoq kunlarining qisqarishi, nogironlik va o‘lim holatlarining kamayishi hamda iqtisodiy foyda keltirishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental tadqiqotdagi rentgenologik, fiziologik va morfologik tekshiruvlar asosida oraliq fragmentdagi suyak to‘qimasi regeneratsiyasi jarayonining kechishini turli osteosintez usullari qo‘llanilgan sharoitlarda olib borilganligi natijasida, aynan barqaror-funksional osteosintez osteoreparatsiya jarayonining ijobiy kechishi uchun yetakchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: davolash taktikasi bemorning umumiy holati, shikastlanish darajasi va operatsiya xavfiga qarab belgilanishi isbotlandi. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (07.03.2025 y. №40-N); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.03.2025 y. №80). Ijtimoiy samaradorligi: uzun suyaklarning polifokal sinishlarini kompleks davolash bo‘yicha metodik tavsiyalar tibbiy xizmat xarajatlarini kamaytirishi va davolash samaradorligini oshirishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar asosida tavsiya qilingan usullarni joriy etish tufayli shoshilinch tibbiy yordamning sifati va samaradorligiga erilishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 1290000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: klinik-morfologik asoslangan davolash-taktik tavsiyalar ixtisoslashtirilgan travmatologik yordam samaradorligini oshirdi, davolash natijalarining yaxshilanishiga erishildi, yotoq kunlarining qisqarishi, nogironlik va o‘lim holatlarining kamayishi hamda iqtisodiy foyda keltirishiga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor uzun suyaklarning polifokal sinishlarida osteosintez usulini tanlashda patomorfologik differensial yondashuv kliniko-eksperimental tadqiqot natijasida ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kombinatsiyalangan osteosintez usullari fiksatsiya davomida suyak bo‘laklarini aniq repozisiyalash imkonini berishi aniqlandi hamda oraliq fragmentning distal qismida bitish zonasi balandligining statistik jihatdan ishonchli kamaygani bilan tasdiqlandi. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (07.03.2025 y. №40-N); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.03.2025 y. №80). Ijtimoiy samaradorligi: uzun suyaklarning polifokal sinishlarini kompleks davolash bo‘yicha metodik tavsiyalar tibbiy xizmat xarajatlarini kamaytirishi va davolash samaradorligini oshirishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tufayli shoshilinch tibbiy yordamning sifat va samaradorligiga erilishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 1290000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: klinik-morfologik asoslangan davolash-taktik tavsiyalar ixtisoslashtirilgan travmatologik yordam samaradorligini oshirdi, davolash natijalarining yaxshilanishiga erishildi, yotoq kunlarining qisqarishi, nogironlik va o‘lim holatlarining kamayishi hamda iqtisodiy foyda keltirishiga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor uzun suyaklarning polifokal sinishlarida siniqning anatomo-topografik xususiyatlari, ya’ni jarohat sohasi, lokalizatsiyasi hamda oraliq fragmentning o‘lchamiga asoslanib, davolashning optimal usulini tanlash dasturi ishlab chiqilgan. Amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar quyidagi buyruqlar asosida klinik amaliyotga joriy qilingan: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (07.03.2025 y. №40-N); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.03.2025 y. №80). Ijtimoiy samaradorligi: uzun suyaklarning polifokal sinishlarini kompleks davolash bo‘yicha metodik tavsiyalar tibbiy xizmat xarajatlarini kamaytirishi va davolash samaradorligini oshirishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tufayli shoshilinch tibbiy yordamning sifat va samaradorligiga erilishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 1290000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: klinik-morfologik asoslangan davolash-taktik tavsiyalar ixtisoslashtirilgan travmatologik yordam samaradorligini oshirdi, davolash natijalarining yaxshilanishiga erishildi, yotoq kunlarining qisqarishi, nogironlik va o‘lim holatlarining kamayishi hamda iqtisodiy foyda keltirishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish