Mustafaev Axror Lukmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i yopiq jaroxatlarida oshqozon osti bezi shikastlanishini diagnostikada va davolashda endovizual texnologiyalar», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5277.
Ilmiy rahbarlar: Daminov Feruz Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Atadjanov Shuxrat Komilovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Belarus davlat tibbiyot universiteti (Belarus Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
endovizual texnologiyalardan foydalangan holda davolash-tashxisot uslubini takomillashtirish orqali oshqozon osti bezi jarohati bo‘lgan bemorlarda jarrohlik yo‘li bilan kompleks davolashning samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tinchlik davrida qorinning yopiq jarohatlarida uchraydigan oshqozon osti bezi shikastlanishlarini erta tashxislashda endovizual texnologiyalar, ya’ni noinvaziv (ultratovush, MSKT) va kam invaziv (videolaparoskopiya) usullarini jarohatning og‘irlik darajasini o‘zgarishi hisobiga kompleks qo‘llanilishi isbotlangan;
oshqozon osti bezi hamda yondosh a’zolar shikastlanishining og‘irlik darajalariga ko‘ra an’anaviy ochiq laporatomiya usuli bilan jarrohlik aralashuvi va endovideoxirurgik usullari o‘rtasidagi tanlovni o‘tkazishda bemorlar uchun individual yondashuv mezonlari asoslangan;
qorinning yopiq jarohatlarida AAST tasnifiga ko‘ra oshkozon osti bezining I-II darajasidagi alohida shikastlanishlari uchraganda qorin bo‘shlig‘i va charvi xaltasini endovideoxirurgik uslubda majburiy drenajlash hisobiga jarrohlik aralashuvini samarali yakunlash usuli takomillashtirilgan; 
ilk bor  oshqozon osti bezining og‘ir shikastlanishlarida jarohat chetlarini tikishdan va tamponada qilishdan voz kechilgan holda xirurgik qayta ishlov berishning avaylovchi, atravmatik sintetik ip bilan a’zo atrofidagi tomirlarini tikish hisobiga gemostazni amalga oshirish tamoyili isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qorin bo‘shlig‘i yopiq jaroxatlarida oshqozon osti bezi shikastlanishini diagnostikada va davolashda endovizual texnologiyalar bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 y. 17/40-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tinchlik davrida qorinning yopiq jarohatlarida uchraydigan oshqozon osti bezi shikastlanishlarini erta tashxislashda endovizual texnologiyalar, ya’ni noinvaziv (ultratovush, MSKT) va kam invaziv (videolaparoskopiya) usullarini jarohatning og‘irlik darajasini o‘zgarishi hisobiga kompleks qo‘llanilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (22.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar 7 ShKSh (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: MSKT birinchi navbatda tashxisni aniklash maqsadida ishlatilgan. Bunda esa kuzatilgan asoratlarni (posttravmatik pankreatit va posttravmatik pankreonekroz) hamda o‘lim xavfini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon osti bezi yopiq shikastlanishida MSKT 16 nafar bemorlarda oshqozon osti bezining zararlanishi aniqlandi, bu esa qo‘shimcha tekshirishlarni (dinamikada UTT, rentgen  tekshiruvlarni ) kamaytirishga yordam berdi va sarflanadigan o‘rta xisobda 826 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: OOBYoT qorin bo‘shlig‘ining yopiq travmasi bilan jabrlanganlar sonining 8,5% ni tashkil qiladi. AAST tasnifiga ko‘ra, II va III darajali zararlangan bemorlar ustunlik qildi. Oshqozon osti bezining alohida shikastlanishi faqat 18 nafar (14,4%) bemorlarda kuzatilgan, 107 nafar (85,6%) bemorlarda shikastlanish boshqa organlar va tizimlarning shikastlanishi bilan birlashtirilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: oshqozon osti bezi hamda yondosh a’zolar shikastlanishining og‘irlik darajalariga ko‘ra an’anaviy ochiq laporatomiya usuli bilan jarrohlik aralashuvi va endovideoxirurgik usullari o‘rtasidagi tanlovni o‘tkazishda bemorlar uchun individual yondashuv mezonlari asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (22.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar 7 ShKSh (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Konservativ dori terapiyasi usuli ishlab chiqilgan, uning maqsadi oshqozon osti bezining tashqi sekresiyasini pasaytirish, shu bilan immunokompetent hujayralar tomonidan yallig‘lanish vositalarining ortiqcha chiqarilishini kamaytirish va yallig‘lanish vositalarini, interleykinlar va fermentlar kabi biologik faol moddalarning samaradorligini qon oqimida kamaytirish. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon osti bezining yopik shikastlanishida sintetik samostatinlarni “Oktreotid” dori vositasini ishlatilganda asoratlarni (posttravmatik pankreatitni 62,7% to 35,2% gacha, posttravmatik pankreonekrozini 11,9% to 3,9% gacha) va ulimlarni kamaytirib, hayot sifatini oshirishga yordam bergan. Xulosa: oshqozon osti bezining travmatik shikastlanishini ko‘rsatadigan patognomonik klinik belgilar mavjud emas. Yopiq jarohatlar bilan umumiy simptomlar ustunlik qiladi. Oshqozon osti bezi shikastlanishining operatsiyadan oldingi tashxisida ultratovushning sezgirligi 65,8%, o‘ziga xoslik - 74,2%, aniqlik - 75,4%, MSKT sezgirligi - 97%, o‘ziga xoslik - 94%, aniqlik - 95,2%. 
uchinchi ilmiy yangilik: qorinning yopiq jarohatlarida AAST tasnifiga ko‘ra oshkozon osti bezining I-II darajasidagi alohida shikastlanishlari uchraganda qorin bo‘shlig‘i va charvi xaltasini endovideoxirurgik uslubda majburiy drenajlash hisobiga jarrohlik aralashuvini samarali yakunlash usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (22.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar 7 ShKSh (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: diagnostik laparoskopiya paytida kichik charvi xaltasi ochilganda oshqozon osti bezining shikastlanish darajasi AAST tasnifi buyicha I - II darajasi aniqlanganda va korin bushligi boshqa a’zolarida jarohat topilmaganda, davolovchi laparoskopiyaga utish tavsiya etiladi va  qorin bo‘shlig‘ini hamda, charvi xaltasini laparoskopik usulida drenajlash bilan jarrohlik amaliyotini tugatish tavsiya etiladi. Bu esa xastaliklarning asoratalarini oldini olishga asos bo‘lganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostik yoki davolovchi laparoskopiyani amaliyotga joriy etish, keraksiz laparotomiyalarni qiskartirish va bulimlarda yotok kunlarni (10 yotok kunlardan to 5 yotok kungacha) kamaytirish imkonini berdi, bu esa sarflanadigan o‘rta xisobda 1125000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: jarrohlik taktikasini tanlashda differensial yondashuv bezning shikastlanish darajasi va jabrlanuvchining holatiga asoslanadi. I - II darajali oshqozon osti bezi shikastlanganda qorin bo‘shlig‘i va charvi xaltasini laparoskopik drenajlash bilan cheklanish mumkin. III darajali shikastlanishda qorin bo‘shlig‘i va charvi xaltasini drenajlash bilan qon ketayotgan tomirni tikish bilan aniq gemostazni qo‘llash tavsiya etiladi. Oshqozon osti bezi shikastlanishining IV darajasida distal rezeksiya, V darajali bo‘lsa - pankreatoduodenal rezeksiya qilinishi mumkin. Tamponlash uchun ko‘rsatmalar kamdan-kam hollarda, faqat "Damage-control" davolash taktikasi doirasida.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor oshqozon osti bezining og‘ir shikastlanishlarida jarohat chetlarini tikishdan va tamponada qilishdan voz kechilgan holda xirurgik qayta ishlov berishning avaylovchi, atravmatik sintetik ip bilan a’zo atrofidagi tomirlarini tikish hisobiga gemostazni amalga oshirish tamoyili isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (22.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar 7 ShKSh (18.03.2022 y. 8 n-r/519-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish oshqozon osti bezi yopiq jarohati bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini oshirish, asoratlar sonini 86,6 dan 43,1 % gacha, o‘limni esa 19,7 dan 5,6 % gacha kamaytirish imkonini berdi va  bemorlarda hayot sifatini oshirishga yordam berishi jarrohlik  va tez tibbiy yordam kursatish va klinik ordinatorlarining o‘quv kurslariga kiritilgan. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozon osti bezi yopik shikastlanishlarida endovideojarrohlik usullar bilan jarrohlik amaliyotini va erta konservativ terapiya boshlash bilan davolangan bemorlar  va an’anaviy jarrohlik aralashuvlar bilan davolangan bemorlarni solishtirganda ularning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 17,4±2,9 dan  14,3±2,0 kunga qisqartirilishi natijasida, bir nafar bemor uchun mablag‘laridan kuniga 230500 so‘mni va o‘rin kunlarini 3 kunga qisqarishi orqali 691500 so‘mga hamda tatbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=54) 37341000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: takomillashtirilgan diagnostika va davolash algoritmi asoratlarni 86,6 dan 43,1% gacha va o‘lim sonini 19,7 dan 5,6% gacha kamaytirishga imkon beradi, shoshilinch tibbiy yordam talablariga javob beradi va jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatadigan tibbiyot muassasalarining amaliy faoliyatida qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish