Mustafaev Temur Shomirzoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “3, 3m va 32 simmetriyaga ega trigonal kristallarda chiziqli va nochiziqli akustik xossalarning anizotropiyasi”, 01.04.03 - Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM846.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Farxad Rashidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Muxtarov Adil Pozilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim,
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 3, 3m va 32 simmetriya ega trigonal kristallarda chiziqli va nochiziqli akustik xossalarning anizotropiya qonuniyatlarini o‘rnatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor litiy tantalati kristallarining domenli tuzilishi akustik usullar bilan o‘rganildi va bu kristallarning domenlari o‘lchamlari bilan bogʻliq akustik to‘lqinlarning rezonansli so‘nish mexanizmi aniqlandi;
litiy tantalat kristallarida birinchi marta domen devorining sirt energiyasi zichligi aniqlandi va domen devorining kichik qalinligi tufayli qutblanish vektorining qayta yo‘nalishi kristall panjaraning bir nechta atom tekisliklaridan iborat qatlamda sodir bo‘lishi ko‘rsatildi;
ilk bor kvars va lantan gallosilikat kristallarida elastik xossalarning anizotropiyasini tavsiflovchi effektiv Gryunayzen doimiylari aniqlandi;
akustik o‘lchovlardan foydalanib, Gryuneyzen tenzorini aniqlashga yangicha yondashuv taklif etildi va akustik to‘lqinlar so‘nishining anizotropiyasi kristall panjara tebranishlarining angarmonikligi anizotropiyasi bilan bogʻliqligi aniqlandi;
ilk bor impuls-interferensiya usuli yordamida [100] va [001] yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘ylama va ko‘ndalang akustik to‘lqinlarning tezligi, shuningdek, lantan triftoridining superion kristallarida haqiqiy elastik doimiylar (s11, s33, s44, s55) aniqlandi;
lantan triftorid kristallarida uchinchi tartib o‘qi bo‘ylab hajmiy akustik to‘lqinlar tezligining temperatura koeffisienti aniqlandi, u kristallning dielektrik fazadan yuqori o‘tkazuvchan superion holatga o‘tishini tavsiflovchi parametr sifatida xizmat qilishi mumkin.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kristallarda akustik to‘lqinlarning so‘nish mexanizmlari va akustik xususiyatlarning anizotropiya qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar asosida quyidagi natijalar amaliyotga tatbiq etildi:
“3, 3m va 32 simmetriyaga ega trigonal kristallarda chiziqli va nochiziqli akustik xossalarning anizotropiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida bajarilgan PP-4526-sonli 2-qism “Shisha va kristall matrisalaridagi nano o‘lchamlarini radiaktiv induksiya ta’sirida sintezlash va modifikatsiyalash” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Yadro fizikasi institutining 11.11.2024 y. 6cz-2115 – 960-sonli xat). Kvars (SiO2) trigonal kristallarida effektiv haqiqiy va mavhum ikkinchi tartibli elastik doimiylarning akustik so‘nishi va fazoviy dispersiyasi kabi angarmonik xossalarini hisoblash va aniqlashga yangi yondashuv hamda Gryunayzen effektiv doimiylarining elastik xossalari va anizotropiyasini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari kvars kristallarida analogik xarakteristikalarni aniqlashda qo‘llanilgan. Kvars kristallarida istalgan yo‘nalish bo‘yicha Gryunayzen doimiysini aniqlash uchun taklif etilgan munosabatlar “Shisha va kristall matrisalaridagi nano o‘lchamlarini radioaktiv induksiya ta’sirida sintezlash va modifikatsiyalash” mavzusidagi fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishda shisha matrisadagi (eritilgan kvars) kristobalit va tridimit kvars fazalari nanokristallitlarining mexanik xossalarining kuchli anizotropiya mexanizmini aniqlash va tushuntirish imkonini bergan;
tadqiqotning kvars (SiO2) trigonal kristallarida elastiklik xossalarining anizotropiyasi, jumladan, ikkinchi tartibli effektiv elastik doimiylarning fazoviy dispersiyasini aniqlashga bag‘ishlangan bo‘limlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Turli usullar bilan qo‘zg‘atilgan lazerlarning yangi materiallar va texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorligini oshirish mexanizmlarini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqotlarni (2023-2024 yy.) olib borishda ushbu kristallarning elastiklik va optik xossalarini taqqoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Fanlar akadeniyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining 25.06.2025 y. 01 – 350-sonli xat). Ilmiy natijalar kvars kristallarida ixtiyoriy yo‘nalishlar uchun taklif etilgan munosabatlar lazer tizimlarida faol muhitlarning mustahkamligi va deformatsiyalanish darajasini aniqlash imkonini bergan;
 “Brazilian Journal of Physics.” jurnalida nashr qilingan “An Exploration of Anisotropic Acoustic Wave Attenuation in Quartz Crystals” mavzusidagi maqolamizdagi tadqiqot natijalarimiz nufuzli xorijiy jurnallarda nashr etilgan  (55(1), pp. 1-6. 2025. (IF 1.64), hamda “Acoustic Properties of Lanthanum Gallosilicate Crystals” RENSIT: Radioelectronics. Nanosystems. Information Technologies 2024, Vol.16, No.7, p. 853-858 (IF=0.6, Q4)) jurnallarda kvars va lantan gallosilikat kristallarining akustik xossalari anizotropiyasi hamda ushbu kristallarning haqiqiy va mavhum elastiklik konstantalari aniqlandi, ular tezlik va so‘nish sirtlarining kesimini qurish uchun qo‘llanilgan (001) tekisligi bo‘yicha akustik to‘lqinlarning. Akustik to‘lqinlarning tarqalish maxsus yo‘nalishlari (100) tekislikda topilgan ushbu akustik xossalarning aniqlangan qonuniyatlari anizotropiya bu kristallarni tushuntirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish