Ismailov Jonibek Baxadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rux ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B 2022.3. PhD/T3102
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor Samadov Alisher Usmanovich
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rux ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rux keklaridan mis va nodir metallarni ajratib olish usuli pirometallurgik tiklovchi gazlar atmosferasida ferritlar strukturasini parchalab, ularni past haroratli kuchsiz kislotada energetik gazlar yordamida kuydirish asosida ishlab chiqilgan;
quvur aylanmali pechda tiklovchi gazlar atmosferasida olib borilgan selektiv tiklovchi kuydirish jarayonidan olingan kuyindini past kislotali tanlab eritish usuli eritmaning harorati va konsentratsiyasining o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
rux kekidan ruxni ajratib olish usuli tiklovchi energetik gazlarning tiklovchanlik xususiyatlarining haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarish dinamikasining kritik nuqtalarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
rux keki bilan mahalliy energetik gazlar tarkibidagi is gazi, vodorod va metan kabi tiklovchi gazlarni o‘zaro ta’siri natijasida kekning asosini tashkil qiluvchi rux ferriti va sulfatini kuchsiz tiklovchi muhitda tiklashda rux oksidi, magnetit, temir II oksidi va sulfat angidridiga qadar tiklanishi aniqlangan;
tiklovchi gazlar muhitida quruq kukunsimon rux keki qayta ishlanganda, tiklovchi gaz va rux keki sistemasida kekdagi shpinel tuzilishli ferrit yuzasiga metan va vodorodning 500-590 oS haroratda adsorbsiyalanishi aniqlangan;
tiklovchi kuydirish jarayonidan olingan kuyindini past haroratda kislotali tanlab eritish usuli eritma haroratining o‘zgarishiga ta’sir etadigan kimyoviy reaksiyalarning kechishi oqibatida ajralib chiqadigan issiqlik parametrlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rux ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rux keklarini pirometallurgik usulda tiklovchi gazlar atmosferasida qayta ishlash orqali ferritlar strukturasini parchalab, ularni past haroratli kuchsiz kislotada tanlab eritish orqali ruxni ajratib olish ko‘rsatkichini oshirish hamda qoldiq mahsulotdan, mis va nodir metallarni ajratib olish usuli «Olmaliq KMK» AJda joriy qilingan (“OKMK” AJ ning 4-noyabr 2024-yildagi № SL-001074 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida 35% tiklovchi gazlar bo‘lgan energetik gazlardan foydalanish hamda tiklovchi kuydirishni 800oS da amalga oshirish imkoni yaratilgan;
quvur aylanmali pechda tiklovchi gazlar atmosferasida olib borilgan selektiv tiklovchi kuydirish jarayonidan olingan kuyindini past kislotali tanlab eritish usuli «Olmaliq KMK» AJda joriy etilgan (“OKMK” AJ ning 4-noyabr 2024-yildagi № SL-001074 sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritmaning haroratini 12 % ga, konsentratsiyasini 17g/l ga pasaytirishga erishilgan;
tiklovchi kuydirish kuyindisini tanlab eritishda eritmaning harorati 45 oS, konsentratsiyasi 115 g/l bo‘lganda kuyindidagi komponentlarni tanlab eritishning selektivligiga erishildi va ruxning eritmaga ajratib olish darajasi 92,8 % ni tashkil etadigan usul «Olmaliq KMK» AJda joriy etilgan (“OKMK” AJ ning 4-noyabr 2024-yildagi № SL-001074 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tanlab eritish qoldig‘idagi ruxning miqdorini 1,65 % dan 1,47 % gacha kamayishiga erishilgan.