Nuraliev Oybek Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkilamchi texnogen xom ashyolarni metallurgiyada qayta ishlashga tayyorlashda tiklanish jarayonlarini tadqiqoti”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4660
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Dunyashin Nikalay Sergeevich, texnika fanlari doktori, dotsent Parmonov Sarvar Toshpo‘latovich
Yetakchi tashkilot: “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ikkilamchi texnogen xom ashyolarni metallurgiyada qayta ishlashga tayyorlashda tiklanish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvur aylanmali pechda qayta ishlanadigan po‘lat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan okalinalarni ikkilamchi avtomobil shinalari bilan qayta ishlash texnologiyasi metallashgan granulalaring hosil bo‘lish harorati va oxakning reaksiyaga kirishish shartlari asosida ishlab chiqilgan;
ikkilamchi avtomobil shinalari yordamida po‘lat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan okalinalarni qayta ishlash jarayoni va okalina tarkibidagi temir oksidlarini tiklash texnologiyasi, okalina tarkibidagi oltingugurtning kimyoviy xossalarining haroratga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
po‘lat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan okalinani ikkilamchi avtomobil shinalari bilan tiklash texnologiyasi jarayon uchun xarajatlarning o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan ;
okalinalarni avtomobil shinalari yordamida tiklanish jarayonlaridan keyin hosil bo‘lgan metallashgan granulalarning magnitga tortilish xossalari asosida ajratib olish usuli ishlab chiqilgan;
okalina tarkibidagi temir oksidlarini avtomobil shinalari yordamida tiklanish bosqichlarini optimal haroratini aniqlashda termodinamik qonuniyatlarni jarayonga ta’sirini belgilash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi texnogen xom ashyolarni metallurgiyada qayta ishlashga tayyorlashda tiklanish jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quvur aylanmali pechda qayta ishlanadigan po‘lat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan okalinalarni ikkilamchi avtomabil shinalari bilan qayta ishlash texnologiyasi “OKMK” AJ ning Markaziy mexanika ta’mirlash zavodining quyish sexida joriy qilingan. (“OKMK” AJ ning 4-noyabr 2024-yildagi № SL-001075 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida okalinalarni qayta ishlash natijasida 91% gacha metallashgan granulalar olishga erishilgan.
Ikkilamchi avtomabil shinalari yordamida po‘lat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan okalinalarni qayta ishlash jarayoni quvur aylanma pechlarida okalina tarkibidagi temir oksidlarini tiklash texnologiyasi Markaziy mexanika ta’mirlash zavodining quyish sexida joriy qilingan.. (“OKMK” AJ ning 4-noyabr 2024-yildagi № SL-001075 sonli ma’lumotnomasi).. Joriy qilish natijasida okalina tarkibidagi oltingugurtni 0.12 % kamaytirishga erishilgan;
Po‘lat ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan okalinani ikkilamchi avtomabil shinalari bilan qayta ishlash jarayonida quvur aylanmali pechga shixta massasiga nisbatan 15,4 % avtomabil shina chiqindilari qo‘shib tiklash texnologiyasi “OKMK” AJ ning Markaziy mexanika ta’mirlash zavodining quyish sexida joriy qilingan. (“OKMK” AJ ning 4-noyabr 2024-yildagi № SL-001075- sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir tarkibli okalinani qayta ishlash harajatlarini 20% ga kamaytirishga erishilgan.