Xurramov Eshmamat Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
 «Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ qimmatli qog‘ozlarini bozor qiymatini baholash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt.
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xo'jamurodov Asqar Jalolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ qimmatli qog‘ozlarini bozor qiymatini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini fond bozordagi target qiymatini aniqlashda chegirmaviy pul oqimlarini usulidan foydalanish orqali diskont stavkani belgilash chegarasi (20% ≤ DS ≤ 30%) asoslangan; 
aksiyadorlik jamiyatlariga jalb qilingan qarz qiymatini aniqlashda jalb qilingan kreditlar va emissiya qilingan korporativ obligatsiyalarini inobatga olgan holda qarz koeffisientining maqbul qiymati (Dr≤0,5) taklif qilingan;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalarini “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida bozor qiymatini aniqlash orqali ommaviy savdolarga chiqarish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bozor qiymati o‘sishining panel ma'lumotlarga ko‘ra regression ekonometrik modellari asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ qimmatli qog‘ozlarini bozor qiymatinini baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini fond bozordagi target qiymatini aniqlashda chegirmaviy pul oqimlarini usulidan foydalanish orqali diskont stavkani belgilash chegarasi (20% ≤ DS ≤ 30%)ni asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarilishida qo‘llanilgan ("Sharg‘unko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 9-apreldagi №01-700-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini investision salohiyatini va moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatini hamda qo‘shilgan kapitalni o‘sish potensialini aniqlash imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlariga jalb qilingan qarz qiymatini aniqlashda jalb qilingan kreditlar va emissiya qilingan korporativ obligatsiyalarini inobatga olgan holda qarz koeffisientining maqbul qiymati (Dr≤0,5) taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarilishida qo‘llanilgan ("Sharg‘unko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 9-apreldagi №01-700-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi aksiyadorlik jamiyatlarini aktivlari ortishiga jalb qilingan qarzni taʼsiri qanchalik ekanligini va jamiyatlarining faoliyati bilan bog‘lik risklarni qanchalik ekanligini hamda qarz instrumentlar orqali jamiyatlarining faoliyatini moliyalashtirish yuqori va past chegarasini aniqlash imkonini bergan;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalarini “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida bozor qiymatini aniqlash orqali ommaviy savdolarga chiqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarilishida qo‘llanilgan ("Sharg‘unko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 9-apreldagi №01-700-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinish natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalarini ommaviy savdoga chiqarilayotganida bozor qiymatni aniqlash va  jamiyatlarga investorlarni jalb qilish hamda aksiyalar paketini bozorga joylashtirishni tezlashtirish imkonini bergan;         
O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bozor qiymati o‘sishining panel ma'lumotlarga ko‘ra regression ekonometrik modellari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini bajarilishida qo‘llanilgan ("Sharg‘unko‘mir" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 9-apreldagi №01-700-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatning kapital rentabellik, aktivlar rentabellik, qarz kapitali hamda jamiyatning sof foydasini taʼsir darajasi va o‘sish dinamikasini baho berish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish