Yunusov Begench Mavlanberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Er kadastri asosida hududlarni kompleks rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 06.01.10 – “Er tuzish, kadastr va er monitoringi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt785
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Altiev Abdurashid Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qosim Raxmanov, tehnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi er kadastri asosida mamlakatimiz hududlarini kompleks rivojlantirish mexanizmlarni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy va uslubiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er fondi real o‘lchamlarini amaldagi er hisobi ma’lumotlari bilan shaxmat tartibida taqqoslash orqali er fondini aniq hisobga olishning raqamlashtirish imkonini beruvchi mexanizm taklif qilingan;
er ijarasi haqiga tortilmayotgan er uchastkalarga bo‘lgan huquqlarni elektron auksion savdo maydonchalarida realizatsiya qilish orqali mahalliy byudjetlar daromad manbalarini ko‘paytirish tartibi asoslangan;
er resurslari hisobini yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yishning shaffofligini ta’minlash, hududlarda er fondi toifalarining huquqiy hujjatlarga asoslangan bazasini shakllantirishda aniqlik darajasini oshirish imkonini beruvchi er hisobini yuritish mexanizmi takomillashtirilgan;
er kadastri asosida tumanlar zahirasida turgan, shuningdek foydalanishda bo‘lmagan er uchastkalarini faol resurs sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimiga qaytarish orqali realizatsiya qilish mexanizmi va tartibi ishlab chiqilgan;
er kadastri ma’lumotlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida er fondidan foydalanishning er toifalari doirasidagi 2030 yilgacha mo‘ljallangan o‘zgarishi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Er kadastri asosida hududlarni kompleks rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
er fondi real o‘lchamlarini amaldagi er hisobi ma’lumotlari bilan shaxmat tartibida taqqoslash orqali er fondini aniq hisobga olishning raqamlashtirish imkonini beruvchi mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida joriy qilingan (Kadastr agentligining 2024-yil 17-iyuldagi 05/04-6843-son ma’lumotnomasi). Natijada, er fondi toifalarining miqdori shaxmat tartibida yangidan ishlab chiqilib birgina yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha “Tashabbusli byudjet” va “Mening yo‘lim” loyihalari doirasida hududlarga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘larining taqsimoti kadastr ma’lumotlari asosida smeta hisoblari chiqarilib ortiqcha sarf xarajatlarining oldi olingan;
er ijarasi haqiga tortilmayotgan er uchastkalarga bo‘lgan huquqlarni elektron auksion savdo maydonchalarida realizatsiya qilish orqali mahalliy byudjetlar daromad manbalarini ko‘paytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida joriy qilingan (Kadastr agentligining 2024-yil 17-iyuldagi 05/04-6843-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi punkti erlarida bo‘sh turgan, foydalanishda bo‘lmagan 1865 ta (373,36 ga) er uchastkalariga bo‘lgan huquqlari realizatsiya qilish yo‘lga qo‘yilgan, unga ko‘ra erlarning auksion tushumidan tashqari 15 mln. so‘m er ijara haqi, shuningdek, shu paytga qadar umuman hisobi olinmagan va er solig‘i olinmaydigan, hech bir tashkilot tasarrufida bo‘lmagan tuman obodonlashtirish erlaridan qo‘shimcha aniqlangan 10 ming gektar erlarni fuqorolarga realizatsiya qilish orqali 588 ta yangi ishchi o‘rinlar yaratilgan hamda 2,0 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ mahalliy byudjetga tushimi ta’minlangan;
er resurslari hisobini yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yishning shaffofligini ta’minlash, hududlarda er fondi toifalarining huquqiy hujjatlarga asoslangan bazasini shakllantirishda aniqlik darajasini oshirish imkonini beruvchi er hisobini yuritishning takomillashtirilgan mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida joriy qilingan (Kadastr agentligining 2024-yil 17-iyuldagi 05/04-6843-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan 4475 gektar erlarining turlari asossiz o‘zgarganligi aniqlangan, shuningdek, baliqchilik tarmoqlarining rivojlanishida hisobi olingan yaylov er turidagi erlarning foydalanish yo‘nalishini o‘zgartirish orqali umumiy 715 ta suv havzalari tashkil qilinib, ularning erlari 101 413 gektarga etkazilgan;
er kadastri asosida tumanlar zaxirasida turgan, shuningdek foydalanishda bo‘lmagan er uchastkalarini faol resurs sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimiga qaytarish orqali realizatsiya qilish mexanizmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida joriy qilingan (Kadastr agentligining2024-yil 17-iyuldagi 05/04-6843-son ma’lumotnomasi). Natijada, tumanlar zaxirasidagi rasman foydalanishda bo‘lmagan 613 ta konturda 1717,53 gektar erlarni oziq-ovqat ekinlarni ekish maqsadida jismoniy shaxslarga ijara huquqi asosida berilib, 2 340,06 ming so‘m er ijarasi haqi undirilgan, shuningdek 500 dan ortiq aholi ish bilan ta’minlangan;
er kadastri ma’lumotlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida er fondidan foydalanishning er toifalari doirasidagi 2030 yilgacha mo‘ljallangan o‘zgarishi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish yuzasidan berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida joriy qilingan (Kadastr agentligining 2024-yil 17-iyuldagi 05/04-6843-son ma’lumotnomasi).Natijada, hududlarda 3172 ta er uchastkalarning 690,80 gektar erlari, boshqa er fondi toifalari hisobiga o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlanib, ularni kadastr ma’lumotlar bazasiga o‘tkazish orqali belgilangan er ijara haqi stavkalari bo‘yicha qariyb 3,0 mlrd. so‘m mahalliy byudjetga er ijarasi haqi tushumi ta’minlangan bo‘lib, kelajakda erlardan maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali er fondi toifalari maydonlarining istiqboldagi o‘zgarishi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan, unga ko‘ra, 2030 yilga borib aholi punkti erlari 2023 yilga nisbatan 5% ga, shu bilan birga aholi soni 24% ga ko‘payishi kelajakda aholini uy-joy bilan ta’minlashga er ajratishda aholi punkti erlarini oldindan belgilash va tashkil etish, shuningdek barcha er fondi toifalarining miqdori va ulardan foydalanish hisobini yuritishni tartibga solishga qaratilgan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish asoslangan.