Ibadullaeva Nargiz Sapievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SARS-CoV-2 ning molekulyar-genetik tavsifi va COVID-19 bashoratini baholashda Host omillarning ahamiyati», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib586.
Ilmiy maslahatchi: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Virom» virusli infeksiyalar Federal ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SARS-CoV-2 ning molekulyar-genetik tavsifi va COVID-19 bashoratini baholashda Host omillarning ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor pandemiya va pandemiyadan keyingi davrlardagi o‘zgaruvchan epidemiologik vaziyatda virusning asosiy evolyusion o‘zgarishlarini aks ettiruvchi SARS-CoV-2 ning aylanib yuruvchi, jumladan, erta (B.1.1), Alpha (B.1.1.7), Omicron (BA.5.2), shuningdek uning yangi subvariantlari (FL.1.8, FL.24.1, KS.1, JN.1.13.1) hamda rekombinant XD va XDB variantlari aniqlangan;
ilk bor SARS-CoV-2 genomidagi mutatsion o‘zgarishlarning evolyusiyasi, jumladan, virusning moslashuvchanlik mexanizmlari va dinamik o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi S va ORF1b genlaridagi ahamiyatli mutatsiyalar aniqlangan;
ilk bor ishlab chiqilgan referens-panel` yordamida sezuvchanligi 93,02% va spesifikligi 100% ga etkazilgan «OOO Biotest-SARS-CoV-2» mahalliy PZR to‘plamining optimallashtirilishi asoslangan;
ilk bor qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi, CXCL9 xemokini, IL-6 sitokini va S-reaktiv oqsil kabi asosiy ko‘rsatkichlar COVID-19 kasalligining og‘ir kechishiga xos bo‘lgan yetakchi indikatorlar ekanligi asoslangan;
ilk bor CXCL9 xemokini, IL-6 sitokini va C-reaktiv oqsil darajasining oshishi, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasining pasayishi, o‘zbek aholisida ACE1 I/D gen polimorfizmining D alleli va DD genotipi mavjudligi, shuningdek, yurak ishemik kasalligi, 2-tur qandli diabet va tana vazni indeksi ≥30,0 bo‘lgan semizlik kabi yondosh kasalliklar COVID-19 kasalligining og‘ir kechishi bilan bog‘liq Host omillari va prognostik indikatorlari ekanligi isbotlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 13/10-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor pandemiya va pandemiyadan keyingi davrlardagi o‘zgaruvchan epidemiologik vaziyatda virusning asosiy evolyusion o‘zgarishlarini aks ettiruvchi SARS-CoV-2 ning aylanib yuruvchi, jumladan, erta (B.1.1), Alpha (B.1.1.7), Omicron (BA.5.2), shuningdek uning yangi subvariantlari (FL.1.8, FL.24.1, KS.1, JN.1.13.1) hamda rekombinant XD va XDB variantlari aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish Ekspert kengashi tomonidan 04.10.2023 yil 2n-r/20-son bilan tasdiqlangan «SARS-CoV-2 ning aylanib yuruvchi shtammlarini monitoring qilish uchun to‘liq genomli nanoporali sekvenslash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasiga 10.07.2023 yildagi №76-p-son va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 29.02.2024 yildagi №13-p-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 monitoringi SARS-CoV-2 ning xavotirli variantlari haqida tezkor ma’lumotlarni taqdim etadi va o‘zgaruvchan epidemiologik vaziyatlarga o‘z vaqtida javob qaytarish va maqsadli strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nanoporali sekvenslash usulini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilish Senger usulida sekvenslashga nisbatan 61384843,36 so‘mni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-CoV-2 genomidagi mutatsion o‘zgarishlarning evolyusiyasi, jumladan, virusning moslashuvchanlik mexanizmlari va dinamik o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi S va ORF1b genlaridagi ahamiyatli mutatsiyalar aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish Ekspert kengashi tomonidan 04.10.2023 yil 2n-r/20-son bilan tasdiqlangan «SARS-CoV-2 ning aylanib yuruvchi shtammlarini monitoring qilish uchun to‘liq genomli nanoporali sekvenslash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasiga 10.07.2023 yildagi №76-p-son va Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasiga 29.02.2024 yildagi №13-p-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 monitoringi SARS-CoV-2 ning xavotirli mutatsiyalar haqida tezkor ma’lumotlarni taqdim etadi va o‘zgaruvchan epidemiologik vaziyatlarga o‘z vaqtida javob qaytarish va sog‘liqni saqlashda maqsadli strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida kasallikning tarqalishini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: nanoporali sekvenslash usulini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilish Senger usulida sekvenslashga nisbatan 61384843,36 so‘mni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor ishlab chiqilgan referens-panel` yordamida sezuvchanligi 93,02% va spesifikligi 100% ga etkazilgan «OOO Biotest-SARS-CoV-2» mahalliy PZR to‘plamining optimallashtirilishi asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 07.06.2022 yil 8n-r/587-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 PZR tashxisoti sifatini baholash uchun analitik panel`ni yaratish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar MChJ «ROSSA» korxonasining ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatiga 13.04.2021 yildagi 8-son shartnoma va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markaziga 13.05.2024 yildagi 61-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 PZR tashxisoti uchun yaratilgan referens-panel` virusologiya ixtisosligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida, SARS-CoV-2 RNKsini aniqlashga mo‘ljallangan test-to‘plamlarning klinik sinovlarini o‘tkazishda, mahalliy va import test-to‘plamlarini ishlab chiqish hamda ro‘yxatdan o‘tkazishda, shuningdek, test-to‘plamlarning sifat nazoratini ta’minlashda qo‘llanilishi mumkin, bu PZR laboratoriyalaridagi kamchiliklarni aniqlash va tashxisot xatolarini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 PZR tashxisoti uchun yaratilgan referens-panel` xorijiy tijorat panellariga nisbatan 11625262 so‘m miqdorida mablag‘ni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi, CXCL9 xemokini, IL-6 sitokini va S-reaktiv oqsil kabi asosiy ko‘rsatkichlar COVID-19 kasalligining og‘ir kechishiga xos bo‘lgan yetakchi indikatorlar ekanligi asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 10.05.2022 yil 8n-r/445-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 og‘ir kechishini biomarkerlarni hisobga olgan holda prognoz qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 08.09.2022 yildagi 21-son va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialiga 10.10.2022 yildagi 72-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlikgi: biomarkerlar darajasini kompleks aniqlash COVID-19 ning og‘ir kechishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlash imkonini beradi, bu esa optimal davolash taktikasini tanlash, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish, asoratlar xavfini kamaytirish, kasalxonada yotish va reabilitatsiya davrini qisqartirish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: biomarkerlarni aniqlash orqali kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish 849125 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini yaratadi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor CXCL9 xemokini, IL-6 sitokini va C-reaktiv oqsil darajasining oshishi, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasining pasayishi, o‘zbek aholisida ACE1 I/D gen polimorfizmining D alleli va DD genotipi mavjudligi, shuningdek, yurak ishemik kasalligi, 2-tur qandli diabet va tana vazni indeksi ≥30,0 bo‘lgan semizlik kabi yondosh kasalliklar COVID-19 kasalligining og‘ir kechishi bilan bog‘liq Host omillari va prognostik indikatorlari ekanligi isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 10.05.2022 yil 8n-r/445-son bilan tasdiqlangan «COVID-19 og‘ir kechishini biomarkerlarni hisobga olgan holda prognoz qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 08.09.2022 yildagi 21-son va Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialiga 10.10.2022 yildagi 72-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlikgi: biomarkerlar darajasini kompleks aniqlash COVID-19 ning og‘ir kechishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlash imkonini beradi, bu esa optimal davolash taktikasini tanlash, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish, asoratlar xavfini kamaytirish, kasalxonada yotish va reabilitatsiya davrini qisqartirish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: biomarkerlarni aniqlash orqali kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish 849125 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish