Achilov Feruz Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan yurakg‘ qon tomir xastaligi bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda xayotga xavf tug‘diradiruvchi aritmiyalarning profilaktikasi», 14.00.06 - Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib 3139.
Ilmiy raxbar: Talipova Yulduz Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xotamjon Xasanbaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan Terapiya va tibbiy rebilitatsiya ilmiy amalliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan keksa bemorlarda hayot uchun xavfli aritmiyalarning rivojlanish xususiyatlari, klinik namoyon bo‘lishi, shuningdek ularning asosiy biomarkerlar bilan bog‘liqligini o‘rganish orqali yurak-qon tomir tizimidagi komorbid holatlarda aritmiyalarni erta aniqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan keksa yoshli bemorlarda hayotga xavfli aritmiyalar rivojlanishi sinus taxikardiya, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi hamda AV tuguni va Gis tutami oyoqchalari to‘siqlari COVID-19 og‘irlik darajasi va komorbid holatlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
COVID-19 ning og‘ir darajasi bilan kasallangan keksa bemorlarda sinus taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi engil holatlarga nisbatan mos ravishda 4 va 3,1 barobar ko‘p uchrashi (p<0,001), Laun tasnifi bo‘yicha 2–3-gradatsiyali qorinchalar ekstrasistoliyalari namoyon bo‘lishi yallig‘lanishning uzoq saqlanishi bilan isbotlangan;
bir yillik kuzatuvda o‘rta og‘ir va og‘ir COVID-19 o‘tkazgan keksa bemorlarda aritmiyalarning rivojlanishi va uzoq saqlanishi o‘tkir koronar hodisalar og‘ir kechishining prediktori COVID-19 yurak-qon tomir asoratlari uchun mustaqil xavf omili ekanligi asoslangan;
keksa bemorlarda COVID-19 fonida rivojlangan xayot uchun xavfli aritmiyalarni bemorlarning klinik, laborator va anamnez ma’lumotlari asosida individual xavf darajasini baholash va bosqichli kuzatuv va davolash choralari ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha №18/29-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan keksa yoshli bemorlarda hayotga xavfli aritmiyalar rivojlanishi sinus taxikardiya, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi hamda AV tuguni va Gis tutami oyoqchalari to‘siqlari COVID-19 og‘irlik darajasi va komorbid holatlar bilan bog‘liqligi aniqlangan bo‘lib, ushbu holat, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yildagi 21 iyundagi 41-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalarini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini bashoratlash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10 sentyabrdagi 121-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 2024 yil 4 iyuldagi 42/3-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va klinik-prognostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarining amaliy ahamiyati COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash imkonini beruvchi omillarning erta aniqlash va nazorat olib borishning samaradorligi isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi: xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish ancha tejamkor edi. Xayotga xavf tug‘diruvchi aritmiyalari bo‘ladigan bemorlardagi kasalliklarni, jumladan arterial gipertenziya, turg‘in stenokardiya, surunkali yurak etishmovchiligi va boshqalarni bartaraf etish uchun individual ravishda davolash rejasini olib borish tavsiya etiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik COVID-19 ning og‘ir darajasi bilan kasallangan keksa bemorlarda sinus taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi engil holatlarga nisbatan mos ravishda 4 va 3,1 barobar ko‘p uchrashi (p<0,001), Laun tasnifi bo‘yicha 2–3-gradatsiyali qorinchalar ekstrasistoliyalari namoyon bo‘lishi yallig‘lanishning uzoq saqlanishi bilan isbotlangan, ushbu holat, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yildagi 21 iyundagi 41-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalarini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini bashoratlash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10 sentyabrdagi 121-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 2024 yil 4 iyuldagi 42/3-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va klinik-prognostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarining amaliy ahamiyati COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash imkonini beruvchi omillardan anamnezda mavjud bo‘lgan yurak qon tomir kasalliklarning avj olishi va fatal asoratlarining bartaraf etish bemorlarlarning hayot sifatini yaxshilashga, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga, erta nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishi bilan izoxlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 yillik kuzatuv davomida tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 780000 so‘m sarflashgan. Ushbu xarajatlar xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalari alomatlari bilan bog‘liq ravishda xususiy tibbiy muassasalarga tekshirish yoki xususiy favqulodda yordam guruhlarini chaqirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 718000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish yo‘li bilan ijtimoi samaradorlikga erishildi;
uchinchi ilmiy yangilik: bir yillik kuzatuvda o‘rta og‘ir va og‘ir COVID-19 o‘tkazgan keksa bemorlarda aritmiyalarning rivojlanishi va uzoq saqlanishi o‘tkir koronar hodisalar og‘ir kechishining prediktori COVID-19 yurak-qon tomir asoratlari uchun mustaqil xavf omili ekanligi asoslanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyundagi 41-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalarini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini bashoratlash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10 sentyabrdagi 121-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 2024 yil 4 iyuldagi 42/3-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va klinik-prognostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarining amaliy ahamiyati COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash imkonini beruvchi omillardan miokardining surunkali yallig‘lanishi markerlari (C-reaktiv oqsil, fibrinogen) erta aniqlash va anamnezda mavjud bo‘lgan yurak qon tomir kasalliklarning avj olishi va fatal asoratlarining bartaraf etish bemorlarlarning hayot sifatini yaxshilashga, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga, erta nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishi bilan izoxlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 yillik kuzatuv davomida tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda bemorlar o‘rtacha 780000 so‘m sarflashgan. Ushbu xarajatlar xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalari alomatlari bilan bog‘liq ravishda xususiy tibbiy muassasalarga tekshirish yoki xususiy favqulodda yordam guruhlarini chaqirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Nazorat guruhida xuddi shu ko‘rsatkich 718000 so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhdagi bemorlarni tibbiy boshqarish ancha tejamkor edi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa bemorlarda COVID-19 fonida rivojlangan xayot uchun xavfli aritmiyalarni bemorlarning klinik, laborator va anamnez ma’lumotlari asosida individual xavf darajasini baholash va bosqichli kuzatuv va davolash choralari ilmiy jihatdan asoslanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyundagi 41-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 o‘tkazgan keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalarini erta tashxislash va kechish xususiyatlarini bashoratlash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 10 sentyabrdagi 121-sonli hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining 2024 yil 4 iyuldagi 42/3-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va klinik-prognostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarining amaliy ahamiyati COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash imkonini beruvchi omillarni erta aniqlash va anamnezda mavjud bo‘lgan yurak qon tomir kasalliklarning avj olishi va fatal asoratlarining bartaraf etish bemorlarlarning hayot sifatini yaxshilashga, asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga, erta nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishi bilan izoxlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1 yillik kuzatuv davomida tibbiy muassasaga tashrif buyurgan bemorlarning o‘rtacha xarajatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, bir nafar bemor uchun qayta gospitalizatsiya holatlarining oldini olish orqali 1500000 so‘m, ortiqcha laborator tahlillar va dori-darmon xarajatlarini qisqartirish orqali yana 750000 so‘m, o‘tkir koronar xodisalarining (masalan miokard infarkti, insul`tlar) va boshqa asoratlarni oldini olish yo‘li bilan tibbiy xizmat ehtiyojining kamayishi hisobidan esa 10 million so‘mgacha tejash imkoniyatini beradi. Ushbu xarajatlar hayotga xavf soluvchi aritmiya alomatlari bo‘yicha xususiy tibbiy yordamga murojaat qilish holatlarini kamayganini ko‘rsatildi. Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi COVID-19 o‘tkazgan yurak qon tomir kasalliklari bor keksa yoshli bemorlarda xayotga xavf tug‘dtruvchi yurak aritmiyalarini rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash imkonini bergan, ijtimoiy samaradorligi assoslangan.