Ubaydullaev Raximjon Murodilovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7553 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Isaqova Muazzam To‘lqinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish jarayoni tuzilmasi kognitiv-motivatsion, operatsion-faoliyatli, emotsional-qadriyatli, valeologik-profilaktik, natijaviy-baholovchi komponentlari pedagogik ta’limning sogʻlom-ijodiy mohiyatining faol izlash tamoyiliga muvofiq talabalarning madaniy rivojlanishining ichki va tashqi determinatsiyasi sinergiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish mazmuni talabalarning umuminsoniy qadriyatlar negizida madaniy “matnlar”, o‘z-o‘zi, ta’limning boshqa subektlarini o‘zaro birgalikdagi harakati bilan faol dialogga kirishishi amalga oshadigan intersubektiv jarayonning invariantligi shaxsiy-kasbiy mohiyatining barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish modeli mazkur jarayon subekti sifatida pedagog shaxsining shakllanish mazmuni, mexanizmlari va darajalarini aniqlab beradigan ta’limiy faoliyatning maqsadli, mazmunli, texnologik tarkibiy asoslarning yaxlitligi determinatsiyasi dinamik assimetriyasi korrelyasiyasini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning texnologik strategiya va taktikasi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, dasturlashgan o‘qitish, emotsional-baholovchi, kommunikativ-etik pedagogik vaziyatlar, mazmunli-izlanishli dialog va munozara, germenevtik o‘qitish texnologiyalarini adaptiv variantlarda loyihalash va amalga oshirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish jarayoni tuzilmasi kognitiv-motivatsion, operatsion-faoliyatli, emotsional-qadriyatli, valeologik-profilaktik, natijaviy-baholovchi komponentlari pedagogik ta’limning sogʻlom-ijodiy mohiyatining faol izlash tamoyiliga muvofiq talabalarning madaniy rivojlanishining ichki va tashqi determinatsiyasi sinergiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) yo‘nalishi uchun “Yunogogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-212-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish 
mazmuni talabalarning umuminsoniy qadriyatlar negizida madaniy “matnlar”, 
o‘z-o‘zi, ta’limning boshqa subektlarini o‘zaro birgalikdagi harakati bilan faol 
dialogga kirishishi amalga oshadigan intersubektiv jarayonning invariantligi 
shaxsiy-kasbiy mohiyatining barqarorligini hisobga olish asosida, bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish modelini mazkur jarayon subekti sifatida pedagog shaxsining shakllanish mazmuni, mexanizmlari va darajalarini aniqlab beradigan ta’limiy faoliyatning maqsadli, mazmunli, texnologik tarkibiy asoslarning yaxlitligi determinatsiyasi dinamik assimetriyasi korrelyasiyasini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) yo‘nalishi uchun “Oila pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-161-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyati targʻibotiga doir koopreativ kompetensiyani rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning texnologik strategiya va taktikasi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, dasturlashgan o‘qitish, emotsional-baholovchi, kommunikativ-etik pedagogik vaziyatlar, mazmunli-izlanishli dialog va munozara, germenevtik o‘qitish texnologiyalarini adaptiv variantlarda loyihalash va amalga oshirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) yo‘nalishi uchun “Yunogogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-212-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish