Rahmonov Muzaffar Usmonjonovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini oshirish mexanizmlari” 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3731.
Ilmiy rahbar: Goncharova Olga Viktorovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Saidov Izzatillo Istamovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini “Skipping-rope” mashg‘ulotlari orqali oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun darsdan tashqari sog‘lomlashtiruvchi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatlarni (egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) kompleks rivojlantiruvchi “Skipping-rope” bilan shug‘ullanuvchilarning (yoshi, jinsi, antropometrik va morfofunksional ko‘rsatkichlari hamda jismoniy tayyorgarligini inobatga olgan holda) maxsus me’yorlarni ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyatlari oshirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi oshirish mexanizmlarini optimallashtirish uchun o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish hamda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini miqdoriy baxolash monitoringini amalga oshiruvchi maxsus kompyuter dasturini ishlab chiqib  darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarning doimiy ravishda o‘z-o‘zini nazorat qilish koʻrsatkichlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun tanlab yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasini ikkita (umumiy va maxusus) metodik blokka jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga o‘quvchilarga berilayotgan yuklamalarni me’yorlash imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi hamda salomatlik holatini baholash uchun ishlab chiqilgan “Smart child” mobil ilovasining mazmuniga yuklama me’yori, mashg‘ulot darajasi, mashqni bajarish davomiyligi, takrorlashlar soni va tiklanish jarayonini aniqlovchi innovatsion mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarni mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini monitoring qilish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun darsdan tashqari sog‘lomlashtiruvchi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatlarni (egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) kompleks rivojlantiruvchi “Skipping-rope” bilan shug‘ullanuvchilarning (yoshi, jinsi, antropometrik va morfofunksional ko‘rsatkichlari hamda jismoniy tayyorgarligini inobatga olgan holda) maxsus me’yorlarni ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyatlari oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Namangan shahar 74 – sonli hamda 76 – sonli umumta’lim maktablari darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport  vazirligining 2024-yil 19-avgust buyrug‘iga asosan 
03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi umumiy 12,3% ga jismoniy rivojlanishi esa umumiy 14,2% ga  yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi oshirish mexanizmlarini optimallashtirish uchun o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish hamda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini miqdoriy baxolash monitoringini amalga oshiruvchi maxsus kompyuter dasturini ishlab chiqib  darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarning doimiy ravishda o‘z-o‘zini nazorat qilish koʻrsatkichlari takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Namangan shahar 74 – sonli hamda 76 – sonli umumta’lim maktablariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi buyrug‘iga asosan 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga, salomatlik darajasi, morfofunksional holatini oshirishga, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari 10,7 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun tanlab yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasini ikkita (umumiy va maxusus) metodik blokka jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga o‘quvchilarga berilayotgan yuklamalarni me’yorlash imkoniyati kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Psixologiya va sport psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘iga asosan 429-303 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlardan: chaqqonlik sifati 13,4%, tezkorligi 9,7%, egiluvchanligi 8,4%, kuch sifati esa 6,6% ga oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi hamda salomatlik holatini baholash uchun ishlab chiqilgan “Smart child” mobil ilovasining mazmuniga yuklama me’yori, mashg‘ulot darajasi, mashqni bajarish davomiyligi, takrorlashlar soni va tiklanish jarayonini aniqlovchi innovatsion mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarni mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Namangan shahar 74 – sonli hamda 76 – sonli umumta’lim maktablarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi buyrug‘iga asosan 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik 17,3% ga, jismoniy rivojlanishi esa 14,2% ga  yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish