Azizov Nosirjon Nematillaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali kurashchilar musobaqaoldi tayyorgarligini boshqarishning 
ilmiy-metodologik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped411.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, biologiya fanlari doktori, professor Korobeynikov Georgiy Valerevich, pedagogika fanlari doktori, professor Xankeldiev Sher Xakimovich.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali kurashchilarning musobaqaoldi tayyorgarligini boshqarish ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligini maqsadli boshqarish uchun raqamli monitoring mexanizmlari bilan integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish hisobiga erkin, yunon-rum kurashchilarining mashg‘ulot yuklamalari (ish vaqti, davomiyligi, yurak qisqarish soni, yuklamalar intensiv ball, zonalar) optimallashtirilgan;
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun kurash, erkin, yunon-rum kurashchilarini dastlabki tayyorlash bosqichidagi mikrotsikl, mezotsikl hamda makrotsikl tayyorgarlik kompleksini yuqori darajali yuklamalarda organizmning tiklanish darajasi bo‘yicha (individual va bosqichli) tabaqalashtirish hisobiga yuklamalar hajmi va intensivligini muvofiqlashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
yuqori malakali turli vazn toifasidagi kurashchilarni tayyorlash tizimini optimallashtirish uchun sportchining yillik tayyorgarlik siklini tashkil etuvchi tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlarining yuklama mazmuni, funksional yo‘nalishi va strukturaviy xususiyatlarini o‘zaro bog‘liqlikda tizimli tarzda bir-birini to‘ldirib boruvchi mashqlarni kiritish hisobiga yuqori malakali kurashchilar tomonidan tayyorgarlikning dastlabki bosqichlarida o‘quv yuklamalar hajmi va intensivligidan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichini tizimli tashkil qilish uchun musobaqa faoliyatida individual (personal) xususiyatlarini (texnik usullarni bajarish soni, yurak qisqarish soni, tiklanish vaqti) tizimli kuzatuv va maqsadli boshqaruv asosida optimallashtirish hisobiga texnik-taktik tayyorgarlik jarayonidagi xatoliklarni aniqlash hamda texnik harakatlarini to‘g‘ri bajarish samaradorligi oshirilgan; 
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligini boshqarish uchun tezkor-kuch tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini musobaqa faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlarini bo‘yicha kurashchilarini musobaqaoldi intensivlashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot bloklari tizimini 
ishlab chiqish hisobiga erishilgan tayyorgarlik darajasini kompleks namoyish etish 
imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali kurashchilarni musobaqa faoliyatida hujum, himoya va qarshi hujum harakatlarini kompleks qayd etish uchun shkalasini amalga oshirish aniqligi, natijadorligi, harakatning murakkablik darajasi, qarshilikka nisbatan samaradorlikni inobatga olgan holda umumiy va joriy baholash tartibga solish hisobiga yuqori malakali erkin kurashchilarni musobaqalarga tayyorlashni belgilaydigan algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari jismoniy tarbiyasining tabaqalashtirilgan modulli texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida: 
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligini maqsadli boshqarish uchun moderinozatsiyalashgan (raqamli monitoring mexanizmlari bilan integratsiyalashgan) o‘quv mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish hisobiga, erkin, yunon-rum kurashchilarining mashg‘ulot yuklamalari (ish vaqti, davomiyligi, yurak qisqarish soni, yuklamalar intensiv ball, zonalar) optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi mashg‘ulotlar rejasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning kuch-qobiliyatlarining tavsifiy kursatkichlari 16,5% oshgan aniqlangan;
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun kurash, erkin, yunon-rum kurashchilarini dastlabki tayyorlash bosqichidagi mikrotsikl, mezotsikl hamda makrotsikl tayyorgarlik kompleksini yuqori darajali yuklamalarda organizmning tiklanish darajasi bo‘yicha (individual va bosqichli) tabaqalashtirish hisobiga yuklamalar hajmi va intensivligini muvofiqlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi mashg‘ulotlar rejasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning vazn-bo‘y ko‘rsatkichlarini moslashtirish hisobiga texnik harakatlarni baholash imkoniyati 12,7% ga yaxshilangan;
yuqori malakali turli vazn toifasidagi kurashchilarni tayyorlash tizimini optimallashtirish uchun sportchining yillik tayyorgarlik siklini tashkil etuvchi tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlarining yuklama mazmuni, funksional yo‘nalishi va strukturaviy xususiyatlarini o‘zaro bog‘liqlikda tizimli tarzda bir-birini to‘ldirib boruvchi mashqlarni kiritish hisobiga yuqori malakali kurashchilar tomonidan tayyorgarlikning dastlabki bosqichlarida o‘quv yuklamalar hajmi va intensivligidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi mashg‘ulotlar rejasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturdan foydalanish orqali kurashchilarning hujum harakatlari samaradorligini 12,4% foizga oshgan;
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichini tizimli tashkil qilish uchun musobaqa faoliyatida individual (personal) xususiyatlarini (texnik usullarni bajarish soni, yurak qisqarish soni, tiklanish vaqti) tizimli kuzatuv va maqsadli boshqaruv asosida optimallashtirish hisobiga texnik-taktik tayyorgarlik jarayonidagi xatoliklarni aniqlash hamda texnik harakatlarini to‘g‘ri bajarish samaradorligi oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi mashg‘ulotlar rejasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilar texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda monitoring qilish asosida boshqarish samaradorligi asoslangan.
yuqori malakali kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligini boshqarish uchun tezkor-kuch tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini musobaqa faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlarini bo‘yicha kurashchilarini musobaqaoldi intensivlashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot bloklari tizimini 
ishlab chiqish hisobiga erishilgan tayyorgarlik darajasini kompleks namoyish etish 
imkoniyatlari kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi mashg‘ulotlar rejasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8204-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturdan foydalanish orqali kurashchilarning kismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 14,6% foizga oshgan;
yuqori malakali kurashchilarni musobaqa faoliyatida hujum, himoya va qarshi hujum harakatlarini kompleks qayd etish uchun shkalasini amalga oshirish aniqligi, natijadorligi, harakatning murakkablik darajasi, qarshilikka nisbatan samaradorlikni inobatga olgan holda umumiy va joriy baholash tartibga solish hisobiga yuqori malakali erkin kurashchilarni musobaqalarga tayyorlashni belgilaydigan algoritmi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi mashg‘ulotlar rejasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgustdagi 03-16/8204-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kurashchilar texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 13,9% samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish