Ergasheva Nasiba Raxmatullaevna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ausorsing xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt771 
Ilmiy maslahatchi: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01 
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Rahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Ausorsing xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra, ausorsing xizmatlarini rivojlantirishning zamonaviy trendi sifatida “keytering” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ausorsing xizmat ko‘rsatishning innovatsion uslublarini diversifikatsiyalash orqali xarajatlarni minimallashtirish, samaradorlik va sifatni oshirishni ta’minlovchi ijobiy institusional o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan usullarni jalb qilish, joriy etish va biznesni samarali boshqarish jarayoni nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari hayotiy siklining turli bosqichlarida keytering va ausorsing xizmatlaridan foydalanish sifati bo‘yicha javobgarlikning “Keyter va ausorser, mijoz, sifat eksperti hamda integratsiyalashgan” (K&AMEI) modeli ilmiy asoslangan hamda xizmatlarini rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlarini 1,36 marta kamaytirish imkoni yaratilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keytering xizmatlaridan foydalanish sifati 25 foizga va samaradorligi esa 20 foizga oshirishda “XaSaSi” (xavf, samaradorlik va sifat) modeli asosida iqtisodiy baholash uslubiyoti takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ausorsing xizmatlaridan foydalanish samaradorligini 15 foizga kengaytirgan va sifatini oshirishning metodikasi aniqlandi va mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha kompleks baholashni hisobga olgan holda ausorsing xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirishni asoslash metodologiyasi va konseptual asoslari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekonometrik tadqiqotlar asosida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan keytering va ausorsing xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish istiqbollarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda xarajatlar summasini 20,5 foizga qisqartirgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada ausorsing xizmatlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, ausorsing xizmatlarini rivojlantirishning zamonaviy trendi sifatida “keytering” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ausorsing xizmat ko‘rsatishning innovatsion uslublarini diversifikatsiyalash orqali xarajatlarni minimallashtirish, samaradorlik va sifatni oshirishni ta’minlovchi ijobiy institusional o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan usullarni jalb qilish, joriy etish va biznesni samarali boshqarish jarayoni nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan mualliflik tarifi “Innovatsion iqtisodiyot” va “Mintaqaviy iqtisodiyot” nomli darsliklar matnini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04-martdagi 55-sonli, 2025 yil 09 iyuldagi 258-sonly buyruglari, ro‘yxatga olish raqamlari 513749- sonli va 709548- sonli guvohnomalari). Tadqiqot ishi natijalari “Innovatsion iqtisodiyot” va “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanlari mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari hayotiy siklining turli bosqichlarida ilmiy-iqtisodiy darajada (tashqi muhit) tarqatish shartlari shakllantirildi; asoslangan keytering va ausorsing xizmatlaridan foydalanish sifati bo‘yicha javobgarlikning “Keyter va ausorser, mijoz, sifat eksperti hamda integratsiyalashgan” (KA&MEI) modeli bo‘yicha taklifdan Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 06-02/3-3362-son ma’lumotnomasi).Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida ausorsing xizmatlarini rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlarini 1,36 marta kamaytirish imkoni yaratildi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keytering xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirishda “XaSaSi” (xavf, samaradorlik va sifat) modeli asosida iqtisodiy baholash uslubiyotini takomillashtirish taklifidan Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 06-02/3-3362-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida mintaqadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keytering va ausorsing xizmatlaridan foydalanish sifati 25 foizga va samaradorligi esa 20 foizga oshirildi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ausorsing xizmatlaridan foydalanish samaradorligi va sifatini oshirishning metodikasi aniqlandi va mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha kompleks baholashni hisobga olgan holda ausorsing xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirishni asoslash metodologiyasi va konseptual asoslari taklifidan Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 06-02/3-3362-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ausorsing xizmatlaridan foydalanish qamrovini 15 foizga kengaytirish imkoni yaratildi;
Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekonometrik tadqiqotlar asosida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan keytering va ausorsing xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 06-02/3-3362-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan “2022–2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan va prognoz ko‘rsatkichlarining amaliyotda qo‘llanilishi natijasida xarajatlar summasini 20,5 foizga qisqartirish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari mablag‘larining tejalishiga erishilishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoni yaratildi.
Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan ushbu taklif va fikrlar mintaqadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining barqaror rivojlanishi hamda 3-6 yoshdagi bolalarni qamrab olish darajasini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish