Xakimov Bahodir Bozorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dizel` va bioetanol yonilg‘ilaridan sifatli aralashma hosil qilish qurilmasi parametrlarini asoslash», 05.07.02–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T818.

Ilmiy rahbar: Salimov Oqil Umurzakovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor; Alimova Zebo Xamidullaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bioetanol yonilg‘ilardan foydalanish samarasini oshirish uchun dvigatelga dizel` va bioetanol miqdorlashgan aralashmasini qizdirib uzatuvchi energiya-resurstejamkor qurilma ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dizel` va bioetanol yonilg‘isi xususiyatlarini inobatga olib, ularning miqdorlashgan aralashmasini qizdirib uzatish yo‘li bilan sifatli aralashma hosil qilish qurilmasining konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;

dizel` va bioetanol yonilg‘i aralashmasini hosil qilish qurilmasida fazalar orasida bir-biriga o‘tayotgan moddalar miqdori jarayonning chegara va boshlang‘ich shartlari orqali aniqlangan;

suyuq yonilg‘i gidrodinamik harakatini turbulentligi hamda aralashmaning hajm massasini qurilmada moddalarni uzatilish absorbsiya tezlik darajasini hisobga olgan holda aniqlangan;

qizdirgich va aralashma yonilg‘i uzatish quvurlarining parametrlari dizel` va bioetanol yonilg‘ilaridan sifatli aralashma hosil qilish qurilmasini asosiy o‘lchamlari asosida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dizel` va bioetanol yonilg‘ilaridan sifatli aralashma hosil qilish qurilmasining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

yonilg‘ilardan sifatli aralashma hosil qilish qurilmasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarda, jumladan Sayxunobod, Qamashi tuman fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 02/023-130-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel` va bioetanol miqdorlashgan aralashmasidan dizel` dvigatellarida qo‘llanilganda dvigatelning quvvati 8–10 foizga oshgan;

dizel` va bioetanol miqdorlashgan aralashmasini qizdirib uzatish qurilmasi «O‘zagroservis» AJ tasarrufidagi korxonalarda jumladan Yuqori Chirchiq tuman «Agroservis MTP» MChJ va Sayxunobod tuman «Agroservis MTP» MChJga joriy etilgan («O‘zagroservis» AJning 2019 yil 17 yanvardagi 09-02/108-61-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik agregatlarida bir smena davomida 46,1 litr yonilg‘ini tejash imkoni yaratilgan;

yonilg‘i aralashtirish qurilmasidan olingan dizel` va bioetanolning maqbul konsentratsiyadagi aralashmasi «O‘zneftmahsulot» AJda joriy etilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2018 yil 28 iyundagi 20/11-481-son ma’lumotnomasi). Natijada dizel` va bioetanol miqdorlashgan aralashmasi ho‘jaliklarda dizel` dvigatellari uchun yonilg‘i sifatida foydalanilganda dizel` yonilg‘isini 12 foizga tejash hamda ishlatilgan zararli gazlarning atmosferaga chiqishini kamaytirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish