Mizamova Hulkar Muhiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg‘ulotlarini kreativ yondashuv asosida tashkil etish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped2055
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna -  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Djamilova Nargiza Nuriddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Baxriev Axmad Raxmatovich,  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
 Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kreativ yondashuv asosida musiqa mashg‘ulotlari metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 musiqa mashg‘ulotlarini kreativ yondashuv asosida tashkil etishning  pedagogik imkoniyatlari ta’limiy loyihalashning ijodiy muhit ko‘rsatkichlarini belgilovchi bolalar musiqiy faoliyat turlarini (musiqani tinglash va idrok etish, qo‘shiq kuylash,  musiqiy ritmik harakatlar, bolalar cholg‘ularida ijro etish, musiqa savodi) yagona musiqiy asar ostida integratsiyalash orqali  kengaytirilgan;  
bolalarni dastlabki musiqiy savodga o‘rgatishning metodik ta’minoti  multi-sensorli tajriba usullaridan iborat “Ritmli so‘zlar”, “Beshqarsak”, “Forte-Piano” “Notalar harakati” nomli ijodiy-izlanishli kreativ o‘yin texnologiyalari vositasida  musiqiy ohangni kuylash va musiqiy ritmni tana harakatlari bilan bir vaqtning o‘zida ifodalash orqali takomillashtirilgan.
  bolalar orkestr-ansambl faoliyatini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichiga mos  sodda bolalar cholg‘ulari (yong‘oqzarb, zang shiqildoqlari) ni oila hamkorligida yasash va mashg‘ulotlarda samarali qo‘llash natijasida bolalarni ilk sozandalik texnikasiga o‘rgatish  orqali   kengaytirilgan; 
  bolalarni erkin musiqiy qobiliyatlarini namoyon etishga ko‘maklashuvchi  ochiq mashg‘ulotlar, bayram, festivallarni tashkil etishda bolalarning psixofiziologik xususiyatlariga ko‘ra,  musiqiy asarlarning bir daqiqadan ikki yarim daqiqagacha va bayram dasturlarining 25 daqiqadan 45 daqiqagacha vaqt davomiyligi chegarasi nazariy uslubiy jihatdan asoslangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg‘ulotlarini kreativ yondashuv asosida tashkil etish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
musiqa mashg‘ulotlarini kreativ yondashuv asosida tashkil etishning  pedagogik imkoniyatlari ta’limiy loyihalashning ijodiy muhit ko‘rsatkichlarini belgilovchi bolalar musiqiy faoliyat turlarini (musiqani tinglash va idrok etish, qo‘shiq kuylash,  musiqiy ritmik harakatlar, bolalar cholg‘ularida ijro etish, musiqa savodi) yagona musiqiy asar ostida integratsiyalash orqali  kengaytirilgan tavsiyalardan “Musiqa rahbari ish faoliyati samaradorligini oshirish” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmunini boyitishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 28-noyabrdagi 03-734-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarining kreativ yondashuv asosida variativ dasturdan foydalanishi, ish hujjatlarini samarali yuritishi, musiqa mashg‘ulotlarining metodik ta’minotini kengaytirishga erishilgan;
bolalarni dastlabki musiqiy savodga o‘rgatishning metodik ta’minoti  multi-sensorli tajriba usullaridan iborat “Ritmli so‘zlar”, “Beshqarsak”, “Forte-Piano” “Notalar harakati” nomli ijodiy-izlanishli kreativ o‘yin texnologiyalari vositasida  musiqiy ohangni kuylash va musiqiy ritmni tana harakatlari bilan bir vaqtning o‘zida ifodalash orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Bolalar musiqiy faoliyat turlariga kreativ yondashuv”  nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 27-iyuldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada,  kreativ musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish metodik ta’minoti muayyan darajada takomillashtirilishiga erishilgan.
bolalar orkestr-ansambl faoliyatini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichiga mos  sodda bolalar cholg‘ulari (yong‘oqzarb, zang shiqildoqlari) ni oila xamkorligida yasash va mashg‘ulotlarda samarali qo‘llash natijasida bolalarni ilk sozandalik texnikasiga o‘rgatish  orqali   kengaytirilgan taklif va tavsiyalar asosida 2022-2023-yillarda maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 28-noyabrdagi 03-734-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbarlarining kreativ kompetentligini rivojlantiruvchi, musiqa mashg‘ulotlari o‘tkazishda zamonaviy bilim, ko‘nikma va metodikalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
bolalar orkestr-ansambl faoliyatini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichiga mos  sodda bolalar cholg‘ulari (yong‘oqzarb, zang shiqildoqlari) ni oila xamkorligida yasash va mashg‘ulotlarda samarali qo‘llash natijasida bolalarni ilk sozandalik texnikasiga o‘rgatish  orqali   kengaytirilgan; 
  bolalarni erkin musiqiy qobiliyatlarini namoyon etishga ko‘maklashuvchi  ochiq mashg‘ulotlar, bayram, festivallarni tashkil etishda bolalarning psixofiziologik xususiyatlariga ko‘ra,  musiqiy asarlar bir daqiqadan ikki yarim daqiqagacha va bayram dasturlarining 25 daqiqadan 45 daqiqagacha vaqt davomiyligi chegarasi nazariy uslubiy jihatdan asoslab berilishidagi ilmiy metodik tavsiyalari “Bolalar musiqiy faoliyat turlariga kreativ yondashuv” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan  (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 27-iyuldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etishda musiqa rahbarining kreativ fikrlash, kreativ harakat, kreativ faoliyat jarayoni, kreativ musiqa mashg‘ulotini tashkil etish ko‘nikmasini baholash imkoniyati samarali darajada oshgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish