Mamayusupova Muattar Qosimjonovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9724
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor, Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida boshqaruv jarayonlari samaradorligini ta’minlash bosqichlarini strategik rejalashtirish vositasida takomillashtirish orqali ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va baholash indikatorlari aniqlashtirildi;
strategik yondashuv va strategik boshqaruv texnologiyalariga ustuvorlik berish hamda strategik rejalarni muvofiqlashtirish asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash jarayonlari integratsiyasini amalga oshiruvchi (funksional, diversifikatsiyaviy, mujassamlashtirilgan va maxsus) strategiyalar takomillashtirildi;
hamkorlikda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan jamoaviy ijodiy faoliyat texnologiyasi (JIFT), axborotlarni qayta ishlashga asoslangan boshqaruv (MBIP) texnologiyasi hamda o‘quv jarayonini boshqarish tizimi (Learning Management System – LMS) kabi zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash vositasida boshqaruv jarayoniga tatbiq etish orqali ularning identivligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirildi;
ijtimoiy talab, zamonaviy boshqaruv extiyojlari va boshqaruv faoliyati samaradorligini aniqlash indikatorlariga muvofiq tizimli va barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi yondashuv va mexanizmlarni integratsiyalash asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash jarayonlari modeli va uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmi modernizatsiya qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar:
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida boshqaruv jarayonlari samaradorligini ta’minlash bosqichlarini strategik rejalashtirish vositasida takomillashtirish orqali ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va baholash indikatorlari aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetida 2015-2017-yillar davomida bajarilgan PZ-2014-0915173958 Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarini bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z ifodasini topgan. Natijada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirishga doir seminar-trening mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim va loyiha dasturlari majmuini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
strategik yondashuv va strategik boshqaruv texnologiyalariga ustuvorlik berish hamda strategik rejalarni muvofiqlashtirish asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash jarayonlari integratsiyasini amalga oshiruvchi (funksional, diversifikatsiyaviy, mujassamlashtirilgan va maxsus) strategiyalar takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Natijada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari boshqaruv faoliyati samaradorligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyalari, boshqaruv uslubi, innovatsion faoliyatning barqarorligi hamda pedagogik jamoaning integratsiyalashgan faoliyati kabi asosiy omillarni tizimli tahlil qilish orqali ta’lim boshqaruvining samaradorligini baholashda o‘quv mashg‘ulotlari mazmuniga singdirish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.
hamkorlikda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan jamoaviy ijodiy faoliyat texnologiyasi (JIFT), axborotlarni qayta ishlashga asoslangan boshqaruv (MBIP) texnologiyasi hamda o‘quv jarayonini boshqarish tizimi (Learning Management System – LMS) kabi zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash vositasida boshqaruv jarayoniga tatbiq etish orqali ularning identivligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirishga oid taklif va metodik tavsiyalari “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida samarali boshqaruv va innovatsiyalar” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 01-02/2-2-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati boshqaruvi samaradorligi oshishiga erishilgan;
ijtimoiy talab, zamonaviy boshqaruv ehtiyojlari va boshqaruv faoliyati samaradorligini aniqlash indikatorlariga muvofiq tizimli va barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi yondashuv va mexanizmlarni integratsiyalash asosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash jarayonlari modeli va uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmi modernizatsiyaga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston -24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston ” teleradiokanalida 2023-2024- yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 18-fevraldagi 05-09-196-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlar umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatida boshqaruvning yangi, zamonaviy texnoligiyalarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ilmiy kengash raisi: T.Fayzullaev
Ilmiy kotib: B.M.Abduraxmonov
Ilmiy rahbar: T.S.Turg‘unov
Talabgor: M.Q.Mamayusupova