Sheripbaev Ne’matulla Satimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq sharoitida interkalyar usulida olma ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1397
Ilmiy rahbar: Qosimov Axmadjon Abduqodirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xalmirzaeva Lola Baxromovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘rta sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitlariga mos intensiv bog‘larga mo‘ljallangan olma ko‘chatlarini interkalyar usulda etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyati sharoitida olmaning urug‘idan ko‘payuvchi «Xazorasp» payvandtagi morfo-biologik xususiyatlarini rivojlanish darajasi (payvandtaglarni tutuvchanligi, o‘sish kuchi, ildiz tizimi) yuqori ekanligi bilan o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarga eng chidamli ekanligi aniqlangan;
interkalyar usulda ko‘chat etishtirishda payvandlash muddati 10-sentyabrda, «Xazorasp» payvandtagiga ulangan oraliq qo‘yilma «M-Ⅸ» pakana payvandtagiga 10 sm balandlikda payvand qilib etishtirilganda kurtaklarning 65-67% gacha tutib ketishi isbotlangan;
«Xazorasp» payvandtagiga payvandlangan oraliq qo‘yilma «M-IX» pakana payvandtagiga 10 sm balandlikda «Golden delishes», «Pink Ledi» navlarini payvand qilib etishtirilganda tayyor ko‘chatlarning chiqishi 55,4% (gektariga 39581 dona) gacha bo‘lishi aniqlangan;
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda intensiv bog‘lar uchun olma navlaridan interkalyar usulda ko‘chatlar etishritilganda 1-nav ko‘chatlarning balandligi 179,0 sm, diametri 22,1 mm va novdalar soni 4 dona bo‘lib, standart talablariga to‘liq muvofiq kelishi aniqlangan;
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda «Xazorasp» payvandtagi va oraliq qo‘yilma «M-Ⅸ» pakana payvandtagiga payvandustlarni optimal muddat 10-sentyabrda 20 sm balandlikda payvand qilib etishtirilgan «Pink Ledi» navining iqtisodiy samaradorligi 197% gacha, «Golden delishes» navida esa 174% yuqori rentabellikka erishish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda interkalyar usulda olma ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari, soha mutaxassislar va shaxsiy tomorqa er egalari uchun «Sho‘rlangan hududlarga mos interkalyar ko‘chat etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-03-185-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, soha mutaxassislar va shaxsiy tomorqa maydonlarida olma payvandtaglarini urug‘idan ko‘paytirish, interkalyar usulda ko‘chat etishtirish agrotexnologiyalarini qo‘llashda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
interkalyar usulda olma ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Xorazm viloyati Xiva tumani «Davron» fermer xo‘jaligida olmaning Pink Ledi navi interkalyar ko‘chatlaridan 0,5 ga maydonda, Xorazm viloyati Xazorasp tumani «Samandar Go‘ja» fermer xo‘jaligida olmaning Golden delishes navi ko‘chatlaridan 0,7 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-03-185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy usulda ko‘chat etishtirishga nisbatan o‘rta sho‘rlangan tuproqlarda interkalyar usulda ko‘chat etishtirish orqali gektaridan 34-36 ming dona (18-25% ga yuqori) sifatli va standart ko‘chatlar olingan;
Xorazm viloyati Urganch tumani «Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi»da olmaning Pink Ledi navining interkalyar usulda etishtirilgan ko‘chatlari 0,75 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-03-185-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy usulda ko‘chat etishtirishga nisbatan o‘rta sho‘rlangan tuproqlarda interkalyar usulda ko‘chat etishtirish orqali 26,5 ming dona (18% ga yuqori) sifatli va standart ko‘chatlar olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish