Sherimov Dilshodbek Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonning janubiy xududlarida sarimsoq piyoz etishtirishning texnologik elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1620.
Ilmiy rahbar: Yunusov Salohiddin Adxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzasoliev Mirzaosim Mirzasoypovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning janubiy xududlarida sarimsoq piyozni istiqbolli navlarini tanlash, o‘sishni boshqaruvchi moddalarni qo‘llash, maqbul ekish muddatlari va ekish sxemalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sarimsoq piyozni Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududida etishtirishda ertapishar (3-4 kun), serhosil (26,7-29,2 t/ga) va yuqori iqtisodiy samarador (167,7 mln. – 192,4 mln. so‘m sof foyda) maxalliy K22-3, K22-4, Chidamli va K22-2 nav namunalari istiqbolli deb topilgan;
sarimsoq piyozni Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududida sentyabr oyining I-dekadasida ekish maqsadga muvofiqligi va yuqori sifatli hosil (24,1 t/ga) olinganligi isbotlangan;
sarimsoq piyozni Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududida etishtirishda uch qator lentasimon usulda 40+15+15/3x10 sm qilib ekish eng yuqori tovarbop (24,4 t/ga) hosil berganligi hamda maqbul ekish sxemasi ekanligi aniqlangan;
sarimsoq piyozni Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududida etishtirishda Biogutten moddasini 80 mg/l eritmasiga urug‘lik sarimsoqni botirib ekish va o‘suv davrida bargidan 2 marta oziqlantirish hosildorlikni (29,2 t/ga) va tovarbop hosil ulushini (96,7 %) oshirganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sarimsoq piyozni Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududida etishtirishning texnologik elementlarini ishlab chiqish asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida sarimsoq piyozning jami 8 ta nav va klonlarining istiqbolli namunalarini tanlash, shuningdek, maqbul ekish muddatlari va ekish usullari Amudaryo tumani “Babanazarov Farhod” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Polvonboy ovuli” fermer xo‘jaligida 1 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23 maydagi №02/017-1681-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mayskiy VIR, Yujno–Fioletoviy, Chidamli navlari va K22-1, K22-2, K22-3, K22-4, K22-5 klonlaridan gektariga 30,7 – 42,4 mln. so‘m daromad olishga erishilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “OKS Jayxun - Paxtakor” fermer xo‘jaligining 1,5 ga, “Kamalov - Shamsiddin” fermer xo‘jaligining 1 ga ochiq maydonida sarimsoqni Mayskiy VIR navini 4 ta ekish muddati bo‘yicha ekish ishlanmasi joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23 maydagi №02/017-1681-son ma’lumotnomasi). Natijada, sentyabr oyining I dekadasi ekilganda gektaridan o‘rtacha 44,1-48,4 mln. so‘m daromad olishga erishilgan.