Kurbanov Feruz Enatillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Karpsmon baliqlarda saprolegnioz va protozoozlarining kechishi, tarqalishi hamda davolash va  qarshi kurashish chora-tadbirlari”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/V36
Ilmiy maslahatchilar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Stekolnikov Anatoliy Aleksandrovich, veterinariya fanlari doktori,  professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Xait Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Korovushkin Aleksey Aleksandrovich, biologiya fanlari doktori,  professor; Abdurasulov Shavkat Abdurasul o‘g‘li, veterinariya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: SamDTU huzuridagi I.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning sun’iy va tabiiy suv havzalarida urchitilayotgan karpsimon (Cyprinidae) baliqlarida saprolegnioz va protozoozlarning kechishi hamda tarqalishini o‘rganish, davolash va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning karpsimon baliqlarida saprolegniozni Saprolegnia ferax, Saprolegnia mixta hamda protozoozlarning Chilodonella cyprini, Trichodina pediculus qo‘zg‘atuvchi turlarining uchrashi aniqlangan;
Respublikamiz sharoitidagi suniy suv xavzalarida Saprolegnia ferax, Saprolegnia mixta turlari hamda Chilodonella cyprini, Trichodina pediculuslarning aralash kechishi, yil fasllari va hududlarning bioekologik xususiyatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
baliqlar saprolegnioz va protozoozlarini qondagi gemoglabin miqdori, leykositlar va eritrositlar sonini aniqlashga asoslangan barvaqt diagnostika qilish usuli ishlab chiqilgan;
karpsimon baliqlar saprolegniozi va protozoozlarining aralash kechishida, fungisit, antigistamin, antibiotik, antgelmintik, antiprotozoy preparatlari hamda kimyoviy vositalarni birgalikda qo‘llashga asoslangan qarshi kurashish majmuyi ishlab chiqilgan;
karpsimon baliqlar saprolegniozining sporalariga qarshi 1 gektar suv havzasiga birinchi kun osh tuzi va mis kuporosining 1:1000 nisbatdagi eritmasi, ikkinchi kun 65 foizli gipoxlorid kalsiy (4 kg), uchinchi kun so‘ndirilgan ohak (80 kg), qo‘zg‘atuvchisiga qarshi Antibak-500 (0,05 gr/kg), flukonazol (0,05 gr/kg), furatsillinni (0,05 gr/kg) kompleks qo‘llashga asoslangan davolash va oldini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karpsmon baliqlarda saprolegnioz va protozoozlarining kechishi, tarqalishi hamda qarshi kurashish chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
«Sun’iy suv havzalarida urchitilayotgan baliqlarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklarining oldini olish va davolashning samarali usullari» bo‘yicha va “Diagnostics of fish diseases in laboratory conditions” bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, baliqchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28 apreldagi №02/23-287-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida baliqlarning saprolegnioz va protozoozlarini barvaqt diagnostika qilish, davolash va oldini olish usullarini qo‘llash orqali baliqlar saprolegnioz va protozoozlarini keskin kamaytirishga erishilgan;
baliqlar saprolegniozi va protozoozlarini aniqlashda suv muhiti, tarkibidagi kislorod miqdorlari hamda gematologik o‘zgarishlarni aniqlash, baliq tanasidan olingan patmaterialdan mikroskopik usulda kasallik qo‘zg‘atuvchilarining sistasi va gifalarini topishga asoslangan usul amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 28 apreldagi №02/23-287-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqlarda saprolegnioz va protozoozlarni barvaqt diagnostika qilishga erishilgan;
baliqlar saprolegniozi va protozoozlariga qarshi kurashish va oldini olishda yangi antgelmintik preparatlardan 2% li Ivermektindan 0,2-0,4 g/kg, Praziver suspenziyasi 0,10 - 0,20 ml/kg hamda Antibak-500 0,05 g/kg, Flukonazol 0,05 g/kg miqdorida ozuqasiga qo‘shib, bir yilda ikki marotaba (bahor va kuzda) qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va baliqchilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 28 apreldagi №02/23-287-son ma’lumotnomasi). Baliqchilik xo‘jaliklarida urchitilayotgan karpsmon baliqlar orasida saproligniya avlodiga mansub Saproligniya mixta, Saproligniya ferax, protozoozlardan Chilodonella cyprini va Trichodina pediculus turlarini yo‘qotilishiga erishilgan; 
suv havzasiga 80 kg ohakni so‘ndirib ishlov berish hamda oziqaga aralashtirilgan holda baliqning 1 kg tana vazni hisobiga 0,3 g Furazolidon, 0,01 g mis kuporosi, 0,5 g oksineomisin aralashmasidan kun ora bir martadan jami 3 marta berishga (suvning gidrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilash bilan birgalikda) asoslangan kompleks davolash chora tadbiri ishlab chiqilib Do'rmonsoy baliqlari, Sutxo'r, Otabek dustov, Jaxongir zog‘ora baliqlari, Soxibjon zog‘ora baliqlari, Rustamov Ibroxim Xasanovich baliqchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 28 apreldagi №02/23-287-son ma’lumotnomasi). Bunda baliqlarning saprolegniozi va protozoozlariga qarshi kurashish va oldini olishda 72-100% samaradorlikka erishilib, sarflangan bir so‘m xarajat evaziga 12,0 so‘m foyda olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish