Aminov Shermuhammad Qambaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda bodringning F1 duragaylarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx844
Ilmiy rahbar: Xakimov Rafiqjon Abdunabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Asadov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Borasulov Akmal Miryaimovich, qishloq xo’jaligi fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tuproq-iqlimi sharoitida bodring (Cucumus sativus L.)ning isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda etishtirishga mos yuqori hosilli duragaylarini tanlash va etishtirish texnologiyasining muhim elementlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor isitilmaydigan plyonkali issiqxona sharoitida bodringni 20 ta F1 duragaylarining morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari kompleks baholanib, ertapisharligi bo‘yicha Xon F1 (55 kun); hosildorligi bo‘yicha Fontina F1, Dayara F1 va Sardor F1 duragaylari 16,2-16,7 kg/m2 yoki nazoratga nisbatan 111,0-114,8% yuqori hosil berishi aniqlangan;
isitilmaydigan issiqxona sharoitida bodringni etishtirishda urug‘larni fevral oyining birinchi o‘n kunligida va ko‘chatlarni mart oyining birinchi o‘n kunligida ekilganda eng yuqori hosil Sardor F1 duragayida 16,1 kg/m2 (yoki nazorat 20-martga nisbatan 115,5%) va Orzu F1 duragayida 15,6 kg/m2 (yoki nazorat 20-martga nisbatan 115,1%) olinishi isbotlangan;
Sardor F1 va Orzu F1 duragaylarini 80x40 sm sxemada ekilganda, hosildorlik nazorat (80×50 sm) variantga nisbatan mos ravishda 117,8-115,2% (16,4-16,1 kg/m2) yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor bodringning Orzu F1 va Sardor F1 duragaylarini mulchalashni hosildorlikka ta’sirini o‘rganishda nazorat oddiy usulda etishtirishga (14,5-14,9 kg/m2) nisbatan qora plyonka bilan mulchalab etishtirishda eng yuqori hosil (17,0-17,3 kg/m2 yoki 117,5-116,1%) olinishi isbotlangan;
rentabellik darajasi istiqbolli F1 duragaylarni o‘rganishda nazorat Orzu F1 duragayida 95,1%, Dayara F1, Sardor F1 va Fontinada F1 duragaylarida 116,4-123,1%; bodringni Sardor F1 va Orzu F1 duragaylarini etishtirishda maqbul ekish muddati 10 martda 115,4-109,7%; 80x40 sm optimal ekish sxemasida 120,0-115,8% mos ravishda eng yuqori bo‘lganligi va qora plyonka ishlatilganda 123,5-119,8% bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda etishtirishga mos yuqori hosilli bodring duragaylarini tanlash va etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
2019-2021 yillarda Andijon viloyatining Andijon tumani, Farg‘ona viloyatining Quva tumani va Namangan viloyatining Norin tumanlaridagi sabzavot ekinlarini issiqxonada etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaligi maydonlarida jami 9,1 gektar maydondagi isitilmaydigan issiqxonalarda uetishtirishga mos bodrinning mahalliy va xorijiy duragaylari, maqbul ekish muddati va sxemalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi natijalari ishlab chiqarish sharoitiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bodringdan yuqori samaradorlikka erishilgan.
isitilmaydigan issiqxonada etishtirishga mos mahalliy va xorijiy bodring duragaylarini tanlash bo‘yicha tadqiqot natijalariga ko‘ra, Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Mirza urug‘chi elita” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Sadridin ota” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Namangan viloyati, Norin tumanidagi “Ne’matjon qizi Gavxaroy”, “Shavkat Shaxboz”, “Faxriddin Iqbol” fermer xo‘jaliklarida 1,0 gektar jami 2,5 gektar maydonlarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Sardor F1 duragayida hosildorlik 15,5 kg/m2, jami daromad gektariga 304-365 mln. so‘mni tashkil etgan. Bodringning xorijiy Orzu F1 duragayida 14,8 kg/m2 292-370 mln. so‘m/gacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
bodringni eng maqbul 10 mart ekish muddati Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Ekoklin And” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Nodirbek” fermer xo‘jaligida 0,9 gektar, Namangan viloyati, Norin tumanidagi “Ne’matjon qizi Gavxaroy”, “Shavkat Shaxboz”, “Faxriddin Iqbol” fermer xo‘jaliklarida 1,0 gektar jami 2,9 gektar maydonlarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Sardor F1 duragayida hosildorlik 15,5 kg/m2, jami daromad gektariga 304-365 mln. so‘mni tashkil etgan;
bodringni etishtirishda aniqlangan maqbul 80×40 sm ekish sxemasi Andijon viloyati, Andijon tumanidagi “Andijon sara gibrid urug‘lari” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Ikromjon Akramov” fermer xo‘jaligida 1,2 gektar, Namangan viloyati, Norin tumanidagi “Ne’matjon qizi Gavxaroy”, “Shavkat Shaxboz”, “Faxriddin Iqbol” fermer xo‘jaliklarida 1,0 gektar jami 3,7 gektar maydonlarda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 apreldagi № 07/33-04/2238-sonli ma’lumotnomasi). Bunda Sardor F1 duragayida hosildorlik 15,4 kg/m2, jami daromad gektariga 310-754 mln. so‘mni tashkil etgan;
issiqxona xo‘jaliklari uchun “O‘zbekistonda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda bodringning F1 duragaylarini etishtirish texnologiyasi” mavzusida tavsiyanoma ishlab chiqilgan va chop etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13-apreldagi №07/33-04/2238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada respublikadagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi subektlar mazkur tavsiyanomadan isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda bodring etishtirishda foydalanmoqda.