Chorieva Feruza Eshnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda psixo-emotsional buzilishlarni baholash va davo muolajalarini optimallashtirish», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2119.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nodirjon Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional holat o‘zgarishlarini kompleks baholash, neyroimmunologik mexanizmlarni tahlil qilish, shuningdek, zamonaviy klinik-neyrofiziologik va laborator ko‘rsatkichlar asosida samarali diagnostik yondashuvlarni aniqlash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik, psixometrik va laborator tahlillar asosida trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional holatning og‘riq sindromi bilan markaziy notsiseptiv tizimdagi o‘zgarishlar va uzoq muddatli og‘riq epizodlari keltirib chiqaradigan ruhiy dezadaptatsiya orqali korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlar guruhida yallig‘lanish bilan bog‘liq biokimyoviy biomarkerlar darajalarining og‘riq intensivligi va psixoemotsional buzilish darajalari bilan neyrovaskulyar disfunksiya va yallig‘lanish mediatorlari orqali asab to‘qimasi haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanligi bilan bog‘liq korrelyasiyasi aniqlangan;
trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarning klinik va psixoemotsional buzilish holatlarini baholashda biomarker ko‘rsatkichlar asosida og‘riq sindromi, ruhiy holat va qon biokimyoviy o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘lanishi inobatga olingan individual diagnostik mezon ishlab chiqilgan;
trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda past intensivlikdagi lazeroterapiya qo‘llanilib, uning an’anaviy medikamentoz usullarga qo‘shimcha ravishda og‘riq intensivligini sezilarli kamaytirishi, psixoemotsional ko‘rsatkichlarga (HADS, STAI) ijobiy ta’siri va remissiya muddatini uzaytirishi klinik-statistik jihatdan asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trigeminal nevralgiya bilan kasallangan bemorlarda psixo-emotsional buzilishlarni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik, psixometrik va laborator tahlillar asosida trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional holatning og‘riq sindromi bilan markaziy notsiseptiv tizimdagi o‘zgarishlar va uzoq muddatli og‘riq epizodlari keltirib chiqaradigan ruhiy dezadaptatsiya orqali korrelyasion bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi statsionar qismida (23.07.2024 yil, 26-sonli buyruq), shu jumladan TDSI klinikasi Yuz – jag‘ jarrohligi bo‘limida (24.07.2024 yil, 42-sonli buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/02-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trigeminal nevralgiyali bemorlarda to‘g‘ri tashxis qo‘yish, terapiyani optimallashtirish, shuningdek, kuzatiluvchi psixo-emotsional buzilishlarning oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash borasida ijobiy natijalarga erishiladi Yangi diagnostika mezonlarini joriy etish orqali neyrostomatologiyaning rivojlanishiga erishiladi, bu esa davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, trigeminal nevralgiyalarni erta tashxislash va davolash uchun taklif etilgan usullaridan foydalanish takroriy ko‘riklar, kasalxonaga yotqizish, davolash xarajatlarini asoratlar chastotasini kamaytirish hisobiga kamaytirishga yordam berishi aniqlandi. Trigeminal nevralgiyalarni tashxislash usullarini amaliyotda qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 2360 so‘m, jami 114 bemor hisobida 269000 so‘mga etishi mumkinligini ko‘rsatdi. Xulosa: trigeminal nevralgiyalarda psixo-emotsional buzulishlarni diagnostika mezonlarini joriy etish va davolashni takomillashtirish jami 114 bemor hisobida 269000 so‘m tejashga imkon berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlar guruhida yallig‘lanish bilan bog‘liq biokimyoviy biomarkerlar darajalarining og‘riq intensivligi va psixoemotsional buzilish darajalari bilan neyrovaskulyar disfunksiya va yallig‘lanish mediatorlari orqali asab to‘qimasi haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanligi bilan bog‘liq korrelyasiyasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi statsionar qismida (23.07.2024 yil, 26-sonli buyruq), shu jumladan TDSI klinikasi Yuz – jag‘ jarrohligi bo‘limida (24.07.2024 yil, 42-sonli buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/02-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: trigeminal nevralgiyaga uchragan bemorlarda psixo-emotsional buzilishning yuqori chastotasi og‘riq intensivligi va nerv to‘qimasining shikastlanishi bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini pasayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari ambulator davolash xarajatlarini optimallashtirishga imkon berdi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 2360 so‘m, jami 114 bemor hisobida 269000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishild. Xulosa: trigemignal nevralgiya rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi komorbid omillarni aniqlash, qon-tomir devori qalinligini o‘rganish orqali va miya bioritmlariga ta’sirini tahlil qilib, davo choralarini qo‘llash har bir bemor uchun o‘rtacha 2360 so‘m tejash imkonini tug‘dirdi;
uchinchi ilmiy yangilik: trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarning klinik va psixoemotsional buzilish holatlarini baholashda biomarker ko‘rsatkichlar asosida og‘riq sindromi, ruhiy holat va qon biokimyoviy o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘lanishi inobatga olingan individual diagnostik mezon ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi statsionar qismida (23.07.2024 yil, 26-sonli buyruq), shu jumladan TDSI klinikasi Yuz – jag‘ jarrohligi bo‘limida (24.07.2024 yil, 42-sonli buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/02-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon tomir devorining holati va og‘riq intensivligi va kasallikning kechishi miya bioritmlariga ta’sir ko‘rsatishi, bemorlar shifokor ko‘riklariga qatnash va ambulator va statsionar davolanish kurslarini kamaytirish uchun taklif etilgan davolash usullari samarali ekanligi asoslandi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari ambulator davolash xarajatlarini optimallashtirishga imkon berdi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 2360 so‘m, jami 114 bemor hisobida 269000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. Xulosa: trigeminal nevralgiya patogenezida ahamiyatli bo‘lgan sitokinlar qatori o‘zgarishlarini tahlil qilgan holda davo choralarini qo‘llash natijasida 114 bemor hisobida 269000 so‘m tejab qolindi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: trigeminal nevralgiya bilan og‘rigan bemorlarda past intensivlikdagi lazeroterapiya qo‘llanilib, uning an’anaviy medikamentoz usullarga qo‘shimcha ravishda og‘riq intensivligini sezilarli kamaytirishi, psixoemotsional ko‘rsatkichlarga (HADS, STAI) ijobiy ta’siri va remissiya muddatini uzaytirishi klinik-statistik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi statsionar qismida (23.07.2024 yil, 26-sonli buyruq), shu jumladan TDSI klinikasi Yuz – jag‘ jarrohligi bo‘limida (24.07.2024 yil, 42-sonli buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/02-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Trigeminal nevralgiya rivojlanish patogenezida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning o‘rni, ularning bashoratlovchi mezonligi trigeminal nevralgiyalarni erta tashxislash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari trigeminal nevralgiyaga erta tashxis qo‘yish imkonini berdi. Har bir bemor uchun o‘rtacha 2360 so‘m, jami 114 bemor hisobida 269000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. Xulosa: periferik tipdagi trigeminal nevralgiyalarni davolashda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari hamda lazeroterapiyani qo‘llash natijasida har bir bemor uchun o‘rtacha 2360 so‘m, jami 114 bemor hisobida 269000 so‘m tejashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish