Hotamova Rayhon Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasi va unga gliflozinlarning ta’sirini baholash» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4863.
Ilmiy rahbar: Tosheva Hakima Bekmurodovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gavhar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasi va unga kompleks davo negizidagi glyukoza-natriy ko-transportori 2 tip selektiv ingibitori guruhidagi – empagliflozinning ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatizm oqibatida vujudga kelgan yurak nuqsonlari asosida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasi o‘zgarishlari solishtirma o‘rganilgan va ularda rezistentlik indeksi yuqoriligi isbotlangan; 
ilk bor revmatik kasallik tufayli yuzaga kelgan yurak nuqsonlari asosida shakllangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyrak kanalchalarining zararlanish darajasini aniqlashda KIM-1 biomarkerining ahamiyati borligi isbotlangan;
revmatizm oqibatida vujudga kelgan yurak nuqsonlari asosida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligiga tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin mavjud bo‘lgan standart davoni buyrak gemodinamikasi ko‘rsatkichlari, xususan rezistentlik indeksiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligining revmatizm oqibatida paydo bo‘lgan yurak nuqsonlarida, glyukoza-natriy simporter 2-tip selektiv ingibitori - empagliflozindan iborat standart davoni, interleykin-6, α-o‘sma nekroz omili, sistatin-C va KIM-1 ko‘rsatkichlarini ishonchli kamaytirishi hamda buyrak gemodinamikasiga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 1-apreldagi №04/3226 sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: revmatizm oqibatida vujudga kelgan yurak nuqsonlari asosida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasi o‘zgarishlari solishtirma o‘rganilgan va ularda rezistentlik indeksi yuqoriligi isbotlangan. Bu holatlar nafaqat funksional buzilish, balki mikrotsirkulyatsiyadagi patogenetik mexanizmlarni ham ko‘rsatgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda gemodinamik o‘zgarishlarni erta aniqlash imkoni paydo bo‘lib, o‘lim xavfini kamaytirish, shifoxonada yotish davrini qisqartirish va hayot sifatini yaxshilashga zamin yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu ko‘rsatkichlar asosida bemorlarni qo‘shimcha tekshiruvlardan ozod etish, murakkab va qimmatbaho diagnostika o‘rniga rezistentlik indeksi asosida baholash imkoni yaratilgan. Bir bemor uchun taxminan 410000 so‘mgacha mablag‘ tejalishiga erishilgan. 100 nafar bemor bo‘yicha umumiy samaradorlik 41000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: revmatik yurak nuqsonlari bilan kechuvchi surunkali yurak etishmovchiligida gemodinamik o‘zgarishlarning ilk belgilari ushbu kasallikning og‘irlik darajasini aniqlashda ahamiyatli ko‘rsatkich bo‘lib, tashxis va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning samaradorligi oshirildi va xarajatlari sezilarli darajada qisqartirilishiga erishilgan. Natijada, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 205000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 410000 so‘mgacha tejashim konini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatik kasallik tufayli yuzaga kelgan yurak nuqsonlari asosida shakllangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyrak kanalchalarining zararlanish darajasini aniqlashda KIM-1 biomarkerining ahamiyati borligi isbotlangan. KIM-1 niyallig‘lanish sitokinlari (α-o‘sma nekroz omili, interleykin-6) bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu diagnostika uslubi mutaxassislarga kanalchalar shikastlanishini erta aniqlash va yallig‘lanish jarayonlarini nazorat qilish imkonini bergan. Bu bemorlarning hayot tarzini yaxshilash va o‘lim xavfini kamaytirishga xizmat qilishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kanalchalar va koptokchalar patologiyasini aniqlash uchun qimmatbaho va invaziv metodlar o‘rniga KIM-1 va sistatin-C kabi markerlardan foydalanish orqali har bir bemor uchun o‘rtacha 460000 so‘m, 100 bemorda 46000000 so‘mgacha mablag‘ tejalishiga erishilgan. Xulosa: faqat standart kreatinin va KFT ko‘rsatkichlariga emas, balki molekulyar markerlarga asoslangan tashxis usulining joriy qilinishi urunkali yurak etishmovchiligida diagnostikasi va patogenetik tushunishda yangi bosqichni boshlashiga erishilgan. Ushbu tashxislash mezonlari bemorlarda revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida buyraklarning aynan qaysi funksiyasiga ta’sir ko‘rsatayotganligi, YuIK natijasida kelib chiqqan surunkali yurak etishmovchiligida differensial diagnostika qilish va shunga mos ravishda samarali davolash mezonlarini ishlab chiqish imkonini bergan. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning samaradorligi oshirildi va xarajatlari sezilarli darajada qisqartirilishiga erishilgan. Natijada, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 215000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 460000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: revmatizm oqibatida vujudga kelgan yurak nuqsonlari asosida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligiga tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin mavjud bo‘lgan standart davoni buyrak gemodinamikasi ko‘rsatkichlari, xususan rezistentlik indeksiga ijobiy ta’siri isbotlangan. Buning natijasida empagliflozinning nefroprotektiv ta’siri ilmiy asosda isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: empagliflozin qo‘llanilishi orqali kasallikni barqarorlashtirish, shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ushbu o‘zgarishlar mutaxasislarga rivojlanib borayotgan revmatik yurak nuqsonlari asnosida rivojlangan SYuE larda buyraklar disfunksiyasini yallig‘lanish sitokinlari patogenezini yaxshiroq tushunishga, erta tashxis qo‘yishga va samarali davolash usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda aniqlangan bemorlardagi buyrak gemodinamikasi va yallig‘lanish faktorlarini baholash orqali revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan SYuE da buyraklar disfunksiyasini aniqlash va maqsadli davolashni tashkil etish imkonini bergan. Empagliflozinni standart davo tarkibiga qo‘shish shunchaki klinik samara emas, balki sog‘liqni saqlash tizimida tejamkor va maqsadli resurs taqsimotini ta’minlaydigan strategik yondashuvdir. Bu davo modeli nafaqat bemor sog‘lig‘ini, balki tizim iqtisodiyotini ham mustahkamlagan va har bir bemor uchun 520000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Bemorlar uchun qo‘shimcha dorilar va tekshiruvlar ehtiyoji kamayib, o‘rtacha 520000 so‘m, 100 bemor uchun 52000000 so‘mgacha mablag‘ tejalishi ta’minlangan. Xulosa: glyukoza-natriy simporter ingibitorlarining yurak-buyrak kontinuumdagi ahamiyati asoslangan holda tasdiqlangan, bu esa faqat diabetik emas, revmatik SYuE da ham samarali ekanligini ko‘rsatilgan. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning samaradorligi oshirildi va xarajatlari sezilarli darajada qisqartirilishiga erishilgan. Natijada, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 242000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 520000 so‘mgacha tejash imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligining revmatizm oqibatida paydo bo‘lgan yurak nuqsonlarida, glyukoza-natriy simporter 2-tip selektiv ingibitori - empagliflozindan iborat standart davoni, interleykin-6, α-o‘sma nekroz omili, sistatin-C va KIM-1 ko‘rsatkichlarini ishonchli kamaytirishi hamda buyrak gemodinamikasiga ijobiy ta’siri isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: empagliflozin orqali yallig‘lanish sitokinlari, sistatin-C va KIM-1 ni samarali kamaytirish — faqat laboratoriyadagi kerakli natijalar emas, balki amaliy ijtimoiy ta’sirga ega bo‘lgan strategik ilmiy yangilikdir. Uning natijasida bemorning jismoniy holati, ruhiy barqarorligi va jamiyatdagi ijtimoiy faolligi qayta tiklangani, qon biomarkerlari orqali yurak va buyrak o‘rtasida gipatofiziologik bog‘liqlikni anglash imkoniyati paydo bo‘lgan. Bu esa erta tahlil qilish, murakkab holatlarni tez aniqlash chora tadbirlari va davolashni individuallashtirish imkonini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: bu ilmiy yangilikning iqtisodiy ahamiyati — faqat shifoxonada yotoq yoki dori narxi bilan chegaralanmagan. Uning samarasi shundaki: bemor sog‘lig‘ini saqlaydi, davlat byudjeti mablag‘larini tejalgan, tezkor va maqsadli tibbiy qarorlar qabul qilish imkonini yaratgan, tez-tez kasallanish bilan bog‘liq ijtimoiy xarajatlarni bartaraf etilishiga erishilgan. Har bir bemor uchun taxminan 495000 so‘m, 100 nafar bemor hisobida 49500000 so‘m mablag‘ tejalishiga erishilgan. Xulosa: yurak va buyrak o‘rtasidagi uzviy patogenetik bog‘liqlikni tasdiqlovchi laborator-asbobiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi statistik va klinik aloqalar ilk bor aniqlangan. Bu esa faqat davo samarasini emas, balki kasallikning kelgusidagi oqibatlarini ham bashorat qilish imkonini yaratilishiga erishilgan. Ilmiy va iqtisodiy samaradorlik natijasida bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifati oshirgan va davolash xarajatlari kamaytirilishiga erishilgan. Natijada, har bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 227700 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 495000 so‘mgacha tejash imkoniyati yaratilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi 2024 yil 14 noyabrdagi 2111-2-42-TB/2024-sonli, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 29 noyabrdagi №65 sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan.
Xulosa: ishlab chiqilgan klinik-laborator mezonlar, buyrak disfunksiyasini erta bosqichlarida oshadigan markerlar, shuningdek, revmatik genezli SYuE da buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash va davolash algoritmining joriy etilishi tashxislash va davolash samaradorligini oshirish, asoratlar va kasalxonaga yotqizish davomiyligini kamaytirish imkonini bergan. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 22-maydagi 18/06sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish