Tursunova Muxlisa Vaxobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Julian Barns postmodernistik romanlarining janriy xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4834
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nargiza Alimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor, Adilova Shahnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz yozuvchisi Julian Barnsning postmodernistik romanlaridagi janriy xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
postmodernizmning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari (fundamental shakllanish, ommalashish, yuksalish va susayish) va poetik xususiyatlari tahlili asosida zamonaviy ingliz postmodernistik romanlarida postkolonializm va multikulturalizm, feminizm, maskulin ustuvorlik, gender va jinsiy tenglik, “oliy” va ommaviy madaniyat, (“neo-” ko‘rinishdagi) obektiv va subektiv madaniyat, xotira, o‘tmish va tarix, postmodernizm va realizm o‘rtasidagi tafovutni o‘zida aks ettiruvchi tendensiyalar va xususiyatlar mavjudligi isbotlandi;
voqealar oqimining mantig‘i, asar tuzilishi, arxitektonikasi, voqealar rivoji va echimi, obrazlar ko‘lami, g‘oya, mazmun-mohiyat va unga mos ravishda tanlangan badiiy izlanishlar va poetik mahorat tahlili natijasida postmodernistik badiiy asarlarning janriy xususiyatlari aniqlanib, talqin etishda ahamiyatli bo‘lgan romanlarning mavzuviy va shakliy tasnifi ishlab chiqildi;
Julian Barns ijodida metaromanlar turlari, ularning o‘ziga xos janr dinamikasi va postmodern rivoya strategiyalarini tadqiq etish asosida “fabulyasiya”, “o‘z-o‘zini refleksiv badiiy ifoda etish”, “o‘z-o‘ziga iqror bo‘lish”, “beqaror roviy”, “badiiy sukunat”, “postmodernistik adabiy biografiya”, “postmodernistik tarbiya romani”, “postmodernistik tarixiy metaadabiyot”, “postmodernistik iqrornoma romanlar” kabi adabiy kategoriyalar nazariy dalillandi;
universallik va individuallik tamoyillari negizida adib qalamiga mansub postmodernistik asarlarning yetakchi xususiyatlari aniqlik va yaxlitlikda ijodkor g‘oyaviy maqsadini ifodalashga xizmat qilishi isbotlanib, an’anaviy va dekonstruksiyaga uchragan romanlar misolida an’ana va transformatsiya hodisasining nazariy xususiyatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr ilk choragida ingliz adabiyotida xususan Julian Barnsning postmodernistik romanlaridagi xususiyatlar bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:
postmodernizmning fundamental shakllanish, ommalashish, yuksalish va susayish kabi tadrijiy taraqqiyoti, poetik xususiyatlari tahlili negizida zamonaviy ingliz postmodernistik romanlarida postkolonializm va multikulturalizm, feminizm, maskulin ustuvorlik, gender va jinsiy tenglik, “oliy” va ommaviy madaniyat, (“neo-” ko‘rinishdagi) obektiv va subektiv madaniyat, xotira, o‘tmish va tarix, postmodernizm va realizm o‘rtasidagi tafovutni o‘zida aks ettiruvchi tendensiyalar va xususiyatlar mavjudligi isbotlangani borasidagi xulosalardan 1683580 raqamli Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilayotgan “Ingliz tili maktab fani sifatida: boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalarni o‘rganish” xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil, 11-oktyabrdagi 01/582-son ma’lumotnomasi). Natijada Julian Barnsning postmodernizm oqimida yaratilgan ijod namunalarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda postmodernistik romanlarni tahlil qilishning metodologik tamoyillariga oid ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik majmualarning mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
voqealar oqimining mantig‘i, asar tuzilishi, arxitektonikasi, voqealar rivoji va echimi, obrazlar ko‘lami, g‘oya, mazmun-mohiyat va unga mos ravishda tanlangan badiiy izlanishlar va poetik mahorat tahlili natijasida postmodernistik badiiy asarlarning janriy xususiyatlari aniqlanib, talqin etishda ahamiyatli bo‘lgan romanlarning mavzuviy va shakliy tasnifi ishlab chiqilganiga oid nazariy ma’lumotlardan A-1-61 raqamli Erasmus+ dasturining “ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419” nomli xalqaro amaliy loyihada samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 01/584-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni takomillashtirilib, Julian Barns postmodernistik romanlarining badiiy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyati yuzaga kelgan;
Julian Barns ijodida metaromanlar turlari, ularning o‘ziga xos janr dinamikasi va postmodern rivoya strategiyalarini tadqiq etish asosida “fabulyasiya”, “o‘z-o‘zini refleksiv badiiy ifoda etish”, “o‘z-o‘ziga iqror bo‘lish”, “beqaror roviy”, “badiiy sukunat”, “postmodernistik adabiy biografiya”, “postmodernistik tarbiya romani”, “postmodernistik tarixiy metaadabiyot”, “postmodernistik iqrornoma romanlar” kabi adabiy kategoriyalar nazariy dalillangani xususidagi ma’lumotlardan “History of Literary Criticism” nomli darslik (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 6-iyuldagi “275”-raqamli nashr ruxsatnomasi)da foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 30-yanvardagi 02-01/442-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikdagi postmodernizm oqimiga oid mavzular tizimli tarzda takomillashtirilgan;
universallik va individuallik tamoyillari negizida adib qalamiga mansub postmodernistik asarlarning yetakchi xususiyatlari aniqlik va yaxlitlikda ijodkor g‘oyaviy maqsadini ifodalashga xizmat qilishi isbotlanib, an’anaviy va dekonstruksiyaga uchragan romanlar misolida an’ana va transformatsiya hodisasining nazariy xususiyatlari asoslangan xulosalardan “English textbook for cades” nomli darslikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘limining 2025-yil 22-avgustdagi 10/1903-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarining mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan.