Nosirov Nozimbekning
Falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
Atmosfer havosidagi ifloslantiruvchilarning tarqalish dinamikasi va bashoratlash modelini ishlab chiqish, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD.T5807
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Samiev Luqmon Nayimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: 
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Juliev Muhiddin Komilovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. Xodjaeva Sevara ilxomovna, texnika fanlari falsafa doktori. Yetakchi tashkilot – Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini doimiy nazorat qilish, ularning tarqalishi dinamikasi va bashoratlash modelini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
GIS texnologiyalari asosida Toshkent shahri hududida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini aniqlashda hududning iqlim sharoitini va meteostansiyalar oralig‘idagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida monitoring qilish usuli takomillashtirilgan;
Gauss usulidan foydalanilgan holda avtomatlashtirilgan algoritmi ishlab chiqish orqali atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori va ularning tarqalish dinamikasini yil fasllariga qarab o‘zgarishini bashoratlash usuli takomillashtirilgan;
Toshkent shahrida oltingugurt dioksidining (SO₂) tarqalishi hududiy va mavsumiy o‘zgaruvchanlikka ega ekanligi aniqlanib, mavsum bo‘yicha (qish, bahor, yoz, kuz) SO₂ konsentratsiyasini o‘zgarishi xaritasi va ushbu xaritada tumanlar bo‘yicha tarqalish miqdorini baholashni ifloslanish darajasini bashoratlash usuli ishlab chiqilgan;
Atmosfera havosidagi zararli moddalar tarqalishini prognozlashda Machine learningdan foydalangan holda CNN-LSTM modeli aniqligi 90-93% aniqlikka oshirish olish orqali mahalliy sharoitlarga moslashgan hisoblash usuli takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahri atmosfera havosining 2012-2024-yillar davomida kuzatilgan meteorologik va ekologik ma’lumotlari asosida Atmosferani ifloslantiruvchi moddalarning dinamikasini hisoblash usuli ishlab chiqilib Toshkent shahar ekologiya boshqarmasiga joriy etilgan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 19–apreldagi 03-03/1-03/3-3792-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahri hududida kuzatilgan ko‘p yillik atmosfera havosi ifloslanishi ma’lumotlari asosida ifloslantiruvchi moddalarning dinamikasini yuritish imkonini bergan;
Toshkent shahri atmosfera havosining 2012-2024-yillar davomida kuzatilgan meteorologik va ekologik ma’lumotlari asosida Toshkent shahri atmosfera havosining ifloslanishini bashoratlash modeli ishlab chiqilgan va Toshkent shahri hududida joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining  2025-yil 19–apreldagi 03-03/1-03/3-3792-son). Natijada Toshkent shahri hududida atmosfera havosi ifloslanishini oldindan bashorat (prognoz) qilish imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish