Sultonova Nigora A’zamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduksiya va homila ko‘tara olmaslikning immmunomorfologik muammolari hamda ular echimining zamonaviy jihatlari” 14.00.02 – Morfologiya va 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib.1208.
Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi); Starseva Nadejda Mixaylovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: keng qamrovli morfologik, immunokimyoviy, gormonal va ul`tratovush tekshiruvlari asosida homiladorlikning erta davrida homilaning tushishi mexanizmlarini aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sariqlik qopining 6 mm dan kichraymasligi, shaklining noto‘g‘riligi va devorida kal`sifikatlarning borligi homila rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi va hattoki homila erta tushishini bashorat qilishda marker sifatida o‘rni isbotlangan; 
homiladorlikning erta muddatlarida bachadon arteriyalarida PI va RI ko‘rsatkichlarining pasayishi homila tushishi ehtimolini  bashoratlovchi marker ekanligi isbotlangan;
immunogistokimyoviy markerlar, jinsiy gormonlar va sitokinlar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik o‘rganilgan, ya’ni IL-6, IL-12, FNO-α ning oshishi va ER, PR, Ki-67 hamda IL-10 kamayishi odatiy homila tashlashning asosiy omillari ekanligi isbotlangan;
homiladorlik erta davrlarida yallig‘lanish oldi hamda yallig‘lanishga qarshi markerlar muvozanatining o‘zgarishiga qarab homila tushishini davolash samaradorligi asoslangan; 
ishlab chiqilgan algoritm asosida kompleks davolashni olib borish homila tushish xavfi va retroplatsentar gematoma paydo bo‘lishini kamayishiga, dopplerometrik ko‘rsatkichlarni yaxshilanishiga hamda homiladorlikning saqlanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keng qamrovli morfologik, immunokimyoviy, gormonal va ul`tratovush tekshiruvlari asosida homiladorlikning erta davrida homilaning tushishi mexanizmlarini aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish natijalariga asosan:
birinchi ilmiy yangilik: Sariqlik qopining 6 mm dan kichraymasligi, shaklining noto‘g‘riligi va devorida kal`sifikatlarning borligi homila rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi va hattoki homila erta tushishini bashorat qilishda marker sifatida o‘rni isbotlangan. Mazkur natijalar “Homiladorlikning birinchi trimestrida odatiy homila tushishi bo‘lgan ayollarda davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/109-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Homiladorlikning erta muddatlarida odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish usullari” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/115-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (32- va 33-sonli buyruqlar, 06.05.2025 yil), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-tug‘ruq kompleksi (19- va 20-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) va Qorako‘l tuman tumanlararo perinatal markazi (72- va 73-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ultratovush tekshiruvi ko‘rsatkichlarini bashorat markeri sifatida qo‘llash reproduktiv davrda odatiy homila tushishi va u bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish imkonini beradi; Iqtisodiy samaradorligi: ambulator xizmatga murojaatlar sonini qisqartirish, statsionar davolanish xarajatlarini qisqartirishi bilan asoslangan. Har bir bemor uchun statsionar davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga 300000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Bemorlarning umumiy sonidan 45300000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: reproduktiv davrda odatiy homila tushishi va u bilan bog‘liq asoratlar xavfi bilan bog‘liq xarajatlar kamaytirildi, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, 45300000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Homiladorlikning erta muddatlarida bachadon arteriyalarida PI va RI ko‘rsatkichlarining pasayishi homila tushishi ehtimolini  bashoratlovchi marker ekanligi isbotlangan. Mazkur natijalar “Homiladorlikning birinchi trimestrida odatiy homila tushishi bo‘lgan ayollarda davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/109-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Homiladorlikning erta muddatlarida odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish usullari” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/115-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (32- va 33-sonli buyruqlar, 06.05.2025 yil), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-tug‘ruq kompleksi (19- va 20-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) va Qorako‘l tuman tumanlararo perinatal markazi (72- va 73-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ul`tratovush tekshiruvda bachadon arteriyalari PI va RI ko‘rsatkichlarining pasayishiga baho berish orqali homila tushish xavfini homiladorlikning erta muddatlarida aniqlash imkoni paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqoridagi ko‘rsatkichlarni hisobga olish orqali asoratlar rivojlanmasdan oldin shifoxonada davolanish muddatini 7 kundan 5 kungacha qisqartirish va shu asosda tibbiy xizmatlarga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirish bilan asoslandi. Har bir bemor uchun shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga 480000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Bemorlarning umumiy sonidan 72480000 so‘m tejab qolindi. Xulosa: odatiy homila tashlash xavfini tashxislash chora-tadbirlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlari bilan bog‘liq bir qator kamchiliklar aniqlandi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi, natijada byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 72480000 so‘m iqtisod qilishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: Immunogistokimyoviy markerlar, jinsiy gormonlar va sitokinlar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik o‘rganilgan, ya’ni IL-6, IL-12, FNO-α ning oshishi va ER, PR, Ki-67 hamda IL-10 kamayishi odatiy homila tashlashning asosiy omillari ekanligi isbotlangan. Mazkur natijalar “Homiladorlikning birinchi trimestrida odatiy homila tushishi bo‘lgan ayollarda davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/109-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Homiladorlikning erta muddatlarida odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish usullari” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/115-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (32- va 33-sonli buyruqlar, 06.05.2025 yil), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-tug‘ruq kompleksi (19- va 20-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) va Qorako‘l tuman tumanlararo perinatal markazi (72- va 73-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: odatiy homila tushishi patologiyasi rivojlanish ehtimolligini erta bosqichlarda baholash orqali uning oldini olish va homiladorlikni fiziologik gestatsiya muddatigacha etkazish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorning shifoxonada bo‘lish davrida taklif etilgan tekshiruv usullari qo‘llanilgandan so‘ng homilador ayollarning shifoxonada qolish muddati 7-8 kundan 4 kungacha qisqardi. Shu bilan birga, tekshiruvlar uchun har bir bemor uchun hisobiga 470000 so‘m, jami 151 nafar bemor uchun 70970000 so‘m tejaldi. Xulosa: Yuqorida keltirilgan barcha davolash usullari kompleks qo‘llanilganda ushbu kasallik bilan bog‘liq xarajatlar kamayadi, davolash samaradorligi va xavfsizligi ortadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Homiladorlik erta davrlarida yallig‘lanish oldi hamda yallig‘lanishga qarshi markerlar muvozanatining o‘zgarishiga qarab homila tushishini davolash samaradorligi asoslangan. Mazkur natijalar “Homiladorlikning birinchi trimestrida odatiy homila tushishi bo‘lgan ayollarda davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/109-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Homiladorlikning erta muddatlarida odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish usullari” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/115-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (32- va 33-sonli buyruqlar, 06.05.2025 yil), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-tug‘ruq kompleksi (19- va 20-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) va Qorako‘l tuman tumanlararo perinatal markazi (72- va 73-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni aniqlash odatiy homila tushish xavfini baholash organizmning yallig‘lanish javobining kamayishini, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan jarayon bilan bog‘liq boshqa kasalliklarni dinamikada baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Diagnostik chora-tadbirlarni qisqartirish hisobiga ambulator xizmatga tibbiy yordam uchun murojaat qilish bilan bog‘liq xarajatlar kamayadi. Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari uchun har bir bemor hisobiga 300000 so‘m, jami 151 nafar bemor uchun 45300000 so‘m tejaldi. Xulosa: odatiy homila tushishi kuzatilgan ayollarda tashxisida bir qator kamchiliklar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bu byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 45300000 so‘mga va har bir bemor hisobiga 300000 so‘mga tejash imkonini berdi. 
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan algoritm asosida kompleks davolashni olib borish homila tushish xavfi va retroplatsentar gematoma paydo bo‘lishini kamayishiga, dopplerometrik ko‘rsatkichlarni yaxshilanishiga hamda homiladorlikning saqlanishiga olib kelishi isbotlangan. Mazkur natijalar “Homiladorlikning birinchi trimestrida odatiy homila tushishi bo‘lgan ayollarda davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/109-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Homiladorlikning erta muddatlarida odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish usullari” (Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025 yil 30 apreldagi 25-m/115-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (32- va 33-sonli buyruqlar, 06.05.2025 yil), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-tug‘ruq kompleksi (19- va 20-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) va Qorako‘l tuman tumanlararo perinatal markazi (72- va 73-sonli buyruqlar, 05.05.2025 yil) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish odatiy homila tushishi holatlarni samarali nazorat qilish va ularning rivojlanish xavfini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Bu statsionar davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, xarajatlarini qisqartiradi va maqbul individual terapiyaning qulayligini oshiradi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari aholi salomatligini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimiga ijtimoiy yukni kamaytirishga yordam beradigan odatiy homila tushishi holatlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan profilaktika dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tabaqalashtirilgan individual terapiya bir bemor uchun 250000 so‘mni tashkil etadi, bu esa jami 151 bemor uchun 37750000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Olingan natijalar sog‘liqni saqlash xarajatlarini optimallashtirish va samarali davolash imkoniyatlarini kengaytirish uchun ushbu terapiyaning salohiyatini ta’kidlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish