Zaripov Odil Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligida nefropatiya rivojlanishining yosh va jinsga bog‘liq jihatlari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Tib3294.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Barotova Mexriban Subitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishining yosh va jins omillari bilan bog‘liqligini klinik va laborator ko‘rsatkichlarni o‘rganish asosida xavf darajasini aniqlash va surunkali buyrak kasalligini bashoratlashgi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishida yoshga bog‘liq jihatlari baholanib, erta yosh uchun gipodinamik hayot va zararli odatlar (chekish, energetik ichimliklar qabul qilish), katta va qari yosh uchun gipertenziya, ortiqcha tana vazni va dislipidemiya, jismoniy faolik etishmasligi yuqori darajadagi xavf omili ekanligi asoslangan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishida yosh va jinsning ahamiyatini baholashda mochevina, kreatininning tashhisiy va bashoratlovchi roli keskin pasayib, buyrak koptokcha fil`tratsiya tezligining sistatin ko‘rsatkichi bilan aniqlash, mikroal`buminuriya darajasi va aterogenlik koeffisentining surunkali buyrak kasalligi og‘irlik darajalari rivojlanishini bashoratlashdagi ahamiyati isbotlangan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida jins aspekti ahamiyati o‘rganilib, esterogen miqdori va nefrinuriya orasidagi kuchli teskari korrelyasiya (r= -0,76), testosteron va kollagen IV orasidagi kuchli musbat korrelyasiya (r= 0,53) mavjudligi asosida ushbu gormonlarni aniqlashning nefropatiya og‘irlik darajasini bashoratlovchi ishonchli marker ekanligi isbotlangan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda buyrak faoliyatini buzilishining yosh va jins aspektiga bog‘liqlik markerlarning profilaktik va prognostik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligida nefropatiya rivojlanishining yosh va jinsga bog‘liq jihatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
Yurak ishemik kasalligida nefropatiya rivojlanishining yosh va jinsga bog‘liq jihatlarini o‘rganish va uning amaliy axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishining yoshga bog‘liq jihatlarini baholash va oldini olishni muvofiqlashtirish” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 5 iyundagi 8 n-r/824-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishining yoshga bog‘liq jihatlarini baholash va oldini olishni muvofiqlashtirish imkonini yaratgan.
birinchi ilmiy yangilik. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishida yoshga bog‘liq jihatlari baholanib, erta yosh uchun gipodinamik hayot va zararli odatlar (chekish, energetik ichimliklar qabul qilish), katta va qari yosh uchun gipertenziya, ortiqcha tana vazni va dislipidemiya, jismoniy faolik etishmasligi yuqori darajadagi xavf omili ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishida yoshga bog‘liq jihatlari baholanib, xavf omillariga indivudial yondashish har bir yosh uchun surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini erta aniqlash va oldini olish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishida yoshga bog‘liq xavf omilini aniqlash va bartaraf eitish orqali bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish muddati kechiktiriladi, bemorlarning statsionar davoga ehtiyoji pasayadi. Bemorlarning statsonar davo kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 643011 so‘m, byudjet mablag‘laridan 207348 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi oldini olish va bashoratlashda xavf omillarini aniqlash va bartaraf etish samaradorligi isbotlanganligi, kasallik rivojlanishini bashoratlash, oldini olish tadbirlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi va 850359 so‘m siqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishida yosh va jinsning ahamiyatini baholashda mochevina va kreatininning tashhisiy va bashoratlovchi roli keskin pasayib, BKFT ning sistatin ko‘rsatkichi bilan aniqlash, mikroal`buminuriya darajasi va aterogenlik koeffisentining surunkali buyrak kasalligi og‘irlik darajalari rivojlanishini bashoratlashdagi ahamiyati isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda bemorlarda buyrak faoliyatini baholovchi ishonchlilik va informativligi yuqori bo‘lgan serologik laborator markerlarni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay bo‘lib, surunkali buyrak kasalligi erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak va buyrak faoliyati buzilishini aniqlashga sezgir biomarkerlar yordamida nefropatiyani erta aniqlash, buyrak faoliyatini tiklash ushbu bemorlarda tashxisot sarf xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 458300 so‘mgaa iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda bemorlarda buyrak faoliyatini baholovchi ishonchlilik va informativligi yuqori bo‘lgan laborator markerlarni qo‘llash amaliyotga qo‘llash orqali surunkali buyrak kasalligi og‘irlik darajasini to‘g‘ri baholash va uning profilaktikasiga erishish imkoniyatini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida jins aspekti ahamiyati o‘rganilib, esterogen miqdori va nefrinuriya orasidagi kuchli teskari korrelyasiya (r= -0,76), testosteron va kollagen IV orasidagi kuchli musbat korrelyasiya (r= 0,53) mavjudligi asosida ushbu gormonlarni aniqlashning nefropatiya og‘irlik darajasini bashoratlovchi ishonchli marker ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda nefropatiya rivojlanishi va zo‘rayib borishida jinsiy gormonlarning jins va yoshga bog‘liq holda dinamikasini o‘rganish orqali surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlrda bir muncha arzon bo‘lgan laborator markerlar yordamida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va og‘irlik darajalarini prognozlash orqali laborator markerlar hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 496600 so‘m, byudjetdan tashqari 695248 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa. Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda rivojlangan surunkali buyrak kasalligi erta aniqlash asosida har bir bemor hisobiga 1351413 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda buyrak faoliyatini buzilishining yosh va jins aspektiga bog‘liqlik markerlarning profilaktik va prognostik mezonlari ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda buyrak faoliyatini buzilishining yosh va jins aspektiga bog‘liqlik markerlarning mezonili profilaktik va prognostik algoritmi tavsiya etilgan va surunkali buyrak kasalligi profilaktikasiga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm taklif qilungunga qadar surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini tashxislash kechikishi, asoratlar bilan kechganda tashxis qo‘yish, davolashga qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 2795211 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu xarajatlar 1018300 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu chora tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 1776911 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda buyrak faoliyatini buzilishining yosh va jins aspektiga bog‘liqlik markerlarning mezonli profilaktik va prognostik algoritmi yordamida surunkali buyrak kasalligini bashoratlash, xavf omillarini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega hamda ushbu chora tadbirlar asosida har bir bemor uchun 1776911 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishining yoshga bog‘liq jihatlarini baholash va oldini olishni muvofiqlashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat mintaqaviy filiali (23.08.2024 y; buyruq № 01-28); Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.08.2024 y; ko‘rsatma xat 01\517) klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Uning natijasida kasallik kechishi barqarorlashgan, bemorlarni kasalxonada davolanish muddatlari kamaygan va ularning hayot sifati ijobiy tomonga o‘zgarishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14\10-son xulosasi olingan.