Sultanov Og‘abek Sultan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba yoshlarda ijtimoiy mas’uliyat tushunchasini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1427
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Adilov Zafar Yunusovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Norqobilov Muzaffar Jumaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy O‘zbekiston sharoitida talaba-yoshlar ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirishning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlar ijtimoiy mas’uliyatni oshirishning falsafiy (qadriyatlar), normativ (qonun va qoidalar), amaliy tajriba (xatti-harakat va ijtimoiy loyiha), psixologik (o‘z-o‘zini baholash, oshkoralik) kabi nazariy-metodologik asoslariga tayanib uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim va tarbiya hamda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va jamoada faol ishtirok etish kabi sifatlarning shakllanish mexanizmlari asoslab berilgan;
Sharq (Forobiyning “fozil shahar”, Ibn Sinoning axloqiy kamolot, Navoiyning “komil inson”, G‘azzoliyning nafs tarbiyasi) va G‘arb (Arastuning fazilat, Kantning burch va avtonomiya, Millning umumfoyda va “zarar keltirmaslik”, Dyurkgeymning axloqiy tarbiya) allomalarining qarashlari asosida ta’lim tizimida ijtimoiy mas’uliyatning axloqiy asoslarini o‘rgatish, qonunga itoatkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, gumanistik fazilatlarni (halollik, adolat, bag‘rikenglik, mas’uliyat, xizmatga tayyorlik) rivojlantirish vazifalari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda talaba-yoshlar ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirish tizimining intellektual salohiyati yuqori kadrlarni tayyorlash, innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, qat’iy tartib va intizomni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlari hamda erkinlik va mas’uliyat dialektikasi, shaxsiy manfaat - ijtimoiy manfaat uyg‘unligi, intizom, tashabbus, jamoaviylik kabi xususiyatlari aniqlashtirilgan;
Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasining yoshlarda mas’uliyatni idrok etish, axloqiy mezonlarga rioya etish va milliy qadriyatlarga sodiqlik, rostgo‘ylik, mustaqil fikrlash, insonparvarlik kabi jihatlari ijtimoiy mas’uliyatni “bilim–axloq–mas’uliyat” triadasi va “qadriyat → meyor → amaliyot → refleksiya” zanjiri asosida rivojlantirishi hamda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va jamoada faol ishtirok etish kabi shakllarda namoyon bo‘lishini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba yoshlarda ijtimoiy mas'uliyat tushunchasini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talaba-yoshlar ijtimoiy mas’uliyatni oshirishning falsafiy (qadriyatlar), normativ (qonun va qoidalar), amaliy tajriba (xatti-harakat va ijtimoiy loyiha), psixologik (o‘z-o‘zini baholash, oshkoralik) kabi nazariy-metodologik asoslariga tayanib uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim va tarbiya hamda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va jamoada faol ishtirok etish kabi sifatlarning shakllanish mexanizmlariga doir ilmiy asoslangan taklif, tavsiyalardan “Xorazm” telekanalida 2024-yilning 20-yanvar va 16-martda efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 19-martdagi 280-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda innovatsion fikrlash va kreativlik qobiliyatlarini shakllantirishga, mamlakatimiz yoshlariga ta’lim-tarbiya berish jarayoniga xizmat qilgan;
Sharq (Forobiyning “fozil shahar”, Ibn Sinoning axloqiy kamolot, Navoiyning “komil inson”, G‘azzoliyning nafs tarbiyasi) va G‘arb (Arastuning fazilat, Kantning burch va avtonomiya, Millning umumfoyda va “zarar keltirmaslik”, Dyurkgeymning axloqiy tarbiya) allomalarining qarashlari asosida ta’lim tizimida ijtimoiy mas’uliyatning axloqiy asoslarini o‘rgatish, qonunga itoatkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, gumanistik fazilatlarni (halollik, adolat, bag‘rikenglik, mas’uliyat, xizmatga tayyorlik) rivojlantirish vazifalariga oid ilmiy natijalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyat va san’at targ‘ibot markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlami qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2024-yil 14-maydagi 4/2024-son “Jadidlar hayoti yoshlarga ibrat” ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 16-maydagi ML01/01-28-son ma’lumotnomasi). Natijada, rostgo‘y, mas’uliyatli va mustaqil fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalash, “Yangi 0’zbekiston-ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasining ijtimoiy, ilmiy-amaiiy tomonlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda talaba-yoshlar ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirish tizimining intellektual salohiyati yuqori kadrlarni tayyorlash, innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, qat’iy tartib va intizomni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlari hamda erkinlik va mas’uliyat dialektikasi, shaxsiy manfaat - ijtimoiy manfaat uyg‘unligi, intizom, tashabbus, jamoaviylik kabi xususiyatlariga doir ilmiy xulosalar va yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida jumladan, 2024-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda hamda Yoshlar ishlari Agentligining ijtimoiy loyihalarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 5-apreldagi 10/171-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2025-yil 7-apreldagi 2-15-21-1853-son ma’limotnomalari). Natijada, talaba-yoshlarda ijtimoiy mas'uliyat tushunchasini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etishga hamda oila, mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasining yoshlarda mas’uliyatni idrok etish, axloqiy mezonlarga rioya etish va milliy qadriyatlarga sodiqlik, rostgo‘ylik, mustaqil fikrlash, insonparvarlik kabi jihatlari ijtimoiy mas’uliyatni “bilim–axloq–mas’uliyat” triadasi va “qadriyat → meyor → amaliyot → refleksiya” zanjiri asosida rivojlantirishi hamda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va jamoada faol ishtirok etish kabi shakllarda namoyon bo‘lishiga oid ilmiy-nazariy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi 3.3. Partiyaning yoshlarga oid davlat siyosati bobida keltirilgan “I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 19-martdagi 02/02-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya xodimlarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan.