Bekchanov Faxriddin Atabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3806.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ochilov Ilhom Saytqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AKT sohasidagi korxonalari hisob siyosatida daromadlarni shakllantirishda 9030-“Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyotining tarkibida 9031-“Ovozli qo‘ng‘iroqlar daromadlari”, 9032-“Mobil internet xizmatlari daromadlari”, 9033-“Rouming va xalqaro qo‘ng‘iroqlar daromadlari”, 9034-“Virtual serverlarni ijaraga berishdan daromadlar”, 9035-“Arxivlash va ma’lumotlarni saqlash xizmatlari daromadlari”, 9036-“VPN va korporativ bulutli xizmatlardan daromadlar”, 9037-“Televidenie obunalaridan daromadlar”, 9038-“Televidenie reklama xizmatlaridan daromadlar” va 9039-“Qo‘shimcha xizmatlardan daromadlar” subschyotlarini kiritish asosida AKT sohasidagi korxonalarida daromadlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash asoslangan;
AKT sohasidagi korxonalarda xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi” schyotining tarkibida 9131-“Mobil aloqa tarmog‘i texnik xarajatlari”, 9132-“Mobil aloqa uskunalarining amortizatsiyasi”, 9133-“Virtual serverlarni ijaraga berish xarajatlari”, 9134-“Arxivlash va ma’lumotlarni saqlash xarajatlari”, 9135-“VPN va korporativ bulutli xizmatlar xarajatlari”, 9136-“Televidenie obunalari xarajatlari”, 9137-“Televidenie tarmog‘i texnik xarajatlari” va 9138-“Internet uskunalarining amortizatsiyasi va infratuzilmasi xarajatlari” subschyotlarini kiritish asosida AKT sohasidagi korxonalarida xarajatlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash asoslangan;
moliyaviy natijalar auditini amalga oshirishda yuzaga keladigan xatolarni tizimli baholashda “Tipik xatolar klassifikatori va ularni oldini olish uchun maxsus profilaktika dasturi”ni ishlab chiqish orqali AKT korxonalarida audit samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi AKT korxonalarining sotish hajmlari va iste’mol qilinadigan resurslarni iqtisodiy-matematik modellashtirish va chiziqli dasturlash usullaridan foydalangan holda optimallashtirish asosida 2027 yilga qadar foydani ko‘paytirish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
AKT sohasidagi korxonalari hisob siyosatida daromadlarini shakllantirishda 9030-“Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyotining tarkibida 9031-“Ovozli qo‘ng‘iroqlar daromadlari”, 9032-“Mobil internet xizmatlari daromadlari”, 9033-“Rouming va xalqaro qo‘ng‘iroqlar daromadlari”, 9034-“Virtual serverlarni ijaraga berishdan daromadlar”, 9035-“Arxivlash va ma’lumotlarni saqlash xizmatlari daromadlari”, 9036-“VPN va korporativ bulutli xizmatlardan daromadlar”, 9037-“Televidenie obunalaridan daromadlar”, 9038-“Televidenie reklama xizmatlaridan daromadlar” va 9039-“Qo‘shimcha xizmatlardan daromadlar” subschyotlarini kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 15oktyabrdagi 08/133-sonli, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati ning 2024-yil 30 noyabrdagi 178-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida AKT sohasidagi korxonalari hisob siyosatida yangi subschyotlar hisobini yuritish orqali daromadlarning maqsadli tahlili va optimal taqsimoti ta’minlanib, umumiy samaradorligini oshirishga yordam bergan va har bir daromad turi bo‘yicha alohida hisob yuritilishi orqali moliyaviy hisobotlarda shaffoflik va ishonchlilik ta’minlash imkoni yaratilgan;
AKT sohasidagi korxonalari hisob siyosatida xarajatlarni hisobga olishda 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi” schyotining tarkibida 9131-“Mobil aloqa tarmog‘i texnik xarajatlari”, 9132-“Mobil aloqa uskunalarining amortizatsiyasi”, 9133-“Virtual serverlarni ijaraga berish xarajatlari”, 9134-“Arxivlash va ma’lumotlarni saqlash xarajatlari”, 9135-“VPN va korporativ bulutli xizmatlar xarajatlari”, 9136-“Televidenie obunalari xarajatlari”, 9137-“Televidenie obunalari xarajatlari” va 9138-“Internet uskunalarining amortizatsiyasi va infratuzilmasi xarajatlari” subschyotlarini kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 15oktyabrdagi 08/133-sonli, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati ning 2024-yil 30 noyabrdagi 178-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida AKT sohasidagi korxonalar hisob siyosatida analitik subschyotlarga o‘tish mexanizmi xizmat turlariga qarab xarajatlarni detallashtirish va ularni hisobga olishni engillashtirgan va xarajatlarni boshqarish tizimini yaxshilash, moliyaviy hisobotlarni shaffof qilish va samaradorlikni oshirish imkoni yaratilgan;
moliyaviy natijalar auditini amalga oshirishda yuzaga keladigan xatolarni tizimli baholashda “Tipik xatolar klassifikatori va ularni oldini olish uchun maxsus profilaktika dasturi”ni ishlab chiqish orqali AKT korxonalarida audit samaradorligini oshirish taklifi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 15oktyabrdagi 08/133-sonli, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati ning 2024-yil 30 noyabrdagi 178-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida AKT korxonalarida moliyaviy natijalar auditining samaradorligini oshirish, xato xatti-harakatlarni bartaraf etish hamda korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun asos yaratilgan;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi AKT korxonalarining sotish hajmlari va iste’mol qilinadigan resurslarni iqtisodiy-matematik modellashtirish va chiziqli dasturlash usullaridan foydalangan holda optimallashtirish asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan foydani ko‘paytirish prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024 yil 15oktyabrdagi 08/133-sonli, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati ning 2024-yil 30 noyabrdagi 178-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida AKT korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, raqobatbardoshligini mustahkamlash va kelgusi strategik rejalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratilgan.