Mamadjonov Shukurillo Ibrohimjon ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish yo‘llari”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4089
Ilmiy rahbar: Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Odil Berdimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda banklarning kapital tarkibini optimallashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida xususiy kapital etarliligini oshirish va bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bank aktivlarining risklilik darajasini inobatga olgan holda birlamchi kapitalning umumiy aktivlarga nisbati ko‘rsatkichini kamida 12 foiz darajasida ushlab turish taklifi asoslangan;
kapitalni dinamik optimallashtirish modeli orqali xususiy kapitali miqdorini yillik o‘rtacha 5 foiz miqdorda oshirish, qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilish va ularni ommaviy joylashtirish, bankda bozor riski orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan potensial yo‘qotishni minimallashtirish uchun kapital tarkibini optimallashtirish asosida tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini ichki omillar orqali mustahkamlashda daromadning ma’lum qismini dividend to‘lovlaridan voz kechib, zaxiralarga yo‘naltirishga asoslangan “reinvestisiya siyosati modeli”ni ishlab chiqish orqali bankning ichki kapital manbalari hisobiga kapital hajmini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari kapitallashuv darajasi shakllanishining yo‘nalish va ssenariylarini aniqlash orqali AT “Aloqabank” xususiy kapital miqdori dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari uchta ssenariy asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklarida xususiy kapital etarliligini oshirish va bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bank aktivlarining risklilik darajasini inobatga olgan holda birlamchi kapitalning umumiy aktivlarga nisbati ko‘rsatkichini kamida 12 foiz darajasida ushlab turish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 20 fevraldagi 01-08/487-sonli xatiga asosan). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilgach, bank kapitalining etarlilik darajasi barqarorlashib, moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xalqaro standartlarga yaqinlashish imkoni yaratilgan;
kapitalni dinamik optimallashtirish modeli orqali xususiy kapitali miqdorini yillik o‘rtacha 5 foiz miqdorda oshirish, qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilish va ularni ommaviy joylashtirish, bankda bozor riski orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan potensial yo‘qotishni minimallashtirish uchun kapital tarkibini optimallashtirish asosida tijorat banklari kapitallashuv darajasini oshirish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 20 fevraldagi 01-08/487-sonli xatiga asosan). Natijada xorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlik kengaytirilib, bankning ustav kapitaliga xorijiy investorlar ishtirokida kiritilgan mablag‘lar ulushi 7 foizgacha oshirilgan;
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini ichki omillar orqali mustahkamlashda daromadning ma’lum qismini dividend to‘lovlaridan voz kechib, zaxiralarga yo‘naltirishga asoslangan “reinvestisiya siyosati modeli”ni ishlab chiqish orqali bankning ichki kapital manbalari hisobiga kapital hajmini oshirish taklifi AT “Aloqabank”da amaliyotga joriy etilgan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 20 fevraldagi 01-08/487-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizm joriy etilishi natijasida 2023–2024 yillarda bankning ichki kapital manbalari hisobiga kapital hajmini yiliga o‘rtacha 4,7 foizga oshirishga erishilgan;
tijorat banklari kapitallashuv darajasi shakllanishining yo‘nalish va ssenariylarini aniqlash orqali AT “Aloqabank” xususiy kapital miqdori dinamikasining 2030 yilga qadar uchta ssenariy asosida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari strategiyasiga integratsiya qilingan (AT “Aloqabank”ning 2024 yil 20 fevraldagi 01-08/487-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model joriy etilishi natijasida bank kapitallashuvini risk darajasi bilan uyg‘unlashtirish, uzoq muddatli daromadlilik (ROE)ni 2,5–3,1% oraliqda barqarorlashtirish imkonini bergan.