Ismoilova Kutlibika Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning investision faoliyatini baholashni takomillashtirish ”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2204
Ilmiy rahbar: Elmurodov Shoxjaxon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda investision faoliyatni baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarning investision faoliyatini baholashga dinamik investisiya portfelini optimallashtirish modelini tatbiq etish orqali portfel` risk darajasi (PRD ≤ 15 - 20%), diversifikatsiya koeffisienti (DK ≥ 0,7), kutilgan rentabellik (KR ≈ 12 - 15%) me’yorlarida yuqori samaradorlikka erishish asoslangan;
narxi tez o‘zgaradigan aktivlarning narx o‘zgarishini baholash modelidan foydalanish asosida aktiv narxining qisqa muddatdagi (1 - 3 oy) o‘zgarishi 5 - 7% chegarada aniq prognoz qilinishi va risk koeffisienti 0,3 - 0,4 oralig‘ida saqlanishi ta’minlanishi asoslangan;
“Iqtisodiy muvozanat modellari (Equilibrium Models)”dan foydalanish orqali investisiya kiritilgan aktivlarning muvozanat narxini aniqlash zarurligi asoslanib, bozorda talab va taklif koeffisienti 1,0±0,1 oralig‘ida bo‘lgan holatda aktiv narxi barqarorlikka erishishi ilmiy jihatdan asoslangan;
korxonalarning investision faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida “BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyati investision faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarda investision faoliyat baholashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
korxonalarning investision faoliyatini baholashga dinamik investisiya portfelini optimallashtirish modelini tatbiq etish orqali portfel` risk darajasi (PRD ≤ 15 - 20%), diversifikatsiya koeffisienti (DK ≥ 0,7), kutilgan rentabellik (KR ≈ 12 - 15%) me’yorlarida yuqori samaradorlikka erishish taklifi “BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 21 yanvardagi 04-25-28/3-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi investision portfelning umumiy rentabelligi (E(R))ni 90 foizgacha hamda investision riskni 85 foizgacha aniqlik bilan hisoblash imkonini bergan;
narxi tez o‘zgaradigan aktivlarning narx o‘zgarishini baholash modelidan foydalanish asosida aktiv narxining qisqa muddatdagi (1 - 3 oy) o‘zgarishi 5 - 7% chegarada aniq prognoz qilinishi va risk koeffisienti 0,3 - 0,4 oralig‘ida saqlanishi ta’minlanishi taklifi “BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 21 yanvardagi 04-25-28/3-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi narx o‘zgarishini 95 foizgacha aniqlik bilan baholash imkonini bergan;
“Iqtisodiy muvozanat modellari (Equilibrium Models)”dan foydalanish orqali investisiya kiritilgan aktivlarning muvozanat narxini aniqlash zarurligi asoslanib, bozorda talab va taklif koeffisienti 1,0±0,1 oralig‘ida bo‘lgan holatda aktiv narxi barqarorlikka erishishi taklifi “BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 21 yanvardagi 04-25-28/3-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi muvozanat narxini va hajmini 85 foizgacha aniqlik bilan hisoblash imkonini bergan;
korxonalarning investision faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida “BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyati investision faoliyatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“BIOKIMYO” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 21 yanvardagi 04-25-28/3-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarini (Environmental Efficiency Index) 90 foizgacha va ekologik investisiyalarning qaytishi (Green ROI) 85 foizgacha aniqlik bilan hisoblash imkonini berib, ekologik ta’sir va iqtisodiy samaradorlikni baholashda yuqori darajada ishonchli natijalarni ta’minlagan.