Mirtursunova Dinara Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banklarda kredit riskini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Elmurodov Shohjahon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kaxxarov Ulug‘bek Xalmatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi banklarda kredit risklarini samarali boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit portfelida kredit turlari bo‘yicha me’yoriy miqdorlarni belgilash orqali diversifikatsiyani ta’minlaydigan sektorlar bo‘yicha me’yoriy chegaralar (chakana sektor ≤ 25%;, yirik qarz oluvchilar ≤ 15%; yo‘qotish ehtimoli yuqori kreditlar ulushi ≤ 8-10%)ni belgilash asosida bank kredit portfelida muammoli kreditlarni (NPL) kamaytirish taklif etilgan;
kredit risklarini baholash va kamaytirish uchun stress-test ssenariylari (optimistik, bazaviy va pessimistik) kengaytirilib, ulardan kelib chiqib kapital adekvatligi koeffisientini 15% darajasida va likvidlik buferini 20%dan yuqori holatda saqlash zarurligi asoslangan;
foiz stavkalari o‘zgarishi riskini kamaytirish maqsadida aktivlar va majburiyatlarning foiz sezgirligi (RSA va RSL) nisbatini aniqlash va uni maqbul oraliqda saqlashni ta’minlovchi usulni ishlab chiqish orqali bankning sof foiz marjasini 5-7% darajasida barqaror ushlab turish imkoni asoslangan;
“Ipak Yo‘li” AITBda kredit riskini boshqarishni takomillashtirishda mo‘’tadil stress, yuqori stress va inqiroz holati ssenariylari asosida 2030 yilgacha stress-test prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Banklarda kredit risklarini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
kredit portfelida kredit turlari bo‘yicha me’yoriy miqdorlarni belgilash orqali diversifikatsiyani ta’minlaydigan sektorlar bo‘yicha me’yoriy chegaralar (chakana sektor ≤ 25%;, yirik qarz oluvchilar ≤ 15%; yo‘qotish ehtimoli yuqori kreditlar ulushi ≤ 8-10%)ni belgilash asosida bank kredit portfelida muammoli kreditlarni (NPL) kamaytirish taklifi  “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2025 yil 6 fevraldagi 11/1099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning muammoli kreditlarini 4 foizdan 3 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
kredit risklarini baholash va kamaytirish uchun stress-test ssenariylari (optimistik, bazaviy va pessimistik) kengaytirilib, ulardan kelib chiqib kapital adekvatligi koeffisientini 15% darajasida va likvidlik buferini 20%dan yuqori holatda saqlash taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2025 yil 6 fevraldagi 11/1099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital etarliligi koeffisienti (Capital Adequacy Ratio - CAR), Likvidlik koeffisienti (Liquidity Coverage Ratio - LCR) qay darajada bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;  
foiz stavkalari o‘zgarishi riskini kamaytirish maqsadida aktivlar va majburiyatlarning foiz sezgirligi (RSA va RSL) nisbatini aniqlash va uni maqbul oraliqda saqlashni ta’minlovchi usulni ishlab chiqish orqali bankning sof foiz marjasini 5-7% darajasida barqaror ushlab turish taklifi “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2025 yil 6 fevraldagi 11/1099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’sir etuvchi omillarning ta’sir darajasi va yo‘nalishini 85 foiz aniqlik bilan hisoblash imkonini bergan;
“Ipak Yo‘li” AITBda kredit riskini boshqarishni takomillashtirishda mo‘’tadil stress, yuqori stress va inqiroz holati ssenariylari asosida 2030 yilgacha ishlab chiqilgan stress-test prognoz ko‘rsatkichlari “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan (“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining 2025 yil 6 fevraldagi 11/1099-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavkasining o‘zgarishidan ko‘riladigan potensial yo‘qotishni kamaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish