Urazaliev Kamoliddin Tajikulovichning 
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron tijoratni soliqqa tortish ma’muriyatchiligini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt849.
Ilmiy maslahatchi: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizomiddin Hamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Odil Olimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Pardaev Umidjon Uralovich.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda elektron tijorat sub’ektlarini soliqqa tortish ma’muriyatchiligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarga foyda va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha pasaytirilgan stavkani qo‘llashda elektron tijorat sub’ektlarining milliy reestriga kiritish shartini bekor qilish taklif etilgan;
elektron tijoratni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarning ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda 10 foiz miqdoridagi pasaytirilgan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash taklif etilgan;
elektron tijorat operatorlari, elektron tijoratda sotuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning elektron tijorat doirasida hisob-kitoblarini faqat alohida bank hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshirish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning elektron tijorat doirasidagi faoliyati natijasida pul mablag‘lari tarzida olingan daromadlari ularning bank kartasi biriktirilgan alohida bank hisobvarag‘ida hisobga olish, tushadigan mablag‘lar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan olingan daromadlarni aniqlashda ularni aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi sifatida tan olish uchun foydalanish taklif etilgan;
elektron tijorat operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi, elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga o‘zining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor elektron tijorat operatori hisoblanmasligi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining barqarorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i bo‘yicha pasaytirilgan stavkani qo‘llashda elektron tijorat sub’ektlarining milliy reestriga kiritish shartini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-son «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasida o‘z aksini topgan. Natijada, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi sub’ektlar foydasini soliqqa tortish mexanizmi takomillashtirilgan.
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar, agar ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil esa, 10 foiz miqdoridagi foyda solig‘i stavkasini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasining  2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1014-son «Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida o‘z aksini topgan. Natijada, elektron savdoni amalga oshiruvchi sub’ektlarga foyda solig‘i bo‘yicha rag‘batlantirish choralarini saqlagan holda davlat byudjetiga soliq tushumlarini oshirish mexanizmi takomillashtirildi.
tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarga aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha pasaytirilgan stavkani qo‘llashda elektron tijorat sub’ektlarining milliy reestriga kiritish shartini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-son «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasida o‘z aksini topgan. Natijada, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi sub’ektlarni soliqqa tortish mexanizmi takomillashtirilgan.
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar, agar ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil esa, 3 foiz miqdoridagi aylanmadan olinadigan soliq stavkasini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasining  2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1014-son «Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida o‘z aksini topgan. Natijada, elektron savdoni amalga oshiruvchi sub’ektlarga aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha rag‘batlantirish choralarini saqlagan holda davlat byudjetiga soliq tushumlarini oshirish mexanizmi takomillashtirildi.
elektron tijorat operatorlari, elektron tijoratda sotuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, elektron tijoratda sotuvchi yoki buyurtma asosida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchi yoxud yo‘lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyatini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning elektron tijorat doirasida hisob-kitoblarini faqat alohida bank hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 26-dekabrdagi 885-son qarorining 5-bandi 1-xatboshida o‘z aksini topgan. Natijada, elektron tijorat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining soliq bazasini aniqlash mexanizmi takomillashtirilgan. 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning elektron tijorat doirasidagi faoliyati natijasida pul mablag‘lari tarzida olingan daromadlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning bank kartasi biriktirilgan alohida bank hisobvarag‘ida hisobga olish, tushadigan mablag‘lar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan olingan daromadlarni aniqlashda o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi sifatida tan olish uchun foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 26-dekabrdagi 885-son qarorining 5-bandi 2- va 3-xatboshilarida o‘z aksini topgan. Natijada, elektron tijorat sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni soliq bazasini aniqlash mexanizmi takomillashtirilgan. 
elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi, elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga o‘zining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor elektron tijorat operatori hisoblanmasligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 26-dekabrdagi 885-son qarorining 2-bandida o‘z aksini topgan. Natijada, elektron tijorat operatorlarining soliqqa tortishda maqomini belgilash orqali soliqqa tortish mexanizmi takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish