Otaboev Bobur Ibrat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi hamda 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar) ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1563. 
Ilmiy rahbar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Toshpo‘latov Akrom Ikromovich – yuridik fanlar doktori, professor; Muxiddinov Abror Hikmat o‘g‘li – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi terrorizmni moliyalashtirish jinoyatini jinoyat-huquqiy va kriminologik xususiyatlarini tahlil qilish, jinoyat qonuni normalari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish, shuningdek uning sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
pochta jo‘natmalari sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish xavflari mavjudligi ushbu sohada ichki nazorat tizimini kuchaytirishni taqozo etganligi sababli pochta jo‘natmalari bo‘yicha vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda pochta aloqasining milliy operatori uchun mazkur soxa bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlashi hamda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini tashkil etishi va muvofiqlashtirishi zarurligi asoslantirilgan; 
pochta aloqasi milliy operatori faoliyati orqali pul mablag‘lari o‘tkazmalari va boshqa moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilayotganligi, shu jumladan, mazkur operatsiyalar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘un qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlarida suiiste’mol qilinishi ehtimoli mavjudligi sababli pochta aloqasi milliy operatorining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq pul mablag‘lari operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan holat va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish majburiyatini nazarda tutuvchi tegishli qoidani kiritish asoslantirilgan;
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliya muassasalari faoliyatining jadal rivojlanishi, moliyaviy xizmatlar bozorida ularning ulushining ortishi hamda ushbu sohada pul mablag‘larining aylanishi hajmining ko‘payishi terrorizmni moliyalashtirishga yo‘l ochishi mumkinligi sababli nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablar nafaqat nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalariga, balki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga ham albatta rioya etilishini ko‘zda tutishi kerakligi haqidagi qoidani mustahkamlash asoslantirilgan;
moliya sektorining barqarorligini ta’minlash va xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida mazkur tashkilotlarni boshqaruvchi shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish zaruriyati sababli nobank kredit tashkilotlari rahbar xodimlariga qo‘yiladigan talablarga terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlanganlik holatini bekor qilmaslikyoki olib tashlamaslik to‘g‘risidagi shartni kiritish zarurligi asoslantirilgan;
xalqaro normalar talablarini lozim darajada bajarish va milliy qonunchiligimizni ularga muvofiqlashtirishimiz lozimligi sababli Markaziy bankka nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini, jumladan belgilangan prudensial me’yorlarni buzganlik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlik uchun nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va jazo choralari qo‘llash vakolatini berish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Terrorizmni moliyalashtirishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlariga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vakolatli davlat organi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda, milliy pochta aloqasi operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlashi; pochta aloqasi sohasida, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini tashkil etishi va muvofiqlashtirishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi O‘RQ-777-sonli “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasini ishlab chiqishda fodalanilgan. Ushbu taklif jinoyat huquqi va jinoyatlarni oldini olish nuqtai nazaridan pochta aloqasi tizimidan foydalanib jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini moliyalashtirish kabi og‘ir jinoyatlarni barvaqt aniqlash, cheklash va profilaktika qilishga xizmat qiladi;
milliy pochta aloqasi operatori jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq pul mablag‘lari operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi O‘RQ-777-sonli “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif jinoyat huquqi va jinoyatlarni oldini olish nuqtai nazaridan jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni yashirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini moliyalashtirishga doir moliyaviy harakatlarni aniqlash va ularning oldini olishda davlat nazorati va javobgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi;
nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarda nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish sharti bo‘lishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif jinoyat huquqi va jinoyatlarni oldini olish nuqtai nazaridan nobank kredit tashkilotlari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini moliyalashtirishga qarshi samarali huquqiy nazoratni ta’minlash va bu orqali moliyaviy jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar nobank kredit tashkilotlarining rahbar lavozimlarini egallash huquqiga ega emasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif jinoyat huquqi va jinoyatlarni oldini olish nuqtai nazaridan moliyaviy tizimda ishonchlilikni ta’minlash, jinoiy faoliyat bilan aloqador shaxslarning nobank kredit tashkilotlari orqali jinoyatlar sodir etishining oldini olish va korrupsiyaviy hamda iqtisodiy jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi;
markaziy bank nobank kredit tashkilotlariga nisbatan nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun choralar va sanksiyalar qo‘llashi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-son “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif nobank kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy jinoyatlarni hamda terrorizmni moliyalashtirishni oldini olish, qonunbuzarliklar uchun samarali jazo muqarrarligini ta’minlash va profilaktika mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish